O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Usmoniy Turklar sulolasining paydo bo'lishi

Usmoniy Turklar sulolasining paydo bo'lishi
07 Temmuz 2019 - 9:02 'da yuklandi va 776 marta o'qildi.

USMONIY TURKLAR SULOLASINING PAYDO BO'LIShI…
(yoxud Ertug'rul tarixiga bir nazar. 1- qism)

YaNGI MASKAN IZLASh AMALI

Hozirga qadar Usmoniy turklar o'tmishi, kechmishi, tarixi xususida ko'plab filmlar yaratilgan, tarixiy maqolalar bitilgan. Lekin sulolaning qanday paydo bo'lishi ham ko'pchilikni qiziqtirishi tayin. Shuni hisobga olib, biz o'sha olis tarixga siz bilan birgalikda nazar tashlashga ahd qildik…

Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra, 13- asrda, aniqrog'i, 1150 yillarda Yaqin sharqda «Kayi» turkmanlar qabilasi umrguzaronlik qilgan. Ular Turkmanistondan Yaqin Sharqqa ko'chib o'tgan hisoblanib, unga qadar Xorazm shohi tasarrufida bo'lgan. Qabilaga Sulaymonshoh ismli biy etakchilik qilgan. Qabila a'zolari o'sha davr talabiga ko'ra ko'manchi xalq sifatida hayot kechirgan. Qabilaning tirikchiligi asosan mol-qo'y boqish, boshqa qabilalarga teri, jun va shu kabi mahsulotlarni sotishdan iborat bo'lgan.

Sulaymonshoh etakchilik jarayonida adolat, halollikka alohida e'tibor qaratardi. Rafiqasi Xaymi momo ota-onasi dushman tarafidan o'ldirilgan, yoki xudoning xohishi bilan olamdan o'tgan bolalarni asrab olib, boshini silardi. Shu sababli bo'lsa kerak, bu oilani hatto qo'shni qabiladagilar ham juda sevishardi.

Sulaymonshohning to'rt o'g'li bo'lgan. Ular Sungur tekin, Kuntug'di, Ertug'rul va Dindar bo'lib, barchalari jangovar muhitda tarbiyalangan. Ammo to'rt o'g'il orasida Ertug'rulgina o'ta jasur, bir so'zli, qat'iyatli, to'g'ri so'z, faqat xudodangina qo'rquvchi yigit bo'lib ulg'aygan. U sir saqlashda ham tengsiz edi. Birovga bo'lar-bo'lmas gaplarni so'zlamasdi. Kunto'g'di va Sungur tekin esa hiyla qo'rqoq, oqimga qarshi suzishni xushlamasdi. Bu fe'li keyinchalik dushman bilan to'qnash kelingan paytda aniq ko'rinib qoldi…

Xullas, qabilaning muqim yashab turgan manzilida oylar o'tib qurg'oqchilik hukm sura boshladi. Bunday sharoitda tez orada chorva qirilib ketishi hech gap emasdi. Shunday kunlarning birida Sulaymonshoh biylar kengashini chaqirdi. Chunki har bir jiddiy reja qabiladagi obro'li biylar kengashida muhokama qilinar, birgalikda bir qarorga kelinardi. Biylar Sulaymonshohning fikrini bir ovozdan tasdiqlashdi. Hammalari yangi manzil qidirib topishga qaror qilishdi. Ammo buning uchun jasur va kuchli jangchi zarur edi. Negaki, o'sha davrlarda Yaqin sharqqa bir tomondan mo'g'ullar, ikkinchi tomondan «krestonoses», «tamplier»lar jiddiy xavf solardi. Ayniqsa, nasroniylar mahalliy aholini qirish, o'z dinini targ'ib qilishda faqat qilich, zo'ravonlikdan foydalanardi. Bu yo'lda hech kimni ayab o'tirmasdi. Sulaymonshoh biylar bilan maslahatlashib, yangi maskan izlash uchun o'g'li Ertug'rulni yuborishga ahd qildi. U yoniga o'ziga yaqin jangchilarning bir nechtasini olib Aleppo amirligiga jo'nadi. Agar ish o'ngidan kelsa, biylar Aleppo amiriga yangi er evaziga 2 ming nafar jangchi hadya etishni mo'ljallashgandi.

Ertug'rul amir bilan shaxsan uchrashib, qabiladoshlari iltimosini etkazdi va iltimos qondirilib, ularga Aleppo yaqinidan sero't, sersuv manzil ajratildi. Lekin bu manzil yonboshida qadimiy qal'a bo'lib, ichkarisi «krestonoses»lar bilan liq to'la edi. Demak, ular «Kayi» qabilasiga bu erlarda yashash uchun izn bermasligi aniq edi. Ammo Ertug'rul nasroniy to'dalar zug'umidan qo'rqib o'tirmadi. Shu maskanga qabiladoshlarini olib kelishga astoydil bel bog'ladi.

«KURDO'G'LI — XOIN»

Qadimiy turk sulolasiga yaxshilab nazar tashlaydigan bo'lsak, xoinlik atamasi juda ko'p uchraydi. Deyarli barcha davrlarda qahramonlar bilan bir qatorda xoinlar albatta yashagan. Achinarlisi, ular begona emas, qahramonlarning yaqin qondosh, jondosh, tobutkashlaridir.

Usmoniylar sulolasining asl negizi, poydevori hisoblanmish Erto'g'rul biy davrida uning amakisi, otasi Sulaymonshohning yagona ukasi, jigari Kurdo'g'li biy o'z isqirt ishlarini xufiyona tarzda amalga oshirib, akasini «Kayi» qabilasi etakchiligidan chetlatish, uning o'rniga Ertug'rulning akasi Kuntug'mishni taxtga o'tqazish harakatida bo'lgan. Rejasi bo'yicha, agar Kuntug'di qabila etakchisiga aylansa, baribir asosiy rol Kurdo'g'li zimmasida bo'lishi lozim edi. Negaki, Kuntug'dining fe'lini bolaligidan yaxshi bilardi. Bu alp ko'ngilchan, anchagina qo'rqoq, oqimga qarshi suzishni xush ko'rmaydiganlar xilidan edi. Lekin Kurdo'g'li bu harakatlarni yolg'izlikda amalga oshirmadi. U Kuntug'dining rafiqasi, Sulaymonshohning asrandi qizi Seyjan yordamida ish olib bordi. Seyjan ham Sulaymonshohga bir gap bo'lsa, taxtni Ertug'rul egallab qo'yishidan qo'rqardi. Shu sababli amakining takliflarini bajonidil qabul qilib, qo'lidan kelgancha unga yordam qo'lini cho'zdi…

«Ko'za kunda emas, kunida sinadi», deganlaridek, Kurdo'g'li iflos ishlarini oxiriga etkaza olmadi. Ulgurmadi. Sezib qolishdi. Shubhasiz, Ertug'rul o'zining ziyrakligi bois amakisining chirkin harakatlarini o'z vaqtida anglab, bu haqda otasi Sulaymonshohga ma'lum qildi. Sulaymonshoh darhol biylar kengashini chorlab, masalani ko'ndalang qo'ydi. Kengash ishtirokchilari bir ovozdan Kurdo'g'li qatl etilishi lozimligini talab qildi. Qatlni barchaning ko'z o'ngida Ertug'rul ijro etdi. Shunday qilib, «Kayi» qabilasi o'ta xavfli sotqindan xalos bo'ldi.

HALIMA

Bu ayolning nomi tarix zarvaraqlarining to'ridan o'rin egallagan. Chunki aynan Halima Ertug'rulga bir umr ishonchli hamroh, hammaslahat, hamdard va sadoqatli yor bo'lib qoldi. Lekin bu ayol qaerdan paydo bo'lgandi?..

Ma'lumingizkim, «Kayi» qabilasi umrguzaronlik qilgan erlar, Yaqin Sharqdagi ko'plab qabilalar Ko'niyani o'z poytaxtiga aylantirgan saljuqiylar sultonligiga tegishli bo'lgan. Demak, qabilalar ham saljuqiylar sultoni Oloviddin Kayqubodga itoat etgan.

Kunlarning birida saljuqiylar sultonligi shahzodalaridan biri o'z qondoshlari tarafidan ta'qib ostiga olindi. O'sha davrda ham saljuqiylar sultonligida taxt egasining qolgan aka-ukalarini qatl etish doirasidagi qonun mavjud edi. Ya'ni, go'yoki davlat tinchligini asrash maqsadida taxtga o'tirgan sulton aka-ukalarini ommaviy tarzda qatl etishi shart edi. Halimaning otasi hali voyaga etmagan o'g'li Yigitali va qizini yoniga olib ishonchli odamlar ko'magida qatldan qochishga muyassar bo'ldi. Baxtga qarshi yo'lda ular «krestonoses»lar hujumiga uchrashdi. Eslatib o'tamiz, «krestonoses»lar evropalik nasroniylar ritsarlari sanalib, musulmonlarga qarshi shafqatsiz jang olib borgan. Asta-sekinlik bilan bo'lsa-da, o'z hududlarini kengaytirish harakatida bo'lgan. Xuddi o'shalar shahzoda va farzandlarini qo'lga oldi. Ular saljuqiylar sultonligida shahzodalarga qarshi harakatlar boshlanganidan juda yaxshi xabardor edilar. Shu sababli shahzodani amaldagi sulton Oloviddin Kayqubodning qo'liga topshirib, evaziga katta pul yoki ma'lum hajmga ega hududni hadya sifatida olishni mo'ljallashgandi. Qattiq adashishibdi. Ertug'rul o'sha kuni jangovar do'stlari Turgut, Bomsi bilan birga o'rmonda ov qilayotgandi. Shahzoda o'tirgan foytun va «krestonoses»larni ko'rib qoldi. Shahzoda va farzandlari asirda ekanini darrov ilg'adi. Uch o'g'lon nasroniylarga tashlanib, tez fursatda shahzoda va bolalarini ozod etishdi. Ertug'rul shahzodani qabilaga keltirib, bu haqda otasi Sulaymonshohga tushuntirdi. «Kayi» qabilasi odati bo'yicha kelgan mehmon uch kunga qadar e'zozda bo'lardi. Agar mehmon yarador bo'lsa, to tuzalib ketmaguncha ketishga ruxsat berishmasdi. Bundan tashqari, mehmon kim bo'lishidan qat'i nazar kimdir uni ta'qib etayotgan bo'lsa, sotish, ta'qib qilayotgan kimsaga mehmonni topshirish taqiqlanardi. Shahzoda og'ir yaralangan ekan. Uni qabila tabibi davolay boshladi.

Oradan ma'lum vaqt o'tgach esa Ertug'rul va Halima o'rtasida muhabbatga o'xshash sirli, qaynoq tuyg'u paydo bo'ldi.

Ajoyib kunlarning birida ular turmush qurishdi. Baxtga qarshi keyinchalik Halimaning otasi va ukasi yomonlar qo'lida halok bo'ldi.

ERTUG'RUL VA «KRESTONOSES»LAR

Ertug'rul tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, u o'z davrining har jihatdan mukammal shaxsi hisoblanganiga guvoh bo'lishimiz mumkin. U 1150 yillarda avji alp sifatida kuchga to'lgan, kurashib, savashib to'ymaydigan yoshga etgan. Qolaversa, nafaqat Sulaymonshoh etakchiligidagi «Kayi» qabilasida, balki minglab kilometrlar radiusdagi hududlarda ham Ertug'rulga etadigan jangchi yo'q edi. U qo'l jangi, qilichbozlik, nayzabozlik, kamondan otish kabi jang san'atlarini mukammal egallagan, bilagidagi kuch ham o'sha san'atni qoyilmaqom ko'rinishda namoyish etish uchun etarli edi.

Ertug'rulning armiyasi dastlab to'rt-besh kishidangina iborat bo'lgan. Buni keyinchalik Konyadagi saljuqiylar sultoni Oloviddin Kayqubod ham hazil aralash ta'kidlab o'tgandi.

— Ertug'rul, — degandi sulton barcha vazir-u ulamolar qarshisida. — To'rt-besh askardan iborat armiyasi bilan sultonlarning butun boshli qo'shini zabt eta olmagan Qorajaxisar qal'asi, Xonli bozorni egallab, mana, bizga ham qo'lga kiritilgan oltinlardan ulush keltiribdi!..

Haqiqatan, Ertug'rul «krestonoses»lar bilan Aleppo yaqinidalik paytidayoq ilk bor to'qnash kelgandi. Bunga qadar Ertug'rul jasur, engilmas, kuchli va mohir alp sifatida dunyoning deyarli yarmiga tanilib ulgurgan. Hatto, keyinchalik Chingizxon avlodlari ham Ertug'rulni engish, sindirish, u egalik qilib turgan hududlarni o'zlashtirish niyatida butun boshli armiya yo'llashdan tiyilmagan. Bu haqda keyingi qismlarda alohida to'xtalib o'tsak bo'ladi. Gap hozir «krestonoses»lar, o'sha davr nasroniylari haqida ketarkan, ular musulmonlar joylashgan davlatlarga kirib kelib, butun boshli qal'alar, shaharlarni bosib olishgan, nasroniylar dunyoga etakchilik qilishini istashgan. Aleppo yaqinidagi mustahkam qal'ada ham «krestonoses»larning butun boshli qo'shini jangga shay turar, har kuni alohida otryadlar chiqib ketib qaysidir hududlarni bosib olish, aholini qaqshatish, borini talash bilan shug'ullanardi. Nasroniylar ritsarlari o'z maqsadi yo'lida mahluqdan battar edi. Rahm-shafqat neligini bilishmasdi. Tan olish kerak, «krestonoses»larning ritsarlari jang san'atini mukammal egallashda Ertug'rul kabilardan sira qolishmasdi. Shu sababli ritsarlar asosan qo'shinlarga komandir etib tayinlanardi.

Ertug'rul Aleppo yaqinida dastlab Titus ismli nasroniylar ritsariga ro'baro' bo'ldi. Titus ozg'indan kelgan, turk tilini yaxshi o'zlashtirgan, chayir, uddaburon, qaytmas, sovuqqon, shafqatsiz va o'ta yoqimsiz xarakterga ega edi.

Ilk to'qnashuvda Ertug'rulning o'ziga nisbatan har jihatdan kuchliligini Titus tan oldi. Shuning uchun unga qarshi ko'pchilik bo'lib jang qilish kerak degan to'xtamga keldi. Shu niyatda ko'p bor urinib ko'rdi. Baribir foydasi bo'lmadi. Har gal Titusning askarlarigina o'lim topdi. Ertug'rulni sindira olmadi, qabilasini egallab ola bilmadi.

Yuqorida ta'kidlanganidek, Ertug'rulning armiyasi asosan to'rt-besh kishidan iborat edi. Ularning biri Bomsi. Barvasta, bir o'tirishda bitta qo'yni paqqos tushirib, kekira-kekira ketaveradigan, o'ta kuchli emotsiyaga ega yigit. U ikki qo'lida ikkita qilich tutgan holda jang qilishni xush ko'rardi. Bu Bomsining jang usuli edi.

Turgut. U ham Bomsi kabi barvasta, jiddiy qiyofali, fe'li juda tor, ammo jasur yigit. Turgut asosan qo'liga vazni 20 kilocha keladigan bolta tutgan holda dushmanga qarshi kurashardi. Boltani otsa, ellik metr naridagi dushman askarini bexato qulata olardi. Uchinchi alp — Somsa. U past bo'yli, ammo juda abjir va chayir, qilichbozlikda unga teng keladigani topilmasdi. Do'g'an. Bu yigit ham hali sheriklari kabi uylanmagan, ayni kuchga to'lgan, mohir, uddaburon, kuchli jangchi edi. Uning o'ziga xos fazilati shunda ediki, Do'g'an dushmanga kalla solishni yoqtirardi. Bir marta kalla solsa, tamom, dushman til tortmay o'lardi.

Xuddi shu besh kishilik armiya bilan Ertug'rul nasroniy bosqinchilariga qarshi uzoq vaqt kurash olib bordi. Baxtga qarshi ularni to'liq zabt etishning imkoni topila qolmadi. Shunda u ayyorona usulni qo'llashga ahd qildi. Ya'ni, nasroniylar joylashib olgan mustahkam qal'aning yashirin yo'lini topdi. Bu yo'l orqali nasroniylarga qurol, ot, emish tashilardi. Yo'l faqat o'zlarigagina ma'lum edi. Agar shu yo'l orqali ichkariga kirib borilsa, nasroniylar otryadlari arosatda qolishi va kutilmagan hujumlar tufayli o'lim topishi aniq edi. Ertug'rul so'nggi jangga qabiladagi bor qo'shinini jalb etdi va nihoyat ayyorona usul o'z samarasini berdi. Qal'a egallandi. «Krestonoses»lar otryadlari o'lim topdi. Faqat ularning dala komandiri, Ertug'rulning birinchi raqamli dushmani Titus qochib ketdi. Ertug'rul baribir ko'ngliga tugib qo'ydi. Bir kunmas bir kun Titus albatta qo'lga tushishiga ishondi. Chunki Titus shunchaki qo'rqqanidan qochmagan, balki Eron taraflarga o'tib yangi qo'shin to'plash niyatida yo'lga chiqqanini, bir kun albatta ortga qaytib Ertug'rul armiyasiga hujum yo'llash niyati borligini bilardi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube