O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

O'zlaringiz qurgan tuzoqqa o'zlaringiz tushdingizlar

O'zlaringiz qurgan tuzoqqa o'zlaringiz tushdingizlar
09 Temmuz 2019 - 22:38 'da yuklandi va 1075 marta o'qildi.

O'quvchiligimizda bir keksa tarix o'qituvchimiz bo'lardi. Hamisha: “Do'stu nodondin dushmanu oltin ziyrak yaxshi” deb qo'yardilar…

Mu'tabar Tajiboeva, seni “o'qimagansan, qariching ham shunga yarasha kalta” desam, mendan xafa bo'lasan.

Sen nima qilib qo'yganingni bilasanmi, tahlil qila olasanmi? Miyangga mita tushmaganmi mabodo?

Sen Muhammad Solihning qo'liga inkor qilib bo'lmaydigan dalil taqdim etib qo'yding-ku!
Endi sen xojalaringning kaltafahimligini – bu xatosini to'g'rilab bo'ladimi?

Muhammad Solih bilan Rossiyadagi bir qochqinning o'rtasida bundan uch yil avvalgi, Karimov vafoti kunlari bo'lib o'tgan telefon so'zlashuvlarini, maxfiy yozib olingan muloqotni elga oshkor etib, o'zingcha, Amerika ochdingmi?
Hojang kim sening, “kurator”ing kim!

Sen Muhamad Solihning qo'liga “O'zbek muxolifat etakchisi O'zbekiston hukumatining maxfiy xizmatlari tomonidan hamisha ta'qibu tazyiqda, kuzatuvda umrguzorlik qilgani va qilayotganligini inkor qilib bo'lmaydigan daliliy ashyo” berib, o'zingni va “kurator”ingni olamga oshkor qilib qo'yding-ku!
Tayoqning hamisha ikki tomoni bo'lishini bilmasmiding? Uning bir uchi mo'ljalingdagi odamning boshini yorsa, ikkinchi uchi o'z boshingni qon qilishi haqida eshitmaganmisan?

Mayli, sen o'qimagan, uqmagan bir omi xotinsan, biroq hojalaringni nima jin chalgan?!
Suhbatni eshitdik.
Nima bo'pti? Gul umri yot yurtlarda surgunda o'tgan odam umrining kushandasi olamdan o'tsa, suyunishi tabiiy emasmi?
Yurtga qaytishni orzulasa, aybmi?

Mana, senam yurtga qaytish ilinjida olapar kabi ilingan odamning oyog'idan olib yuribsan-ku!
Muxolifat shunday o'ylaydi, shunday so'ylaydi!
Suhbatdagi Mirziyoev sha'niga nisbatan bundan uch yil oldingi aytilgan so'zlarni KATTAning qulog'iga etkazsam, yurt darvozalari menga lang ochiladi deb o'yladingmi, nodon!
Endi, gapni mendan eshit: Mirziyoevning prezident bo'lganida ensalari qotib ketgan odamlarning biri men bo'laman!

Qaerda-ki yig'ilish bo'lsa, “Osmondan tushgan odam emas, sal kam 14 yil mamlakatda ikkinchi odam bo'lgan. Barcha illatlarni besh qo'lday bilardi. Xalq hayotida “inqilob” qilsa, shu 14 yil davomida loaqal bir sohada bo'lsayam qilardi. Viloyat va tumanlarga nuqul qamalib chiqqanlarni hokim qilib taynilab qo'ygan. Bir og'iz so'z bilan aytganda, “mamlakatni bir hovuch jinoyatchilar boshqarmoqda” deya mamlakat ichkarisida turib, baralla aytgan, ayta olganlarning bittasi o'zim bo'laman.
Nima qipti?

Bu gaplarni gapirayotganimda senga Muhammad Solihning telefon so'zlashuvlarini xufyona yozib uzatgan “kurator”laring mening ovozimni yozib olishmadi, tepadagilarga etkazishmadi deb o'ylaysanmi? Mening bu gaplarimdan keyin ayrim “huquqbonlar” meni aylanib o'tishardi!

Biroq nimadir sabab bo'ladi-yu, inson o'z fikrida tub burilish yasaydi.Mirziyoevni keskin tanqid qilib yurgan fuqaro prezidentning keyingi chiqishlarini kuzatdim, nutqlarini qayta-qayta eshitdim. Bu hukumat arbobi bilan bitta o'xshashlik jihatimiz borligini sezdim: shevasi sirayam o'zgarmabdi! Umri Boshknetda o'tgan bo'lsayam, Bosh vazirlik qilsayam… Tili “vuza, votti, “oka” deb biram buralib ketmabdi. O'z dialektini yo'qotmabdi.

Qarasam, Mirziyoev mamlaktada o'zgarishlar qilaman deb chindanam kuyib-pishayapti: hali bu poraxo'rni ishdan oladi, hali bu arbobning ta'zirini beradi, hali bunisini tanobini tortib qo'yadi. Jon kuydiradi, fuqarolik jamiyatiga erkinlik berishga urinadi.
Keyin men o'zimga o'zim dedim: Xay, kel, qo'y, shu odamga Yaratganning nazari tushibdi. Nimadir qilmoqchi, nimalarnidir o'zgartirmoqchi. Imkon qadar qavatiga kirib, qo'limizdan kelgancha ko'maklashaylik qani”, dedim o'zimga o'zim.

Ha, nima, jinoyat qilibmanmi?

Men haddimni bilmayman. Gohida haddimdan oshib ketgudek bo'lsam, Muhammad Solih menga “Har qanday odam ham imkoniyat berishga munosib” deb qo'yardilar. Ajab emas, 3 yil oldingi o'sha suhbatdan keyin muxolifat etakchisining ham Mirziyoevga nisbatan fikri ijobiy tomonga o'zgargan bo'lsa.

Inson dunyoqarashi tosh emas-ku bir joyda qotib qolgan!

Ey, miyasiga mita tushgan Mu'tabar! Bu siyosat! Siyosat shunday narsaki, xalq manfaati uchun kerak bo'lsa, ashaddiy dushmaningga ham nim tabassum qilasan, qo'llarini qisib, quchoq ochasan! Elning ertasi uchun shunday qilishga majbursan!

SenLARning bu “daliliy ashyo”ni e'lon qilishdan maqsadlaring nima edi o'zi?
Muxolifat va hukumat o'rtasiga o'tib bo'lmas jarlik to'shashmi? Yoki Mirziyoevni ham Karimov kabi qo'rquv iskanjasida tutib turishmi?
Nima?
Senlar o'zlaringiz qurgan tuzoqqa o'zlaringiz tushganingizni ham sezmaydigan darajada johilmisizlar?

Malohat Eshonqulova

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 6 Yorum )

  • Muxojir ;

    mutabar sassik derevnyaligi gaplaridan, ovozini beukshovligidan sezilib turardi… Mirziyaevga kelsak men xalkim Ustiga bir balo kelyapti deb rosa yiglagandim. Chunki tanimasdimde. Xozir fikrim uzgargan. Sog bulsinlar iloxim. M Solixni sherlariga gap yuk. Ular albatta kaytishlarining tarafdoriman.

    10/07/2019 14:46
  • Toshkent siti ;

    biz Muhammad Solihni vatanga kaytishini hohlaymiz,hurmatli Shavkat Miramonovich Muhammad Solihni vatanga kaytaring,hamma sizni diktaturani kulatgan odam deb biladi, agar Muhammad Solihniyam kaytarsangiz nur ustiga alo nur bulardi

    10/07/2019 09:34
  • Toshkent siti ;

    Mutabar Tojibaeva sindi,singandayam parcha parcha bup ketdi

    10/07/2019 09:26
  • Samandar ;

    feysbukda trollar kompaniyasi Muxammad Solixga xujum kilibdi,Mutabar opa va uning shaykasi kanchalar pastkash ekanligi kurinib turibdi,Mirziyoev prezident bulishiga xakikatdan
    xam kupchilik karshi edi,men uzim xam karshi edim
    ammo kegin fikrim uzgardi,nima bir odamni prezident bulishiga karshi bulsangiz jinoyatchi
    bulasizmi,unda saylovlarni nima keragi bor

    10/07/2019 08:11
  • xakikat ;

    axmok Mutabar uzini kimligini oshkor kilganiga
    uzini farosati etyapdimikan

    10/07/2019 00:07
  • Ibroxim ;

    Maloxat opa kimlarga gap tushintirmokchisiz,savodsiz kumriku mutabar degani,siyosat tugrisida,siyosatchi tugrisida tushintirmokchi bulibsiz bularga,bular unaka gaplarni tushinmaydi,usha dxx akalariyam xaligacha
    dedi dedi bilan kun kurishyapdi savod bilim nol' bularda,Muxammad Solixni xaligacha takib kilishayotganini isbotlab pechat xam bosvorishdi bu axmoklar

    09/07/2019 23:58
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube