O’zbekiston Xalq Harakati

Xitoy musulmonlari: Shinjon qamoq-maktablari bolalarni ota-onasi bag'ridan tortib olmoqda

Xitoy musulmonlari: Shinjon qamoq-maktablari bolalarni ota-onasi bag'ridan tortib olmoqda
06 Temmuz 2019 - 9:20 'da yuklandi va 373 marta o'qildi.

Xitoy g'arbiy Shinjon hududida yashovchi musulmon bolalarni o'z oilasi, e'tiqodi va tilidan atayin mahrum qilayotganini aniqlagan Bi-bi-si ruxsati bilan o'tkazilgan yangi tadqiqot.

Bir vaqtning o'zida yuz minglab katta yoshli insonlar ulkan jamloqlarda saqlanmoqda, oqartuv maktablarini qurish bo'yicha keng miqyosli kampaniya esa shiddat bilan davom etmoqda.

Omma uchun ochiq hujjatlar va jamloqlarda qolayotgan insonlarning xorijga chiqib ketgan oila a'zolari bilan interv'yularga asoslanib, Bi-bi-si mintaqa bolalari duch kelgan holat yuzasidan eng so'nggi dalillarni yig'ishga muvaffaq bo'ldi.

To'plangan ma'lumotlardan ayon bo'lishicha, bir shaharchaning o'zida 400 dan oshiq bolaning bir emas, hatto, har ikkala ota-onasi ham qayta tarbiyalanuv jamlog'i yoki qamoqxonaga tashlangan.

Dalillar voyaga etgan shinjonliklar o'zligini o'zgartirish urinishlari bilan bir paytda, bolalarni o'z ildizlaridan butkul yulib olish kampaniyasi ketayotganiga ishora qilmoqda.

Hotan Kindness Kindergarten
Boshqa ko'plab bog'chalar singari Xo'tandagi mana bu bolalar bog'chasida qattiq xavfsizlik choralari o'rnatilgan

Xitoy hukumati xorijlik jurnalistlar bir sutkada 24 soat ta'qib etiladigan Shinjonda o'rnatgan qattiqqo'l nazorat va kuzatuv odamlardan shohidliklar to'plashga imkon bermaydi. Biroq Turkiyada yashayotgan shinjonliklar ortda mavjud muhit dahshatini tasvirlab bera oladi.

Istanbulda joylashgan binoning kattakon zalida o'nlab odamlar o'z hikoyalarini so'zlab berish uchun navbatda turibdilar. Ularning aksariyati Shinjonda bedarak ketgan farzandlari suratini ko'tarib olgan.

“Ular kimning qo'lida qolganini bilmayman”, deydi onalardan biri suratda tasvirlangan uch nafar yosh qizalog'iga ishora qilgancha. “Ular bilan aloqa uzilgan”.

Uch o'g'li va bir qizining suratini qo'lida tutib turgan boshqa ona ko'z yoshlarini artib, shunday deydi: “Ularni etimxonaga olib ketishganini eshitdim”.

60 ta turli interv'yuda xavotirdan g'ussaga botgan ota-onalar va qarindoshlar 100 dan ziyod bolaning Shinjonda qay tariqa g'oyib bo'lganini tasvirlab berdilar.

Missing in China; some of the family portraits handed to us in Turkey by Uighur parents looking for information about their children back home in Xinjiang

Ularning bari til va e'tiqod jihatdan turklarga yaqin bo'lgan Shinjondagi eng yirik musulmon etnik guruh – uyg'urlar bo'lib, aksariyati bu mamlakatga o'qish, ish yoki qarindoshini yo'qlash maqsadida kelib qolgan. Boshqalari esa Xitoyning tug'ruqqa qo'ygan cheklovi yoki ortib borayotgan diniy ta'qiblardan qochib kelgan.

O'tgan uch yil davomida ular uyg'urlar va boshqa etnik ozchiliklarning hibsga olina boshlanishi ortidan Xitoyga qayta olmagan.

Xitoy rasmiylari uyg'urlarning diniy ekstremizmga qarshi kurash doirasida «kasb-hunar o'rgatish markazlari»da qayta tarbiyalanayotganini iddao etadi. Biroq dalillar uyg'urlarning shunchaki o'z e'tiqodiga amal qilishi – namoz o'qish yoki diniy libosda yurish – yoki Turkiya kabi davlatlardagi odamlar bilan gaplashgani tufayligina hibsga olinayotganini ko'rsatmoqda.

Shu sababdan, Turkiyada yashayotgan uyg'urlar ortga qaytsa, ularning hibsga olinish ehtimoli anchayin yuqori. Telefon aloqalari ham deyarli uzilgan – xorijdagi yaqinlar bilan suhbatlashish ham shinjonliklar uchun o'ta jiddiy xatarga aylangan.

Ayoli hukumat tomonidan hibsga olingan bir otaning xavotir bildirishicha, sakkiz bolasi, endilikda, Xitoy davlati qaramog'iga o'tgan bo'lishi mumkin.

“O'ylashimcha, ularni bolalar ta'lim jamloqlariga olib ketishgan,” deydi u.

Map

Bi-bi-si tashabbusi bilan o'tkazilgan yangi tadqiqot bu bolalar va qolgan ko'p minglab odamlarning hozirgi taqdiriga oydinlik kiritdi.

Germaniyalik tadqiqotchi Adrian Zents Shinjon musulmonlarining ommaviy hibsga olinishi ko'lamini fosh etgani ortidan tanilgan.

Omma uchun ochiq rasmiy hujjatlarga asoslanib, u tomonidan tayyorlangan hisobot Shinjonda qayta tarbiyalov maktablarining qandayin mislsiz darajada kengayayotganini tasavvur etishga imkon beradi.

Maktablar hududi kengaytirilgan, yangi yotoqxonalar qurilgan va ularning sig'imi keskin oshirilgan. Muhimi, Xitoy hukumati katta yoshli shinjonliklar uchun yangi jamloqlar qurish bilan bir vaqtda, birdaniga ko'plab bolalarni o'ziga sig'dira oluvchi yotoq maktablarni barpo etishning uddasidan chiqmoqda.

Kattalar bilan kuzatilgandek, aynan uyg'ur bolalari nishonga olinayotgani ham ko'rinadi.

Birgina 2017 yilning o'zida Shinjon bog'chalariga qatnovchi bolalarning umumiy soni yarim millionga ko'paygan. Hukumat keltirgan raqamlarga ko'ra, ularning orasidagi uyg'ur va musulmon bolalar ulushi 90 foizni tashkil etgan.

Xinhe County Youyi Kindergarten
700 bolaga mo'ljallangan bolalar bog'chasidagi bolalarning 80 foizi shinjonlik milliy ozchiliklarga tegishli

Uyg'urlarning eng katta qismi istiqomat qiluvchi Shinjon janubining o'zida hukumat bolalar bog'chalari qurish va ta'mirlash uchun naq $1.2 milliard xarj qilgan.

Janob Zents o'z tahlilida yotoqxonalar soni keskin oshirilganini ta'kidlaydi.

Hukumat ota-onasi jamloqqa tashlanganmi yoki yo'qliga qaramay, bolalarni bunday maktablarga olib ketmoqda.

Yechung County Number 11 and Number 10 Middle School

April 2018

Yechung County Number 11 and Number 10 Middle School

May 2019

O'tgan yilning aprel' oyida, Echeng tumani rasmiylari atrofdagi qishloqlardan 2000 nafar bolani 4-sonli ulkan o'rta maktabga ko'chirgani borasida ma'lumotlar mavjud.

Hukumat propagandasi bunday maktablar “ota-ona o'rnini bosib, ijtimoiy barqarorlik va tinchlik”ni ta'minlashga yordam berishini ta'kidlaydi. Biroq janob Zents bu iddaoga qo'shilmasligini bildiradi.

“Yotoq maktablar ozchilik jamiyatlarni madaniy jihatdan o'zgartirib yuborish uchun mos sharoit yaratadi”, deydi u.

Shuningdek, janob Zentsning hisoboti jamloqlarda kuzatilgani kabi yotoq maktablarda uyg'ur va boshqa mahalliy tillarni o'quv dasturiga kiritmaslik orqali bolalarni o'zligidan mahrum etishga urinish ketayotganini ochiqlaydi.

Bundan tashqari xitoy tilidan boshqa har qanday tilda so'zlashgan o'quvchilar va o'qituvchilar uchun qattiqqo'l va baholarga asoslangan jazo choralari ishlab chiqilgani ham aniqlangan.

Rasmiy bayonotlarda ham hukumat bu holatni yashirmaydi. Rasmiylar iddaosiga ko'ra, Shinjondagi barcha maktablarda xitoy tilini o'qitish ishlari to'liq joriy etilgan.

Bi-bi-si bilan suhbatlashgan Shinjon Propaganda Boshqarmasining yuqori martabali rasmiysi Su Guyjang hukumat ota-onalarni hibsga olib, keyin bolalarga g'amxo'rlik qilishga majbur bo'lmoqda, degan fikrlarni rad etadi.

“Agar barcha oila a'zolari kasb-hunar o'rgatish markazlariga jo'natilsa, bu oilada jiddiy muammolar yuzaga kelishi aniq”, kuladi u. “Bunday holatni hech ko'rmaganman”.

Biroq janob Zents jamloqlarga tashlangan mahkumlarning farzandlari chindan ham katta miqdorda yotoq maktablarga joylashtirilayotganiga dalillar topishga muvaffaq bo'lgan.

Janob Zents topgan bir hukumat hujjatida “er va rafiqaning har ikkisi oqartuv markazida bo'lgan” oilalarning farzandlari “ehtiyojmand guruhlar” sirasiga kiritilganini ko'rish mumkin.

Shuningdek, Qashqar shahri ma'muriyati tomonidan ta'lim muassasalariga ota-onasi jamloqlarda bo'lgan bolalarga favqulodda holat o'laroq g'amxo'rlik qilish vazifasini yuklovchi ko'rsatma ham berilgan.

Ko'rsatmada maktablar “psixologik maslahat berish darajasini oshirishi” va “o'quvchilarning ta'limiy fikrlashini kuchaytirishi” lozimligi ta'kidlanadi.

Hukumat bolalarning ham qamoqxonasifat maktablarga tashlanayotgani to'g'risidagi dalillar ommaga chiqib ketsa, jiddiy muammo tug'ilishini anglagan holda, “kasb-hunar o'rgatish” atamasini atayin noaniq belgilar bilan almashtirib qo'yish orqali rasmiy hujjatlarni qidiruv saytlari topa olmaydigan qilib qo'ymoqda.

Ko'p hollarda oqartuv jamloqlariga yaqin quriladigan bolalar maktablariga tashrif buyurgan Xitoy davlat matbuoti vakillari bunday maskanlar etnik ozchilikka mansub bolalarning “yaxshiroq hayot kechirish yo'llari”ni o'rganishiga imkon berishini ta'kidlaydi.

Jurnalistlar tayyorlagan reportajlarda ayrim bolalarning o'qituvchilarga allaqachon “oyijon” deya murojaat qila boshlagani guvohi bo'lish mumkin.

Hotan Sunshine Kindergarten
Xo'tandagi mana bu bolalar bog'chasi ham temir panjara bilan o'rab olingan

Biz Shinjondagi xalq ta'limi bo'limiga bunday holatlar yuzasidan rasmiy siyosat qanday ekanini bilish uchun sim qoqib ko'rdik. Ularning aksariyati biz bilan suhbatlashishdan bosh tortdi, lekin ba'zi rasmiylar tizim to'g'risida qisqa tafsilotlarni oshkor qildi.

Biz rasmiylarning biridan ota-onasi jamloqlarga olib ketilgan bolalarning taqdiri qanday kechishini so'rab ko'rdik.

“Ular yotoq maktablarga olib kelinadi. Biz ularni boshpana, ovqat va kiyim bilan ta'minlaymiz… keyin yuqoridan bizga bolalarga yaxshi qaranglar, deb tayinlashgan”, deydi u.

Istanbuldagi binoning katta zalida esa oilalar o'z hikoyasini ochiqlagan sayin umidsizlik va nadomatga to'lgan rutubatli muhit hosil bo'ladi.

“Minglab begunoh bolalar o'z ota-onasidan tortib olinmoqda, biz esa muntazam bu haqida aytib kelyapmiz. Nega bu dalillarni bilib turib ham butun dunyo sukut saqlashda davom etmoqda?” yozg'iradi onalardan biri.

Tadqiqot Shinjondagi aksar yotoq maktablar kuzatuv tizimlari, ogohlantiruvchi signal bergichlar va 10 ming vol't kuchlanishdagi elektr o'tkazilgan devorlar bilan to'lib-toshgan qamoqxonalarga aylanganidan darak bermoqda.

Bolalarni oilasidan ajratish siyosati ham ommaviy hibslar avj olgan paytda – 2017 yilning boshida ishlab chiqilgan.

Janob Zents hukumat ota-onalarning o'z farzandi qayta bag'riga bosishi yo'lida hech qanday imkoniyat qoldirmayaptimi, degan savolni o'rtaga tashlaydi.

“Bolalar va ota-onalarning izchil tarzda bir-biridan ajratish hukumatning o'zligi, dini, e'tiqodi va tilidan ayrilgan yangi avlodni shakllantirishga urinayotganidan dalolat bermoqda, deb o'ylayman”, so'zlaydi u.

“Dalillar biz bu holatni madaniy genotsid, deya atashimiz zarurligini ko'rsatmoqda”.

Manba: Bi-Bi-Si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano