O’zbekiston Xalq Harakati

Gurlan atamasining kelib chiqishi

Gurlan atamasining kelib chiqishi
08 Temmuz 2019 - 12:00 'da yuklandi va 440 marta o'qildi.

GURLAN ATAMASINING KELIB ChIQIShI

Joy nomlari haqida tadqiqot ishlari olib boruvchi toponomika fani qanchalik yutuqlarga erishmasin, ammo haligacha, ba'zi bir joy nomlari haqida tugal xulosa, ilmiy echim yo'q..Xususan Gurlan atamasi to'g'risidayam shunday deyish mumkin.

Negaki, har qanday nom yoki atama zamon va makon bilan chambarchas bog'liq bo'lib, uning kelib chiqish ildizi biron tarixiy davr, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, maishiy voqea yoki tabiy hodisaga borib taqaladi.Natijada joy nomlari, elat va qavmlarning, qa'la va qishloqlarning, daryo, dala hamda qirlarning nomlanishi o'z davrining siyosiy ijtimoiy muhitiga mos ravishda hukmron sinf vakillarining hohish irodasiga qarab o'zgartirilavergan.

Masalan, birgina Amudaryo tarixda Gixon, Jayhun, Oks, Okus kabi nomlarga ega.Shuningdek, so'nggi ikki-uch ming yillar davomida Urganch shahrining 4 marta, Beruniyning 5 marta,Gurlanning 3 marta nomi o'zgarganiga tarix guvoh.

Gurlan atamasining kelib chiqishi va uning ma'nolari xususidagi masalalarga kelsak, quyidagi fikr-mulohazalar, taxminlar ilgari surilganinini aytish kerak.

Jumladan,YuNESKO akademigi Xudoyor Ollayorov bu borada quyidagi fikrni ilgari suradi: « Gurlan–Go'r olon, ya'ni olon urug'ining go'ri, qabristoni degan ma'noni bildiradi.Olon urug'i Xorazmda yashagani, keyin Kavkazga ko'chgani tarixdan ma'lum.Olonlar ko'chib ketishsada, o'z nomlarini toponimikaga asos qilib qoldirishdi.Masalan,Bog'olon–olonlar bog'i, uning shundoq yonginasida esa Gurlan–ya'ni Go'r olon.Bu so'z bora-bora Go'rolondan Gurlanga aylangan» .

Urganch Davlat Universiteti dotsenti , sharqshunos Abdulla Ahmedovning taxminiga ko'ra esa, « Gurlan-gur, ya'ni kulon deb ataydigan hayvon nomi bilan bog'liq..Qadimda bu erlar olonglik, ya'ni keng maydonliklar bo'lib, chorva boqilgan.Aynan ana shu olonglikda esa Gur, ya'ni kulon ko'p bo'lgan.Ana shundan Gurolong-gurlar ko'p joy degan so'z, toponim kelib chiqqan.Vaqt o'tib esa Gurolong–Gurlan so'ziga aylangan».

Professor A. Nabiev o'zining «Tarixiy o'lkashunoslik» kitobida bir rivoyat keltiradi. «Bir vaqtlar bu hududga ko'r chol va cho'loq kampir ko'chib kelishibdi. Ular juda mohir hunarmand ekanlar. Bozorda hech kimning narsasi o'tmasa ham ularning narsalari bemalol sotilaverarkan. Shunda odamlar bu kosiblarda biron sir bor, deb ularning atrofiga kelib joylasha boshlashibdilar. Vaqt o'tishi bilan bu so'z «Gurlan» bo'lib ketibdi».

Xorazm lahjasida «k» tovushi «g» shaklida ishlatiladi. Shuning uchun «ko'r» so'zi «gur» shaklida ishlatilib «Gurlan» bo'lib ishlatilib kelinmoqda. (T. 1996. 243-bet)

Xalq ichida yurgan rivoyatni o'z kitobiga kiritgan A. Nabievning Xorazm shevasida «k» va «g» tovushlarining ishlatilishi haqidagi fikri to'g'ri emas. Negaki, Xorazm jug'rofiy jihatdan janubiy va shimoliy Xorazmda joylashgan. Shu bois Gurlanliklar o'z eli nomini – «Ko'rlang»ni Gurlan deb atamagan bo'lishsa kerak.

Professor A. Nabiev o'sha asarida yana bir taxminni o'rtaga tashlaydi: «Girkaniya» so'zi qadimgi turkiy yozuvlardagi «Kurikan» qabilasining nomi bilan uzviy bog'liq bo'lib, ularning asrlar davomidagi fonitek o'zgarishidan Gurlan varianti kelib chiqqan bo'lishi ham mumkin. Ammo bundan Gurlandagi aholini girkanlardan kelib chiqqan ekan, degan xulosa chiqarib bo'lmaydi. Kichik bir ovulning nomi ham yoki oila boshlig'i yoxud uning bir a'zosi nomi toponomikada asos bo'lib ketaverishi ham mumkin. (o'sha kitob 244 bet).

Gurlan atamasiga asos bo'lgan deb hisoblab kelingan «ko'r» va «lang» haqidagi afsona O'zbekiston xalq shoiri Omon Matchonning asarida quyidagicha aytilgan:

Ko'r: «Qani ko'zlarim ko'rsa,

Lang: «Qani oyoqlarim bossa» degan.

Darvoqe,

Ko'r ko'ra olmaydi, shol yura olmaydi.

Go'daklar yig'idan bo'lgan chalajon

Lang «Qara, oyoq – qo'ling but, meni ko'tarib go'daklardan uzoqqa olib borib tashla! O'sha yoqda o'lay bir amallab qaytarsan!»

Ko'r: «men ham ketaman!

Ko'r langni ko'tarib yo'lga tushibdi.

Lang: «To'xta! Mana bu uyning eshigi ochiq. Bir nimalar ko'rinayapti ichida!»

Kirsalar har holda egulik bir nimalar topilibdi. Quvonishib o'ljalarni yana shu taxlitda ortga qaytishibdi. Hayot tantana qilibdi. Tarixning dahshatli suronlaridan o'z shajarasini saqlab qolgan Gurlan bu».

Shoir o'z asarida yuqoridagi afsonani keltiribgina qolmay, Gurlanga quyidagicha ta'rif beradi: «Gurlan g'aroyib yurt. Gurlanliklar o'zbekning bek urug'i, go'yo «Gurlan», «Jurjon» hatto «Gurganch» degan nomlar ham «Gurlan»ning buzibroq aytilgani.

Hatto xonlar ham Gurlanliklardan hayiqqan, qadim shaharning to'rt darvozasi bo'lgan. «To'rt to'qson Gurlan» iborasi bekorga to'qilmagan. Amudaryo Xorazmdan oqa boshlaganiga necha yil bo'lgan ersa, Gurlanning yoshi ham shuncha.»… («Haqqush qichqirig'i» T, 1979).

Shoir va dramaturg Erkin Samandar esa o'zining bir she'rida Gurlan so'zini “Avesto” davri va zardushtiylik bilan bog'lab, Gurlan-Gurillagan,Gurlangan, ya'ni olov bilan bog'liq degan farazni ilgari suradiki, unda quyidagi satrlar bor:

Bunda sherlar na'rasi,
Titratganda borliqni,
Sarbaland hilpiragan,
Xorazmning yalovi.

Bunda Zardusht nafasi,
Olqaganda hurlikni
Gurillagan Gurlangan
“Avesto”ning yalovi…

Ustozlar yozganidek, «Tarix fani dalillarga suyanadi va lekin afsona va rivoyatlarni ham inkor etmaydi. Chunki qadimgi qal'a o'rnidan topilgan sopol idishning sinig'i arxeologiya fani uchun qanchalik muhim rol o'ynasa, o'sha shaharning paydo bo'lishi xususidagi rivoyatlar ham tarixning parchasi sifatida qabul qilinaveradi.

Yana bir rivoyatga ko'ra mo'g'il bosqinchilari shaharga o't qo'ygan emishlar. Shahar yonib kul bo'libdi. Oradan bir necha yillar o'tganidan so'ng Amudaryodan kemalar suzib kelgan emish. Kemadagilarning bir qismi qal'ani «kulrang», yon atrofini «Gulrang» deb xitob qilibdilar. Shundan so'ng shahar Kul-rang, Gul-rang shaklida atalgan va vaqtlar o'tishi bilan Gurlan shaklida talaffuz etila boshlabdi».

Ba'zi tadqiqotchilar «Gurlan» atamasini mo'g'ilchadan kelib chiqqan deb hisoblaydilar. Ma'lumki,mo'g'il tilida Xuree so'zi bo'lib u aylantirmoq, o'ramoq, atrofni bekitmoq, (rus tilida okrujit', zagorojivat' stavit' izgorod) degan ma'noni bildiradi. Asli kelib chiqishiga ko'ra, turkiy qo'r, qo'ra kabi o'zaklardan tashkil topgan. Bu so'zdan keyinchalik mo'g'ilcha Xurel (ograjdenie mesto, izgorod, dvor, stop, lager, krupniy monastir) termini yasalgan.

Hozirgi mo'g'il tilida bu so'z Xureelen (g) shakliga ega bo'lib rus tilida «dvor», «sad» ma'nolarini ifodalaydi. Bu so'z o'zining semantik taraqqiyotida qator bosqichlarni bosib o'tgan.

Professor B. Ya. Vladimirovning yozishicha, bu so'z rus tilidagi ograjdenie mesto, izgorod, dvor, stop, lager, monastir', gorod so'zlariga yaqin bo'lib to'xtash joyi, qo'rg'on ma'nosiga ega ekanligi va bu to'xtash joyi ovullarning yig'ilishidan vujudga kelganligi aytiladi.

Yana bir mulohaza shuki, Eron hududidagi Gurgon viloyati nomidan Gurlan nomi kelib chiqqan. Ya'ni hozirgi Gurlan hududida Gurgon qabilasi yashagan. Muhammad Rajab Gurgoniy boshchiligidagi qabila a'zolarining bir qismi Eronga ko'chishadi. Gurgon nomi saqlanib qoladi va bora bora Gurgon Gurlanga aylanadi degan fikr ham bor.

Bundan tashkari,Xudoyberdi ibn Qo'shmuhammadning «Dili G'aroyib» asarida Gurlanga shunday ta'rif beriladi: «Gurlan – qadimiy qal'a; daryo yoqasida. Daryoning shimol tarafida tog'liqlar bor. Qadimda andin oltun oladurg'on erkandurlar. Bu tog'da alon chaqmoq toshi bor. Qo'rg'oshin, temir, firuza, mo'miyo toshi ham bor derlar. Gugurtni Zamaxsharning janubinda to'rt manzillik erda bir qir bor, andin keltirurlar… Bu shaharning bozor joyisi ziyoda tang erdi. Qal'aning sharqisinda taxminan besh olti tanob ko'l bor erdi. Bu oliy hazratning amru farmoyishi birla fuqaro jamoasi bu marhumning tarixinda (1247/1830 yil) 45 kunda ko'mub bozor joyi qildilar. Qadimda bir bog'i oliy erkan va turluk ziynatli saroylar va ko'shk va koshinkorli podshohnishinli, turluk mevali daraxtlar bor erkan. Andin bir gujum qolgan erkan. Bu ham qurubdur. Oning tagi g'alla bozori erdi. Holo baqqol jamoasi va baliq pishiradurganlar do'kon qilib o'ltiradurlar. Oshpazlar ham do'kon qilibdurlar rastayi bozorg'a ot berurlar; – ne uchunkim shaharning ulug' yo'lining ustidur. Hijratning 1182( milodiy 1768 ) yili bu shaharga vabo va qahat voqe' bo'lgan. Mundin sahal odam qurtilib qolgan. Hijratning 1197( milodiy 1783 ) yili havodin bir oz bulut paydo bo'lub, bug'doy xirmonida arik(o'rik) pishganda, shahardin o'zga erga yog'may o'tdi. Har bir qatrasi tovuqning yumurtqasi choqli bor erdi. Shaharning yaqin erlarida ekilgan polizlarni yo'q qildi».

Tarixchi Naim Norqulov esa Beruniy yashagan davrni mukammal o'rgangan olim bo'lib, uning tadqiqotlariga ko'ra, «Abu Rayhon Beruniy asarlarida nima uchundir Gurlan uchramaydi.»

Xullas, tarixchilar orasida turli taxminlar borki, ammo yakuniy , qat'iy xulosa yo'q..Biroq u turli davrlarda, xususan,Chingizxon istilosigacha, Darxos, keyinchalik Xosminor nomlariga ega bo'lgan.

Umid BEKMUHAMMAD.

«Gurlan hayoti” gazetasi, 1996 yil 12 yanvar'

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano