O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“MVX” Tojiboeva yolg'iz emas

“MVX” Tojiboeva yolg'iz emas
09 Temmuz 2019 - 11:35 'da yuklandi va 2356 marta o'qildi.

“MVX” TOJIBOEVA YoLG'IZ EMAS

Frantsiyada yashovchi Mo'tabar Tojiboeva – o'zbek huquq himoyachilari harakatining eng shallaqi, janjalkash va agressiv xotinlaridan biri. Evropaga ko'chib o'tgandan keyin bu “maxsus vazifali xotin” (MVX) tashlanmagan odam qolmadi: bir qarasang muxolifat a'zolariga, bir huquq himoyachilariga, bir jurnalistlarga.

Farg'onaning “O't yuraklar klubi” asoschisi va rahbari bo'lgan “Mo'tabar- MVX” shu qadar otashin tarzda o'zbek muxolifatchilari va huquq himoyachilarini tuhmat va qoralash kampaniyasi bilan band bo'ldiki, natijada o'zining o'zbek maxsus xizmatlari bilan aloqasini o'zi fosh qilib qo'ydi.

Shu kunlarda u o'zbek muxolifati lideri Muhammad Solihning Rossiya Federatsiyasida yashovchi o'zbek muxolifatchisi bilan telefon orqali suhbatining audio yozuvini internetda e'lon qildi. 2016 yilning avgust oyida bo'lib o'tgan telefon suhbatida Solih surgun qilingan o'zbek muxolifatining O'zbekistonga qaytish istiqbollarini muhokama qilgan. Mavzu faqatgina shu!

Ammo “MVX” Tojiboeva ushbu telefon suhbatini o'zbek muxolifatining O'zbekistonga bostirib kirish fitnasi sifatida talqin qilishga urungan, vaholangki audio yozuvda qonunga qarshi hatti-harakatlar haqida hech qanday so'z yo'q. Mo'tabar-“MVX” ning Muhammad Solihni g'araz maqsadlarda ayblashga urunishi teskari effekt berdi: har tarafdan Solihga emas, balki Tojiboevaning o'ziga qaratilgan ayblovlar yog'ildi.

Audio yozuvni eshitgan tinglovchilarning ko'pchiligida tug'ilgan birinchi savol shu bo'ldi: “Tojiboeva bu audio yozuvni qaerdan oldi?”. Istanbul va Moskva o'rtasida bo'lib o'tgan ushbu telefon suhbatini, mana 27 yildir faqatgina Muhammad Solihni kuzatish bilan shug'ullanayotgan o'zbek maxsus xizmatlari tarafidan taqdim qilinganini aksariyat odamlar tahmin qildi.

O'zbekiston Davlat Xavfsizlik Xizmati ushbu yozuvni, Muhammad Solih shu yilning iyul oyi boshlarida o'zining “Qaytish” she'rini e'lon qilganidan keyin ommaga tarqatishga qaror qildi. Shoir va muxolifatchi o'z she'rida, “qalbaki bahor” va “amalga oshmagan umidlardan keyin” O'zbekistondagi avtoritarizmga qarshi kurashga qaytayotganiga sha'ma qilgan.

DXX rahbariyati, uch yil oldingi audio yozuvni o'zining chet elda yashovchi huquqni himoya qilish “kanallari” orqali, balki Muhammad Solihning ushbu bayonotidan bezovtalangani uchun e'lon qilishga qaror qilgandir.

Bu ishni amalga oshirish uchun tanlov Mo'tabar Tojiboevaga tushdi. Bunda Mo'tabar-“MVX”ning faqatgina Muhammad Solihga nasbatan shallaqi, janjalkash va agressivligi, yoki Davlat xavfsizlik xizmatiga namunali xizmati emas, balki Tojiboevaning akasi sobiq O'zbekiston MXX, hozirgi DXXning iste'fodagi podpolkovnigi ekanligi ham asosiy rolni o'ynadi.

Audio yozuv DXXning axborot-tahlil boshqarmasi (rahbari – polkovnik Akrom Rizaev) mutaxassislari tomonidan DOC formatida yozilib, JPG va MR4 formatida qayta tayyorlangan. Aynan ular Tojiboeva ovozining audio yozuvini (MR3) video ketma-ketlikka joylashgan. Tayyor video material Mo'tabar Tojiboevaga “maxsus vazifali xotin”ning kuratori orqali etkazilgan. Ushbu audio yozuvning ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo'lining qisqacha tarixi shunday bo'lgan.

Mo'tabar-“MVX”ni himoya qilib, Muhammad Solihni qoralayotganlar ham bor. Bundaylar juda ham kam, ammo bor. Kim ular?

Bu birinchi navbatda, Amerikada ashaydigan, hozirda siyosiy ambitsiyalarga ega shofyor (sobiq cho'chqaboqar) Bahodir Choriev. “Birdamlik xalq harakati” deb ataladigan qandaydir harakatning rahbari bo'lgan Choriev Muhammad Solihga qilinayotgan hujumlardan xursand ekanligini yashirmaydi. Buning hayratlanadigan joyi yo'q.

Bahodir Choriev antisolih kampaniyasiga o'zining tashkiloti faoli bo'lgan Oydiniso Alievani ham qo'shdi. Yaqinda (shu yilning iyun oyi oxirida) Shavkat Mirziyoevdan «Kobal't» avtomobili olish ilinjida O'zbekiston prezidentiga atab nasriy “qasida” to'qigan va o'zining “ijod mahsulini” telefon kamerasi oldida o'qib, ushbu video yozuvni Facebook ga joylagan o'sha Alieva. Bu holatda ham effekt teskari bo'lgan edi: odamlar, Alieva Mirziyoevni maqtab emas, balki uning ustidan kulib she'r o'qiyapti deyishgandi!

Va bu tabiiydir. Chunki bir necha bor fohishalik uchun jarimaga tortilgan va o'rtakashlik uchun mahkama qilingan bir xotindan yuqori darajadagi she'riy asarlar kutish mumkin emas.

Umuman olganda, DXXning chetdan kadrlar (chaqimchilar) tanlash mezoni ajablanarli. Aftidan, odam yonlashda “kontora” “qanchalik ahloqsiz bo'lsa, shunchalik yaxshi”, “odamda qanchalik gunohi ko'p bo'lsa, uni boshqarish shunchalik oson” degan qoidalar asosida ish tutadi shekilli.

Qisqasi, Mo'tabar-“MVX” himoyasiga safarbar qilingan ijtimoiy-psixologik tip Oydiniso Alieva, nafaqat Tojiboevaning tipiga mos keladi, balki o'zgacha fikrlaydigan insonlarga qarshi kurashda DXX tomonidan qo'llanilayotgan ko'plab boshqa odamlar tipi bilan aynidir.

Masalan, “MVX” ning Muhammad Solihga qarshi hujumlari shuningdek Centre1 veb saytining muharriri Galima Buxarboevaga ham bir dunyo xursandchilik olib keldi. Mo'tabar Tojiboevaning norasmiy yo'l ko'rsatuvchisi, “maxsus vazifali xotin”ning hatti-harakatlaridan kayf oladi. Ammo “MVX” Tojiboevadan farqli o'laroq Buxarboeva ahmoqona qadamlar qo'ymaydi va o'zini o'zi fosh qilmaydi.

Ammo, G. Buxarboeva qanchalik ehtiyotkor bo'lmasin, uning ham muhbirlikka o'tmishi shubhali bo'lgan kimsalarni yonlaganiga dalillar mavjud. Masalan, Galima Buxarboeva uchun qalam tebratadigan huquq himoyachisi toshkentlik Viktor Krimzalov O'zbekiston KGB/MXXning iste'fodagi ofitserining o'g'lidir.

Bir necha yil avval O'zbekiston Mustaqilligi kuniga Viktor Krimzalov shaxsan Rustam Inoyatov (hozirda MXXning sobiq raisi) dan tashakkur xati (“O'zbekiston respublikasining mustaqilligi va xavfsizligi yo'lidagi xizmatlari uchun”) olgan edi. Krimzalov o'zining ishonchli odamlari oldida ushbu xat va o'zining chekist onasi bilan maqtanishni yaxshi ko'radi.

Umuman olganda, adekvat va adolatli insonlar “MVX”-Tojiboevaning o'zbek muxolifati lideriga qarshi hujumini nafrat bilan qabul qildi. Faqat yuqorida eslab o'tilgan bir necha shaxs o'zbek huquq himoyachilari harakatining “maxsus vazifali xotin”ini himoya qilishdi.

O'z xalqining erkinligi uchun kurashuvchi barcha kurashchilar kabi, Muhammad Solih ham nafaqat zulmga qarshi, balki zulm xizmatida bo'lgan “beshinchi kolonna”ga qarshi ham kurashishga majbur.

Har doimgidek, bunday kurashchilarga qarshi faqat zulmkorlar emas, balki zulmga qarshi kurashchilar niqobi ostidagi ularning qullari ham bir bo'lib tashlanadi.

Iskandar Javadov
Toshkent

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Muxojir ;

    Mutabar iplos sani tiling boshka, diling boshka ikki yuzli ablax Xotin ekansan, aaa. Sanga raxmim kelardiyayaya. Tfu basharenga!

    09/07/2019 16:15
  • ozod ;

    dxxni ayrim xodimlari shunaka sarosimaga tushib kolishgan xatto fakat davlat xavfsizligi uchungina foydalaniladigan malumotlarniyam ochiklashyapdi,dxx opazitsiyani eshitishligi tabiiy xol ,yurt tinchligi uchun kilinadi bu narsalar,tepada Muxammad Solix tugrisida gap suz bulyapdi menimcha,dxx bunday ishlar kilishi Muxammad Solixga foyda beradi xalos,chunki Muxammad Solixni xozirgi yosh avlodga tanitadi va xak yulda ekanini isbotlaydi,keyin ayrimlarni kimlarga xizmat kilayotganiyam kurinib kolyapdi

    09/07/2019 14:18
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube