O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Xorijdagi muxolifatni yurtga qaytarmaslik uchun qilinayotgan amaliyotlar

Xorijdagi muxolifatni yurtga qaytarmaslik uchun qilinayotgan amaliyotlar
07 Temmuz 2019 - 9:03 'da yuklandi va 1609 marta o'qildi.

XORIJDAGI MUXOLIFATNI YuRTGA QAYTARMASLIK UChUN QILINAYoTGAN AMALIYoTLAR

Muxolifat ichida va o'zini inson huquqchilari deb atagan guruhlar ichida O'zbekiston Davlat Xavfsizlik Xizmatining odamlari borligini bilamiz. Bu kimsalardan bittasi hayosizligi, johilligi va shallaqiligi bilan tanilgan Mo'tabar Tojiboevadir. DXX bu tip kimsalar orqali rejim muxoliflariga qarshi to'plagan “kompromat”ni jamoatchilikka sizdiradi. Shu mohiyatdagi bir audio yozuvini kecha Tojiboeva e'lon qilibdi. Bu 2016 yilda Karimov o'limidan keyin  mening moskvalik bir o'zbek bilan telefon suhbatlarimdan parchalar.

Telefon “suhbatlari”da Karimovdan keyingi siyosiy vaziyat va muxolifatning pozitsiyasi haqida so'z yuritiladi.

Karimov o'limidan keyingi hokimiyat almashinuvi Konstitutsiyaga binoan amalga oshirilishi kerak edi. Ya'ni qonunga ko'ra prezidentlik vazifasi Senat raisiga topshirilishi kerak edi.

Ammo bunday bo'lmadi. Konstitutsiya qo'pol ravishda buzilib, prezidentlik vazifasini o'sha paytda bosh Vazir bulgan Shavkat Mirziyoev bajara boshladi. Bu ochiqdan ochiq qonunga zid harakat edi. Buni muxolifat lideri sifatida usha paytda ochiq va keskin ifoda etdim. Muxolifatning noroziligini baynalminal radio va TVlar orqali ochiq e'lon qildim. Shu ma'noda o'zbek chekistlarining Frantsiyadagi laychasi orqali saslantirilgan audio yozuvida jamoatchilik uchun hech bir yangilik yo'q. Chunki bu suhbatda aks etgan vaziyatga baho va olinajak tadbirlarning hammasi biz tarafdan jamoatchilikka DXX yozib olgan “suhbat”dagidan ham keskinroq shaklda aytilgandi.

Karimov o'limidan keyin nazdimizda muxolifatning vatanga qaytish imkoni paydo bo'lgandi. Ammo shaxsan men, Karimov o'rniga kelgan Shavkat Mirziyoevning Karimovdan farqli bir siyosat yuritishiga va bag'rikenglik qilib, surgundagi muxolifatning yurtga qaytishiga imkon yaratadi degan fikrda emas edim. Shu bois muxolifatning harakatini jonlantirib, yangi hukumatga bosim o'tkazish zarurligini bilardim. Buni Karimov o'limidan keyin ochiq gapirdim. O'zbekistonda demokratik saylovlar o'tkazilib, bu saylovlarda muxolifatning qatnashishi shart ekanligini talab qilib chiqdim. Baribir, kutilganidek Shavkat Mirziyoev muxolifatsiz, nodemokratik bir “saylov”da “saylandi”.

Faqat oz vaqt o'tib kutilmagan bir narsa yuz berdi: yangi rahbar liberal odimlar ota boshladi yoki bizda shunday taassurot qoldirdi. Ochiq aytaman, kommmunistik rejimlarning tajribali dushmani bo'lgan kamina ham Mirziyoev harakatlarida samimiyat ko'rdim yoki ko'rganday bo'ldim. Va biz tashkilotimizda kengashib, yangi hukumatga vaqt beraylik, muxolif chiqishlarimizni mamlakat ichkarisida boshlanajak muhtamal pozitiv o'zgarishlarga zarar bermaydigan shaklda yumshataylik, degan qaror qabul qildik. Va 3 yildir bu qarorda sobit turdik. Biz o'z jimligimiz bilan hukumatni qo'llab-quvvatladik. Bunga hukumat ham, xalqimiz ham shohid.

Lekin bu o'tgan uch  yil ichida biz umid qilgan, biz kutgan siyosiy islohotlar o'tkazilmadi. O'tkazilishi uyoqda tursin, hukumatda eski karimovchilar qaytadan jonlanib, o'zga fikrlovchilarga qarshi vaqtincha to'xtagan tazyiq va ta'qiblarni yangidan boshladi.

Tojiboeva tarqatgan audio suhbat qisman xorijdagi muxolifatning yurtga qaytish yo'lini to'sish uchun uydirilgan fitnalardan navbatdagisi. Umuman esa, o'lkada qo'rquv saltanatini yangidan tiklash uchun qilinayotgan revanshist amaliyotlardan navbatdagisidir.

Siyosiy mahkum, yosh olim Akrom Malik aynan o'sha revanshistlar tarafidan ozodlikka chiqarilmayapti. Bir necha oy oldin qamoqqa olingan jurnalist Saidabdulaziz Yusuf ham o'shalar tarafidan DXX izolyatorida qiynoqqa solinayapti.

Bu xurujlar faqat O'zbekiston fuqarolari va muxolifatga emas, O'zbekistonda demokratiya tarafdori bulgan baynalminal tashkilotlarga qarshi ham aktiv amalga oshirila boshladi. Xususan, Xuman Rayts Votch(XRV) vakili Stiv Sverdlovga so'zli hujum ham o'sha kuchlar tashkil qilgan fitnalardan bittasidir.

Bizning “telefon suhbatlar”ni yozib olib, o'z laychasiga yoyinlashni buyurgan ham o'sha qora kuchlardir. Bu kuchlar Mirziyoev hukumatini garovga olganga o'xshayapti. Mirziyoevning ham “telefon suhbatlar”ini e'lon qilib qolishsa, hayron bo'lmaymiz. Chunki eski KGB sarqitlari O'zbekistonda hali ham o'z hokimiyatini yo'qotgani yo'q. DXX(sobiq KGB)ning muxolifat ichidagi Tojiboeva kabi “quloqlari” juz'iy bir poraga sadoqat bilan xizmat qilishmokda. Lekin bu davrda xalqni avvalgidek aldab, uni ahmoq qilish imkonsiz. Hozirgi kunda internet orqali hamma narsa zudlik bilan kun yuziga chiqayapti. Haqiqatni vaqtincha yashirish mumkin, ammo davomli yashirish mumkin emas.

Bir suz bilan aytganda, biz muxolifat o'laroq, O'zbekistondagi bugungi siyosiy vaziyatning kelajagidan xavotirdamiz. Mirziyoev hukumati siyosiy islohotlar shart emas, iqtisodiy o'zgarishlar etarli degan karimovcha aqidadan voz kechishi kerak. Bu aqida diktatorlar aqidasidir va bu dogma hech bir mamlakatda, xatto osiyolik diktatorlarning sevgilisi Pinochet rejimiga ham foyda keltirmagan.

Tarixdan saboq oling, janoblar.

O'zbek xalqini yana 27 yil qullikka mahkum qilishga hech kimning haqqi yo'q.

Muhammad Solih

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Ikrom Yakubov ;

    Suhbatni diqqat bilan eshitib chiqdim. U yerda davlat to’ntarishi haqida biror gap yo’q. Men Muhammad Solihning muxlisi yoki tarafdori emasman mutlaqo. Bu suhbatda vatani bir dictator tarafidan o’n yillar mobaynida ezilganidan norozi kishining xalqi yana yangi dictatura panjasiga tushib qolishidan qo’rqishi ko’rinib turibdi.

    08/07/2019 09:35
  • Maksud Bekjon ;

    Uz faoliyatini I.Karimovning “Xalk Demokratik partiyasi” faoli sifatida boshlagan M.Tojiboevaning butun “dissisdentlik” faoliyati korongilik ichidagi
    bir sirdir. 2000 yillar boshida u menga bir necha maktub yozgandi, men bu xakda Tojiboevani yaxshi taniydigan, xozir xorijda yashayotgan andijonlik dissident jurnalist ayollardan biriga aytganimda, u menga bu ayoldan extiyot bulishim kerakligi, u taxlikali, ishonchsiz, shallaki bir xotin ekanligi xakda ogoxlantirgan edi. Tojiboevaning akasi, bir suxbtda uning uzi e'tirof etishicha, Ichki Ishlar vaziri polkovnigi. I.Karimov xukmronligi paytida Ichki Ishlar vazirligi yukori lavozimlarida ishlovchi shaxslarning yakinlari ta'kibga olinishlari juda noyob bir xodisa bulgan. Tojiboevaning xorijga chikkanidan keyin yurgizgan butun faoliyati asosan, muxolifatga karshi, anikrogi, muxolifat lideri Muxammad Solixga karshi igvolar tarkatishga karatilganini kurish mumkin. Ilgari Karimov rejimining faol xizmatchisi bulib, keyin birdan “dissidient”ga dunib, Uzbekistonda “taziyklar”ga uchrab, sungra zudlik bilan xorijdagi muxolifat saflariga singdirilgan va bu erda muxolifat ichida fitna-fasod uruglarini socha boshlagan Uzbekiston maxfiy xizmatining unlab “seksot”larni kurdik. Tojiboeva usha seksotlardan biri ekanini tula isbot kildi sunggi yillarda.

    07/07/2019 12:54
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube