O’zbekiston Xalq Harakati

Muhammad Solihning g'alabasi

Muhammad Solihning g'alabasi
07 Temmuz 2019 - 14:13 'da yuklandi va 2973 marta o'qildi.

MUHAMMAD SOLIHNING G'ALABASI

Kuni kecha Frantsiyada yashayotgan Mo''tabar Tojiboeva degan xotin tarqatgan Muhammad Solihning ovozi yozilgan video haqida o'z fikrimni bildirmoqchiman. Saytingizda chiqarasiz degan umiddaman.

Men bu audioning qanday qilib M. Tojiboeva qo'liga tushib qolgani haqida gapirmoqchi emasman. Chunki har qanday fikr egasi buni bilib turibdi.

Endi nega bu audio yozuvning aynan hozir tarqatilganiga kelsak sog'lom aql egasi ikkita mantiqiy xulosa qilishi mumkin.

Birinchisi, O'zbekistonning oliy rahbariyatida Muhammad Solihning vatanga qaytishi masalasi qayta ko'rilgan bo'lishi mumkin. Muhammad Solihning qaytishi O'zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro'siga ijobiy ta'sir qilishi mumkinligi borasidagi umumiy qarashning ustunligi O'zbekiston Davlat Xavfsizlik Xizmatining shinam xonalarida o'tirgan KGBchi chekistlarning halovatini qochirib qo'ygan ko'rinadi. Buning esa uchta sababi bor:

  • Bu insonning qaytishi O'zbekistonda muxolif harakatning jonlanishini anglatadi. Ayni paytda sobiq MXX tuxmatlari bilan qamalib ketgan siyosiy va diniy mahkumlarning ozodligi va oqlanishi uchun amaliy harakatlarning boshlanib ketishini bildiradi. Bu esa o'z navbatida minglab begunoh insonning umriga zomin bo'lgan sobiq MXX (hozirgi DXX) mulozimlarining jinoiy javobgarlikka tortilishi degani.
  • DXX mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash bahonasi bilan yo'q joydan dushman yaratib kelmoqda. Bugunga qadar DXX yaratgan eng katta dushman bu Erk Partiyasi lideri Muhammad Solihdir. Hatto bu insonning nomi DXX uchun IShIDdan ham dahshatliroq. Chunki mamlakatda IShID kabi radikal guruhlar aholining aksariyati tomonidan dastaklanmaydi. Ammo demokratik bir muxolif lider esa tez orada xalqning kattagina qismini ortidan ergashtira olishi mumkin. Chunki 27 yillik zulmdan ezilib ketgan xalqimiz erkinlik istaydi.
  • Muhammad Solih nomiga qarshi soxta kurash stsenariysi uchun DXX davlat byudjetidan juda katta miqdorda pul oladi. Ya'ni Muhammad Solihga qarshi kurash o'yini aslida DXX uchun juda katta noqonuniy daromad manbai. Muxolifat liderining qaytishi esa ularning mana shu noqonuniy biznesdan mahrum qiladi. Shu sababli ham chekistlarning aynan muxolifat bilan ishlaydigan boshqarmalari Muhammad Solihning qaytishiga tish tirnog'i bilan qarshi turadilar.

Ko'rinib turganidek Muhammad Solihning vatanga qaytish masalasidan sarosimaga tushib qolgan DXX ning ayrim buzg'unchi mulozimlari har qanday qabihlik bilan bo'lsa ham bunga yo'l qo'ymaslikka intilmoqda. Bu yo'lda ularga o'z obro'sini allaqachon to'kib bo'lgan M. Tojiboeva kabi shallaqi xotinning Muhammad Solihga qarshi telbalarcha dushmanligi juda qo'l kelgan ko'rinadi. Audioyozuvning tarqatilishi borasidagi birinchi mantiqiy xulosa shudir.

Ikkinchi mantiqiy xulosa DXXning Gvardeyskiy podvalida noqonuniy tutqunlikda qolayotgan jurnalist Said Abdulaziz Yusupov ishi bilan bog'liq. Said Abdulaziz Yusupovning Muhammad Solih bilan aloqasi tufayli qamoqqa tashlangani bugun hech kimga sir emas. Firibgarlik, katta miqdorda pul olish kabi DXXning primitiv bir shaklda uydirgan ertaklariga vijdoni bor hech kim ishonmaydi. DXX S.Yusupovning ishida tayinli ayblov xulosasi chiqara olmagan bo'lishi mumkin. Shu sabab uning sudda isbotlanmagan nohaq tuhmatlar bilan qamab yuborish ancha jiddiy kechishi mumkin. Muhammad Solihdan davlat to'ntarishi qilishga urungan jinoyatchi yasab S.Yusupovning unga sherik qilib qo'yish esa DXX nazarida ancha mantiqli tuyulgan bo'lishi mumkin. Aksi holda jurnalist Bobomurod Abdullaev ishidagi yirik mag'lubiyatdan so'ng S.Yusupov ishi DXXchilarga ancha qimmatga tushishi mumkin. Mana shu sabab ham DXXdagi bir to'da buzg'unchi shaxslarni navbatdagi qabihlikka qo'l urishga majbur qilgani ehtimoli yuqoridir.

Ushbu xulosalardan so'zng so'zni aytadigan bo'lsak yuqoridagi har ikkala holat ham Muhammad Solih obro'sining ortishiga xizmat qilishi tayin. Uning ustida o'sha audioyozuvlarni diqqat bilan tinglagan odam suhbatning hech qanday davlat to'ntarishi emas balki muxolifatning vatanga qaytishi va saylovlarda qatnashishi kabi mavzularda ekanini bemalol anglab etadi. Video sarlavhasiga “Salay Madaminov davlat to'ntarishi rejalari haqida so'zlaydi!” deb nom qo'yishi esa provakatsiya mualliflarining tuban va qabih niyatini fosh qilib qo'ygan.

O'zbek xalqi bugun kechagidan farqli o'ylaydi, tafakkur qiladi. Xalqni axmoq qilamiz degan buzg'unchi to'dalar esa qattiq adashadi. Provakatorlar yana yutqazishdi. Bu safar ham Muhammad Solih obro'siga obro' qo'shildi.

Nizomiddin Mamajonov
Xalq ta'limi a'lochisi
Farg'ona viloyati, Marg'ilon shahri

O'XH elektron pochtasiga kelgan maktub

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Muxojir ;

    Xakikat egiladi, bukiladi, ammo sinmaydi.

    08/07/2019 14:11
xxx video gratis porno italiano