O’zbekiston Xalq Harakati

Azim chinorlar kesilishi davom etmoqda

Azim chinorlar kesilishi davom etmoqda
08 Temmuz 2019 - 13:03 'da yuklandi va 1544 marta o'qildi.

Bi-Bi-Si radiosining xabar bereshicha, O'zbekiston Davlat ekologiya qo'mitasi o'z Feysbuk sahifasida Toshkent shahrining 4-Yunusobod kvartalida chinorlar noqonuniy ravishda kesilgani va undan atrof-muhitga tushgan zarar deyarli 164 million so'm bo'lganini xabar qilgan.

Chinorlar kesilayotgani to'g'risidagi shikoyat qo'mitaga @EcoControl_bot Telegramm-boti orqali kelib tushgan.

Qo'mita tekshiruvchilari hududga borganlarida diametri 68dan 78 santimetrgacha bo'lgan besh dona chinor kesilganiga va yana 11ta chinorga shikast etkazilganiga guvoh bo'lganlar.

Qo'mita xabar qilishicha, “Billur” mahallasidagi chinorlarning noqonuniy kesilishiga “Metin kommunal servis” birlashmasi rahbari A.F.Isoxo'jaeva mas'uldir va mazkur hodisa bo'yicha hujjatlar prokuraturaga topshiriladi.

Feysbukdagi sahifadan ma'lum bo'lishicha, mazkur murojaatlar aholi vakillaridan Davlat ekologiya qo'mitasiga bot-bot kelib tushmoqda, ammo davlat idorasi hozircha azim chinorlarning noqonuniy kesilishini to'xtatishga muvaffaq bo'lgani yo'q.

Xususan, 27 iyun' kuni kelib tushgan arizaga ko'ra, Ohangaron shahrining 2-massividagi chinorlar yoppasiga kesilayotgani aytilgandi.

Qo'mita mazkur hodisa ortidan Ohangaronga vakillarini yuborib, chinorlar kesilishida qonun buzilmaganini e'lon qildi.

“Ohangaron shahri obodonlashtirish bo'limi Ohangaron shahar hokimining 25ta dekorativ daraxtlarning sanitar maqsadlarda kesilishi to'g'risidagi №82 sonli farmoniga muvofiq ravishda amalga oshirilgan”, – deyiladi qo'mita bayonotida.

Ko'p yillik chinorlarning kesilishi butun respublika bo'ylab davom etmoqda.

Ba'zi hollarda bu amallar obodonlashtirish dasturi bilan izohlansa, boshqalariga umuman izoh yo'q.

Xabar.uz sayti muxbiri Ulug'bek Oripov 5 iyulda o'z Feysbuk sahifasidagi postida bu kabi ahvolga Qashqadaryoda ham guvoh bo'lganini yozdi.

“Kitob shahrida ham chinorlar ayamay kesilmoqda! Salqin shahar jaziramada qolib ketdi, deyishyapti. Bularni to'xtatadigan bormi yoki bilganini qilaveradimi, hammasi?” – deya savol qo'ydi u.

“Daraxtlarga qatliom boshlangan. Qirg'in bolalar shifoxonasigacha borib qoldi. Yaqin ikki yilda soya-salqin Kitobimiz Qarshi cho'lida qurilgan posyolkaga o'xshab qolsa kerak”, – deydi uning posti ostida munosabat bildirgan kitobliklardan biri.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano