O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

«Xalq dushman»lari aslida kim edi?

«Xalq dushman»lari aslida kim edi?
06 Temmuz 2019 - 9:07 'da yuklandi va 837 marta o'qildi.

«XALQ DUShMAN»LARI ASLIDA KIM EDI?

Bundan bir asr avval amalga oshirilgan Oktyabr to'ntarishi oqibatida Turkistonda zo'rlik bilan o'rnatilgan mustamlakachi Sho'rolar tuzumi xalqni adog'i yo'q qirg'inlar, vahshiyona va alamli zulmlarga duchor qildi. 1937 yilda boshlangan qatag'on tufayli ming-minglab oddiy xalq vakillari asosli sabablarsiz qamab yuborildi, olis yurtlarga surgun yoki otuvga hukm qilindi. Tariximizning “qora kunlari”ga aylangan qatag'on yillari aholining barcha qatlamlarini girdobiga tortdi. Muxbirimiz Qatag'on qurbonlari yod etish kuni munosabati bilan Izboskan davlat arxivining direktori Shukurjon Mamitov bilan suhbatda bo'ldi.

– Sho'ro davrida qatag'on qurbonlariga xalq dushmanlari sifatida qaralgandi. Hujjatlardan ma'lum bo'lishicha, aslida ular Istibdod davrining nohaq jabrlanuvchilari ekan. Yurtimiz mustaqillikka erishgach ularni oqlash, xotirasini abadiylashtirish borasida keng ko'lamdagi ishlar ro'yobga chiqarildi va bu jarayon davom etmoqda. Shukurjon, siz bu xususda nima deysiz?

– Gapingizga qo'shilgan holda shuni ta'kidlashni istardimki, Birinchi Prezidentimizning «Qatag'on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to'g'risida»gi 2001 yil 1 maydagi PF-2837-son Farmoni bu borada muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Arxivlarda yillar mobaynida sir saqlangan ma'lumotlar oshkor etildi, tadqiqotlar olib borildi, kitoblar yaratildi va hakozo. Vazirlar Mahkamasining mustabid tuzum yillarida qatag'on etilgan fidoiy vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan «Qatag'on qurbonlari xotirasi» muzeyi faoliyatini tashkil etish haqida 2002 yil 8 noyabrdagi qarori va shu asosda qilingan ishlar e'tiborga molikdir.

– Qatag'on davri hujjatlari bilan tanishish osonmas – o'qiganing sari iztirobga tushasan…

– Ha, o'sha yillari odamlar shu darajada tahqirlangki aslo cheki yo'q. Taniqli professor Rustambek Shamsuddinovning “Qatag'on qurbonlari” kitobida o'sha davrning mudhish manzarasi yaqqol ko'rsatib berilgan. Olimning yozishicha, O'zbekistonda esa 1937 yil 10 avgustdan 1938 yil 1 yanvargacha o'n ming etti yuz kishi qamoqqa olingan. Bulardan uch ming olti yuz o'n uch kishi otildi, etti ming sakson etti kishi sakkiz-o'n yil muddatga qamoqqa tashlandi. Fakat 1937 yil dekabr oyida “uchlik” qarori bilan hukm qilingan uch ming olti yuz qirq to'rt kishidan bir ming to'rt yuz oltmish to'rt nafari imom, eshon, mulla va boshqa diniy xizmatchi bo'lgan. 1938 yilning fevralida “uchlik” yig'ilishlarida 2491 mahbus ustidan hukm chiqarilgan, shundan 2086 mahbus otuvga, 398 mahbus o'n yil muddatga, ikki mahbus sakkiz yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan. To'rt mahbus tergov vaqtida vafot etgan, bir kishigina ozod etilgan. Ular asosan o'ziga to'k dehqonlar, ishchi-xizmatchilar, 153 nafari ulamolar, 72 nafari sobiq savdogarlar bo'lgan.

– Suhbatlarimizning birida siz qatag'on davri qurbonlarini aybsiz “aybdorlar” degandingiz…

– Arxivimizda o'sha mash'um davrga oid qator hujjatlar mavjud. Bundan sakson yillar muqaddam arab, lotin, rus alifbolarida bitilgan hukmlar bilan tanishar ekansiz, aybsiz bo'laturib, zumda “aybdor”ga aylanganlarning qismatiga duch kelasiz. “O'ylab topilgan tuhmatu bo'htonlarning cheki bo'lganmikin o'zi?” degan savol xayolga keladi. Hozirgi kunda yurtimizda dehqon, tadbirkor, katta er egalari bo'lmish fermerlar alohida izzat-ikromda. Ularning manfaatini ko'zlab qanchadan qancha qaror va ko'rsatmalar amaliyotga joriy qilinyapti. Istibdod yillarida buning aksi bo'lgan.

– Nahotki oddiy dehqon ham “xalq dushmani”ga aylangan bo'lsa?

– Qo'limdagi sarg'ayib manavi yig'majildga o'ttiz to'qqiz yoshli qishloq dehqoni Rustam Sherdoevga taalluqli hujjatlar jamlangan. Ulardan ma'lum bo'lishicha, uning otameros 15 sotix eri bor bo'lgan. Budyonniy nomli kolxoz a'zolarining 1948 yilgi umumiy yig'ilishida ana shu eri tufayli sakkiz yilga Sibirga surgun qilindi. Kalinin nomli jamoa xo'jaligi a'zolarining umumyig'ilishida ham shunday masala ko'rilgach, nogiron Mamajon Mo'minovni qishlog'idan olisga – Rossiyaning Krasnoyarsk o'lkasiga badarg'a etishga hukm chiqarildi. U haddan tashqari og'ir sharoitda g'isht zavodida ishlashga majbur bo'ldi. Matqobul Islom o'g'liga qo'yilgan ayblov bilan tanishib, kulishni ham, kuyishni ham bilmaysan kishi. Er chopig'i mahali qo'shnisidan yordam berishini so'ragan bechora dehqon “yollanma ishchi kuchidan foydalangan mushtumzo'r” sifatida muhokama qilindi, insoniy huquqlardan mahrum qilindi.

– Arxiv hujjatlarida qatag'onga yo'liqqan xotin-qizlarga daxldor hujjatlar ham ko'zga tashlanyapti…

– Afsuski, qatag'on siyosati hech kimni ayamagan. Sobiq Ittifoq Oliy Soveti Prezidiumining 1948 yil 2 iyundagi farmoni bilan izboskanlik dehqon ayol Hayotxon Mansurova ham uzoq yillar o'zga yurtlarda sarson-sargardon, och-nahor yurish qismatiga yo'liqdi. 20 sotix eri uni zumda “xalq dushmani”ga aylantirdi. Qo'qonqishloqlik Hayrinsa Sherhoji qizi kimlarningdir tuhmati orqasidan eski politsiya xizmatchisi, ayg'oqchisiga aylantirildi. Chordevordan nariga o'tmagan, xat-savodsiz mushtipar ayol buning ortidan aql bovar qilmas so'roqlaru qiynoqlarni boshidan o'tkazdi.

Xullas, har bir hujjatda davr qurboniga aylangan, ta'bir joiz bo'lsa “daladan topilgan va “xalq dushmani” deya tavqi la'nat yopishtirilgan vatandoshlarimizning kechmishlariga duch kelasiz va bugungi hur, dorulomon kunlarimizga, dehqoni, ziyolisi, ulamosi – barcha-barchasi qadr va e'zoz topgan, huquq va erkinligi ta'minlangan qutlug' yurtda yashayotganingizga ming bora shukr keltirasiz. Darhaqat, mustaqil Vatanimizda inson qadri, sha'ni har nedan baland. Olib borilayotgan islohotlarning barchasi yurtimiz kishilarining farovon, tinch-omon yashashlariga qaratilgan. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida bu ayniqsa yaqqol namoyon bo'lyapti.

Suhbatdosh: H. Tohirov,
Auz.uz muxbiri.
Arxivdan olingan suratlar.

facebook.com
Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube