O’zbekiston Xalq Harakati

Audio yozuvlarni DXX sizdirgan – Muhammad Solih

Audio yozuvlarni DXX sizdirgan – Muhammad Solih
09 Temmuz 2019 - 20:34 'da yuklandi va 2304 marta o'qildi.

Muhojirotdagi shoir va muxolifat etakchisi Muhammad Solih internetga sizdirilgan telefon so'zlashuvlari ortida O'zbekiston Davlat Xavfsizlik Xizmati turganini iddao qildi.

Bi-bi-si bilan suhbatda O'zbekistonda faoliyati taqiqlangan “Erk” partiyasi rahbari Islom Karimovning o'limi ortidan vatanida “davlat to'ntarishi rejalagani” haqidagi da'volarni qat'iyan rad etdi.

Avvalroq Frantsiyadagi “O'tyuraklar klubi” inson huquqlari tashkiloti o'z saytida Muhammad Solih va “sherigi”ning ovozi ekani aytilgan audio yozuvlarni e'lon qilgan edi.

Tashkilot 2016 yil sentyabrida yozib olingani aytilgan telefon so'zlashuvlari o'zining elektron pochta qutisiga kelib tushganini aytgan.

70 yoshni qarshilayotgan Muhammad Solih 1991 yil dekabridagi ilk prezident saylovlarida marhum Islom Karimovning raqibi bo'lgan.

Karimov hukumati uni 1999 yil fevralidagi Toshkent portlashlarida ayblab, sirtdan 15,5 yilga ozodlikdan mahrum etgan.

Xalqaro inson haqlari tashkilotlari muxolifat rahbariga qarshi ayblarning siyosiy ekanini aytishadi.

Karimovning o'limi ortidan Muhammad Solihning Toshkent portlashlarida ayblangan ukasi Muhammad Bekjon ozodlikka chiqarilgan va O'zbekistondagi oila-a'zolarining xorijga chiqishiga qo'yilgan taqiq olib tashlangan.

Ammo Muhammad Solihning o'zini vatanga qaytarish so'ralgan petitsiya javobsiz qoldirilgan.

Muhammad Solih Shavkat Mirziyoev hukumati ijtimoiy-iqtisodiy sohada boshlagan islohotlarni ehtiyotkorlik bilan olqishlagan va mamlakatda keng ko'lamli siyosiy islohotlar o'tkazishga chaqirgan.

Bi-bi-si internetga sizdirilgan audio hamda Muhammad Solihning bayonoti yuzasidan O'zbekiston rasmiylariga murojaat qildi, ammo munosabat ololmadi.

O'zbekiston Bosh prokuraturasi vakili bu bosh prokuratura vakolatlari doirasiga kirmasligini aytish bilan kifoyalandi.

Bi-bi-si audio yozuv va Muhammad Solih bilan suhbatda ko'tarilgan mavzular yuzasidan barcha tomonlar, jumladan, O'zbekiston rasmiylarining mavqeyiga ochiqligini yana bir bor ta'kidlaydi.

“Sirli suhbat”

BBC Uzbek bilan suhbatda Muhammad Solih 6 iyul' kuni e'lon qilingan telefon so'zlashuvlarining haqqoniyligini tasdiqladi.

Uning aytishicha, audio yozuvlardagi suhbatdoshning ovozi moskvalik jurnalist Olim Mirzaevga tegishli.

“Olim Mirzaev men O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasining kotibi bo'lib ishlagan paytim mening yordamchilarimdan biri bo'lgan”, – deb aytdi Solih Bi-bi-si bilan suhbatda.

Ayni paytda u audio yozuvlarga sharhda iddao qilingani kabi, Islom Karimov o'limi ortidan O'zbekistonda “davlat to'ntarishi uyushtirishni rejalagani” haqidagi iddaolarni qat'iyan rad etdi.

“O'zbekistonda davlat to'ntarishi rejasi menda hech qachon bo'lmagan. Shunday bir fikrni 1992 yilda, ya'ni “Karimov saylov bilan ketmaydi, Karimovni kuch bilan hokimiyatdan ketkazish kerak” degan fikrni va buning uchun shart-sharoit yaratilganini davlat arboblaridan biri, O'zbekistonda mashhur kishilardan biri menga yaytgan edi. Va xatto buni amalga oshirish kerak degan taklif bilan menga chiqgan edi. Men bu taklifni o'shanda rad qilganman. Chunki, bu aktsiya qon to'kilishiga sabab bo'lar edi va juda ko'p noto'g'ri ishlar qilingan bo'lar edi, agar men bu taklifni qabul qilganimda. Shuning uchun ham men bu taklifni rad etdim va hech qachon bundan pushaymon bo'lganim yo'q”, – dedi Turkiyaning Istanbul shahridan Bi-bi-siga gapirgan muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi rahbari.

Muhammad Solihning ta'kidlashicha, audio yozuvlarda muxolifat va tarafdorlarining O'zbekistonga qaytishi masalasi muhokama qilingan.

Ammo muxolifat rahbari telefon so'zlashuvlarida biron-bir shaklda zo'ravon usullarga ishora qilinganini qat'iyan rad etadi.

Uning urg'ulashicha, siyosiy muxolifatning qaytishi tinch namoyishlar orqali amalga oshirilishi rejalangan edi.

Ammo bu rejalar amalga oshmagan.

‘Erdo'g'ondan dastak’

Turkiyada muhojirotda yashayotgan Muhammad Solih Bi-bi-si bilan suhbatda Karimovning o'limi ortidan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'ondan vatanga qaytishda yordam berishini so'rab, dastak istaganini tan oldi.

Ammo uning so'zlariga ko'ra, bu kabi iltimos bilan Erdo'g'onga 2016 yil sentyabrida emas, balki keyinroq murojaat qilgan.

“Erk” rahbarining aytishicha, Erdo'g'on “O'zbekistonga safarlaridan birida Prezident Shavkat Mirziyoevga uning iltimosini shaxsan etkazgan”.

Ammo Mirziyoevdan hech qanday javob bo'lmagan.

Turkiya va O'zbekistondagi rasmiy manbalardan bu boradagi siyosiy so'zlashuvlarni tasdiqlovchi biron ma'lumot hozircha Bi-bi-si ixtiyorida mavjud emas.

Kutilmagan o'zgarishlar

Solihning e'tirof etishicha, Mirziyoev hokimiyatga kelishi ortidan yangi hukumat qo'ygan ayrim qadamlar u va tarafdorlari uchun kutilmagan bo'lgan va muhojirotdagi muxolifat saflarida yirik siyosiy aktsiyalarsiz ham vatanga qaytish umidini paydo qilgan.

“Erk” rahbari Mirziyoev islohotlarini qo'llab-quvvatlagan, ayni paytda eski tuzumdan qolgan unsurlar, xususan, maxsus xizmatlarning siyosiy muxoliflarga qarshi kurash usullarini tanqid qilishda davom etgan.

Bi-bi-si bilan suhbatda Muhammad Solih telefon so'zlashuvlari o'zbek maxsus xizmatlari tomonidan maxfiy tarzda yozib olinganiga shubha qilmasligini aytdi.

“Erk” demokratik partiyasi raisining ishonishicha, bu so'zlashuvlar uni vatanga qaytarmaslik maqsadida “DXX tomonidan qasddan sizdirilgan”.

Shavkat Mirziyoev hukumati hozirga qadar xorijdagi siyosiy muxolifat vakillari bilan muloqotga tayyorligi borasida biron ishora bermagan.

Vatandoshlar bilan boshlangan muloqotlar hozircha o'zbek muhojirlarining siyosiy faol qatlamini chetlab o'tmoqda.

O'tgan oy Bi-bi-siga gapirgan O'zbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletov muxolifatdagi “Erk” va “Birlik” tashkilotlarini qayta ro'yxatdan o'tkazish ehtimoli yo'qligini aytgan.

Uning so'zlariga ko'ra, qonunda “qayta ro'yxatdan o'tkazish” degan band yo'q.

“Fuqarolar tashabbus guruhlari yangi siyosiy partiyalarni ro'yxatdan o'tkazishni so'rab, Adliya vazirligiga murojaat qilishlari mumkin, ammo hozirgacha bunday murojaat bo'lmadi”, degan Ruslanbek Davletov BBCUzbek bilan suhbatda.

Manba: BBC Uzbek 

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 5 Yorum )

  • Samandar ;

    feysbukda trollar kompaniyasi xujum kibdi Muxammad Solixga,bu nimadan darak beradi Mutabar opaga uxshaganlarni nakadar pastkashligini uz kuzingiz bilan kurib turibsiz

    10/07/2019 08:02
  • Mirmuxsin ;

    Muxammad Solix partiya rayisi minting kilishi mumkin,Erdogan bilan yoki Putin bilan gaplashishi mumkin,muxolifat shunaka buladi xamma davlatda shunaka,Mutabar xuddiki bir yangilik topgandek Solixga tuxmat kilmokchi,ajabmas erta indin Solix bir joyni porlatmokchi edi deb chikib kolsa 😂 mutti sharmanda buldi😂

    09/07/2019 22:47
  • salim ;

    mutabarxonni esnbishnik desammikan yoki kgbishnik

    09/07/2019 22:38
  • Alijon ;

    demokratik davlatlarni xammasida mitinglar kilinadi Muxammad Solixni aytayotgan gaplari normal xolat,prosto Uzbekistonda kim davlat tepasiga kelsa mamlakatni xususiy mulkidek karaydi,Evropa yoki Amerikada partiyalar bir birini kamchiligini bemalol aytaoladi shuning uchun xam ularda ochik siyosiy kurash olib boriladi,Uzbekiston xam ochik siyosat olib borsa yaxshi bulardi,partiyalar urtasida konkurentsiya bulmasa rivojlanish bulmaydi chunki xech kaysi siyosiy kuch narigisidan kolishgisi kelmaydi,bir biriga turtki buladi,Karimov nima kilgan bulsa kildi endi Mirziyoev eski xukumatni xatolarini takrorlamasligi kerak,muxolifat kaytsa katta demokratik akaxon davlatlarni eshonchiyam oshadi
    Uzbekistongayam,Mirziyoev xukumatigayam.dxxni yozib olgan ovozli yozuvi bu kerak narsa bizni tinchligimiz Mirziyoevdan xam Muxammad Solixdan xam muximrok,chunki Karimov kancha diktator bulsayam ketdiku nariyokka lekin xalk tirik,raxbarlar almashaveradi xalk xalkligicha koladi

    09/07/2019 22:05
  • Mirmuxsin ;

    suxbatni kayta kayta tingladim ammo xech kanaka
    olamshumul vokea topmadim,mutabarxon buyrukni bajaryapdi dxx nima kil desa kilyapdi,muxolifat
    kaytishi kerak,xamma karsak chalib utiraversa
    rivojlanish bulmaydi

    09/07/2019 21:35
xxx video gratis porno italiano