O’zbekiston Xalq Harakati

Surayyo Rahmonova ketishi ortidan Bosh prokuratura yana yopildimi?

Surayyo Rahmonova ketishi ortidan Bosh prokuratura yana yopildimi?
08 Temmuz 2019 - 23:50 'da yuklandi va 1638 marta o'qildi.

O'zbekiston Bosh prokuraturasining matbuot xizmati rahbari ishdan olinishi bilan prokuraturadan ma'lumot olish yana qiyinlashdi.

O'zbekiston ichi va tashqarisidagi ko'plab jurnalistlar matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaning o'rni allaqachon bilinayotganini aytishmoqda.

Surayyo Rahmonova oxirgi bir yil ichida mustaqil O'zbekiston huquq-tartibot idoralarida misli ko'rilmagan shaffoflik va tezkorlikni yo'lga qo'yishga muvaffaq bo'lgandi.

U hozirda lavozimidan bo'shatilgan va tergov qilinayotgan prokuror Otabek Murodovning prokuratura tizimida amalga oshirgan islohotlarining o'zi xos isboti bo'lib namoyon bo'ldi.

Otabek Murodov atigi 1,5 yil bosh prokuror lavozimida faoliyat yuritishi ortidan o'tgan oy prezident tomonidan chetlatildi va hibsga olindi.

Joriy yilning yanvarida Londonga safari chog'ida Bi-bi-si jurnalistlari bilan uchrashar ekan, Murodov o'z matbuot kotibi Surayyo Rahmonovaga Telegramda shaxsiy raqam ochib jurnalistlar bilan muloqotni yo'lga qo'yishni shaxsan tayinlaganini bildirgan.

Surayyo Rahmonova jurnalistlar, xususan Bi-bi-si muxbirlarining Telegram orqali yo'llagan savollariga zudlik bilan javob berar, agar rasmiy izoh yoki ma'lumotga ega bo'lmasa, masalani o'rganib chiqib imkonqadar tez javob berishi bilan tanilgandi.

“Surayyo baribir chegaralangan va ijozat berilgan ma'lumotni berar edi. Lekin, boshqalarga qaraganda yaxshiroq va aqlliroq edi. Baribir olimligi bor edi”, – deydi Bi-bi-siga anonim tarzda gapirgan O'zbekistonda xabar tarqatuvchi saytlardan birining jurnalisti.

Re:post sayti jurnalisti Ali Qahhorovning aytishicha, mamlakat boshqaruv tizimida bir mulozimning ketishi bilan tizim butkul qulashi kabi muammo mavjud.

“Surayyoning ketgani, albatta, sezilyapti. U – ajoyib insoniy va professional fazilatlarga ega odam. U Bosh prokuraturada juda yuqori plankani o'rnatdi va bunga uning vorisi, uzoq borsa, tenglashishi mumkin. Bizning davlat boshqaruvimizda bir odam ketishi bilan butun tizim barbod bo'ladi, xuddi ana shu azaliy muammoga yana yuz tutishni xohlamagan bo'lardik. Bir shaxsga bog'lanib qolmagan tizimni yaratish kerak”, – deydi Qahhorov.

Ozodlik jurnalisti Sirojiddin Islomning munosabati quyidagicha:

“Surayyo Rahmonova O'zbekiston hukumatiga taalluqli bo'lgan matbuot xizmatlari qanday ishlashi kerakligini amalda ko'rsata bildi. O'zining tezkorligi, jasurligi va professionalligi bilan xorijdagi ommaviy axborot vositalari ishonchini qozondi. Umid qilamanki, Surayyo Rahmonova boshlab bergan hamkorlik faqat uning o'ziga bog'liq bo'lgan tashabbus emas, balki institutsional islohotlar ibtidosidir.”

Hayot ShamsutdinovHayot Shamsutdinov

Surayyo Rahmonova endilikda Komil Allamjonov va uning muovini Saida Mirziyoeva qo'li ostidagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ishlay boshladi.

U agentlikning Davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i etib tayinlandi.

41 yoshli Surayyo Rahmonova – yuridik fanlar doktori. U Toshkent davlat yuridik universiteti va Bosh prokuraturaning Oliy ta'lim kurslarida dars berib kelgan.

Yangi matbuot kotibi

O'tgan hafta oxirida Bosh prokuratura o'z matbuot xizmatiga yangi rahbar etib Hayot Shamsutdinov tayinlanganini xabar qildi.

Bu lavozimga tayinlangunga qadar u Farg'ona viloyati prokurorining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta'minlash bo'yicha katta yordamchisi bo'lib ishlab kelgan.

Hayot Shamsutdinovning jurnalistlar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqoti qanday yuz berishi hozircha noma'lum – uning ijtimoiy tarmoqlar yoki Telegramdagi shaxsiy sahifasi jurnalistlarga berilmagan.

Bi-bi-si u bilan tanishish uchun Bosh prokuraturaga sim qoqqanida prokuratura matbuot xizmati xodimi ekanini aytgan shaxs Hayot Shamsutdinov “yig'ilishga kirib ketgan”ini bildirdi.

U bilan Telegram orqali bog'lanish imkoni bor yo yo'qligi so'ralganda, xodim Shamsutdinovning bu kabi kanali bor yo yo'qligidan bexabar ekanini aytdi.

Xodim tavsiyasiga binoan, Bi-bi-si biroz keyinroq Shamsutdinovga yana telefon orqali bog'lanishga ikki marta urindi, ammo matbuot xizmatida telefonni hech kim ko'tarmadi.

Manba: Bi-Bi-Si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano