O’zbekiston Xalq Harakati

Maxsus xizmatlar xizmatidagi “huquq himoyachisi”

Maxsus xizmatlar xizmatidagi “huquq himoyachisi”
07 Temmuz 2019 - 8:58 'da yuklandi va 894 marta o'qildi.

MAXSUS XIZMATLAR XIZMATIDAGI “HUQUQ HIMOYaChISI”

“Bunday keyin mamlakatda maxsus xizmatlar hokimiyati tugadi, govdani tik tutib, davlat va xalq uchun xizmat qilish vaqti keldi”.
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev

2018 yilning 9 fevral kuni “Uzmetronom” mustaqil axborot portali, O'zbekiston xavfsizlik xizmati Milliy Xavfsizlik Xizmati tarkibidan chiqarilib, to'g'ridan-to'g'ri davlat rahbariga bo'ysunuvchi mustaqil bo'lim, davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirilishi haqidagi xabarni tarqatgan edi.

Shuningdek, oldinroq MXX tarkibidan milliy gvardiya va qator kuch ishlatar bo'limlar ham chiqarilgan edi.

Maxsus xizmatlar tarixidagi boshqa bir muvaffaqiyatsiz hodisa esa, MXX tergovchilari tarafidan konstitutsiyaviy tuzumni ag'darishga urunish va boshqa shu kabi og'ir ayblar qo'yilgan Bobomurod Abdullaevning jinoyat ishining to'xtatilishi edi.

Jinoyat ishini yuritgan tergovchilar ishni sohtalashtirishga urunish va qiynoqlar qo'llashda ayblandi.

Shuningdek ayni damda internetda prezident ushbu tashkilotni tanqid qilgan video yozuv tarqab ketdi. Video yozuva prezident Mirziyoev shunday degan:

«Bilasizlarmi, ular hali xalqni bir tiyinga olishmaydi. Ular oyliklari va pogonlarini oqlaydigan hech bir ish qilmadilar. Ularning maxfiy ishlari bor va bu ish men bilan bog'liq. Bir kun hokimning mashinasi viloyat MXX rahbarining mashinasini quvib o'tgan va uni shuning uchun qamashgan. Sen kimsan? Kim berdi senga bunday vakolatni? Kerak bo'lsa pogonlaringni yulib tashlayman. U vaqtlar tugadi!»

O'zSSR KGBsining vorisi bo'lgan Milliy Xavfsizlik Xizmati 2005 yildan so'ng Zokirjon Almatov boshchiligidagi IIV qarshiligini sindirgan holda, davlat ichidagi davlatga, qudratli mahluqqa aylandi va endi bu mahluq qarshisida hech narsa turmas edi.

Har bir vazirlik va idoralarda maxsus xizmatlar ofitseri tayinlangan va rejimning boshlig'i ham aslida o'shalar edi. Ular davlatning barcha sohalariga kirib borishdi, xatto prezident qizlarini ham ma'lum kuratorlar nazorat qila boshladi va shuning ortidan juda katta miqdordagi mablag'larni o'zlashtirdilar. Faqat keyinchalik prezidentning qizlari ushbu kuratorlarga raqobat yarataboshlagandan keyin, ularni sotishni boshladilar. Bechora Gulnoraning boshiga kelgan barcha balolar aynan ularning ishidir.

Bojxonadan to poliklinika bosh shifokoriga qadar barchasi ularning qo'lida edi. Ba'zida qari o'zbek prezidentini o'zbek muxolifati lideri M.Solihning nomi bilan qo'rqitib turishardi va aslida davlatning to'laqonli egalari edi ular.

Xatto muxolifat va huquq himoyachilar orasiga ham ularning odamlari sizgan, xalqaro tashkilotlar esa respublikadan haydab yuborilgan edi, chunki ular ichki maydonda hech narsaga qodir bo'lmagan o'yinchilar edi. U vaqtlar Shuhrat G'ulomov va unga o'xshaganlarning zamoni edi, MXX raisining birinchi o'rinbosarining qo'li xatto chet davlatlar elchixonalariga qadar uzaygandi va ular bilan Tashqi Ishlar vazirligini bir chetga surib qo'ygan holda muloqot qilardi.

Prezident Mirziyoevning hokimiyatga kelishi bilan vaziyat o'zgardi, u o'zining hatti harakatlari bilan boshqa bunday davom etmasligini ochiq-oydin bayon qildi. Chunki MXX bir mahluqqa aylangan va bu ko'rinishida davlat hamda uning siyosiy va investitsiyaviy imijiga xavf tug'dirar edi.

Hokimiyatni, shu bilan birgalikda resurslarni ham yo'qotgan maxsus xizmatlar revanshistlari eski sxemalarini qayta ishga solib, huquqni himoya qilish sohasiga o'z g'oya va fikrlarini kiritishga va buni asos qilib, keyinchalik shular bilan O'zbekiston rahbariyatini qo'rqitib, o'zlarining qanchalik muhim ekanliklarini ko'rsatishga qaror qildilar. Axir, maxsus xizmatlarni isloh qilish, undan tashqi razvedka bilan shug'allanuvchi boshqarmani ajratish, maxsus xizmatlarga xos bo'lmagan boshqa bo'limlarni esa boshqa idoralarga berish haqida mish-mishlar tarqala boshladi. Shuning uchun ularning farovonligiga xavf tug'dirayotgan vaziyatni oldindan sezgan holda, yostiqlarini tagiga naftalin sepib yashirib qo'ygan, Solih va uning hech qachon amalga oshirilmagan to'ntarishi haqidagi eski qo'rqinchli ertaklarini chiqardilar. Umuman olganda bu mavzu har doim kun tartibida aylanib turadi, ammo bus afar Sayyod.uz sayti kuratoriga jiddiyroq vazifa yuklangan edi, ya'ni u eski mavzu qaysidir taniqli o'zbek huquq himoyachisi og'zidan chiqishini ta'minlashi kerak edi. Aytish kerakki, ular juda ko'plarni sinab ko'rishdi, ammo tanlov, vatanga qaytishni va'da qilgan holda, Frantsiyada yashaydigan taniqli o'zbek huquq himoyachisi Mo'tabar Tojiboevaga tushidi. Ular Tojiboevani o'zlarining e'tirozlari bor shaxslarga nisbatan halokatli tarzda harakat qilishga majburlashdi.

Bular X'yuman Rayts Votch vakili Stiv Sverdlov, Nadejda Ataeva, Alisher Ilxomov, prezident Mirziyoevning qizlari, Daniil Kislov va so'nggida asosiy “figurant” Muhammad Solih edi.

Ushbu sxemaning birinchi aktsiyasi huquq himoyachisi Nadejda Ataeva, ikkinchisi Sayyod.uz sayti redaktori Sardor Komilovning skandal hujumi va uchinchisi Muhammad Solihning telefon suhbatlari qaydlarining e'lon qilinishi.

Va bu erda ular o'zlarini ochiq-oydin sotib qo'yishdi, ya'ni muxolifat lideri Muhammad Solihga nisbatan to'g'ridan-to'g'ri donosni e'lon qilgan huquq himoyachisini sotgan holda, ekstremal choralarga qo'l urdilar.

Endi xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotlarida bir savol tug'iladi: qanday qilib diktator rejimining qatag'on apparati bo'lgan maxsus xizmatlarning mahfiy audio kuzatuvlari materiallari, ya'ni audio qaydlari Frantsiyadagi o'zbek huquq himoyachisi Mo'tabar Tojiboeva qo'liga tushib qoldi?

Nigora Hidoyatova

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano