O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Frantsiya O'zbekistonga Gulnora Karimovaning pullarini qaytaradigan bo'ldi

Frantsiya O'zbekistonga Gulnora Karimovaning pullarini qaytaradigan bo'ldi
10 Temmuz 2019 - 11:04 'da yuklandi va 352 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, Frantsiya Parijda Gulnora Karimovaga tegishli bo'lgan mulklarni sotishdan tushgan pullarni O'zbekiston hukumatiga topshiradi. Bu haqda Frantsiya yangiliklar radiosi – RFI prokuror Nikolya Bayetoga tayangan holda 9 iyul' kuni xabar berdi.

Qanday mulklar sotiladi?

Prokurorning bildirishicha, gap Gulnora Karimovaning Parijdagi kvartirasi, Sen-Trope shahri yaqinidagi Gassene aholi punktidagi villasi va de Grussedagi qasri haqida bormoqda.

Bu mulklar SCI mulkni boshqarish shirkati nomiga rasmiylashtirilgan. Frantsuz tergovchilari bu ob'ektlar xorij telekommunikatsiya shirkatlari O'zbekiston bozoriga kirish uchun Gulnora Karimovaga bergan poralar hisobiga sotib olinganini aniqlagan.

SCI shirkati 26 iyun' kuni tergov bilan hamkorlik qilishga rozilik bildirgan va “avvaldan aybdor ekanligini tan olgan holda” prokuraturaga kelgan. SCI shirkati 9 iyulgacha tergov ustidan apellyatsiya kiritish huquqiga ega bo'lgan, biroq bu huquqdan foydalanmagan. Shundan kelib chiqqan holda, Gulnora Karimovaga tegishli bu uch ob'ekt musodara qilingan hisoblanadi.

O'zbekiston bilan muzokaralar

Prokuror Nikolya Bayetoga ko'ra, Karimovaning Parijdagi mulki bo'yicha yakuniy qarorni Toshkent joriy yilda qabul qildi. Buning uchun O'zbekiston hukumati bilan 18 oy mobaynida muzokaralar olib borildi.

Bayeto sud tergovchisi Serj Turner bilan Toshkentga kelib, pullarni qaytarish yo'nalishida qanday yuridik yo'lni tanlash masalasini muhokama qilganlaridan so'ng, o'zbek hukumati yakuniy qarorni qabul qilgan.

“O'zbekistonda qabul qilingan sud hukmlarini Frantsiyada tan olinishi yo'lini ham tanlash mumkin edi. Biroq bu yo'l juda murakkab. O'zbekiston hukumati Frantsiyada o'zini jabrlangan shaxs sifatida taqdim etishiga rozilik berishi va fuqaroviy davogar bo'lishi engilroq yo'l edi. O'zbekiston hukumati ikkinchi yo'lni tanladi”, dedi O'zbekiston hukumati manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Stefan Sekkal'di.

O'zbekistonga qancha pul qaytariladi?

Hozircha bu savolga aniq javob yo'q. Sekkal'dining Frantsiya yangiliklar radiosiga aytishicha: “Frantsiyada musodara qilingan mulklar boshqa bir davlatga tovon sifatida berilmaydi. Shuning uchun O'zbekistonga mulklarni sotishdan tushgan pullargina qaytariladi. Gulnora Karimovaning mulklarini kim oshdi savdosida sotish Frantsiya Musodara qilingan mulklarni qaytarish agentligi nazorati ostida o'tkaziladi”.

Gulnora Karimovaning Parijdagi kvartirasi 2019 yilning bahorida 14 million evroga sotilgan. Bu sotib olingan bahodan ikki barobarga arzondir. Sotilgan mulklardan tushgan pulning 2 million evrosi tergov harajatlarini qoplash uchun tovon puli sifatida ushlab qolinadi.

Frantsiya matbuotining yozishicha, Gulnora Karimova Parijdagi kvartirani 31 million evroga, villani 2 million 400 ming evroga, qasrni 28 million evroga sotib olingan.

Gulnora Karimovaga qarshi jinoyat ishlarining tarixi

Frantsiyada Gulnora Karimovaga qarshi tergov 2014 yilda Shveytsariya prokuraturasi Parijga “jinoiy guruh tarkibida pul yuvish” bo'yicha jinoyat ishi doirasida so'rov yuborgani ortidan boshlangan.

2014 yilning 5 sentyabrida sud tergovchisi Turner Karimovaning Frantsiyadagi uchta mulkini hibsga olish haqida qaror chiqargan edi.

2015 yilning avgustida AQSh qator mamlakatlardan Gulnora Karimovaning 1 milliard dollarlik aktivlarini muzlatib qo'yishni iltimos qildi.

2016 yilning yanvarida O'zbekiston N'yu-York sudiga Karimova ishi doirasida muzlatilgan pullarni Toshkentga qaytariliish yuzasidan so'rov kiritdi.

24 iyun' kuni Shveytsariya federal prokuraturasi Karimovaning 2012 yili muzlatilgan 850 million dollar pulining 133 millionini O'zbekistonga qaytarish haqida dastlabki kelishuvga erishilganini bildirgan edi.

Ammo 1 iyul' kuni Gulnora Karimovaning Shveytsariyadagi advokati Greguar Manja Shveytsariya federal jinoyat sudi 555 million dollarning qaytarilishni “zudlik bilan to'xtat”gani to'g'risida ma'lum qildi.

Karimova advokati 4 iyul' kuni mijoziga nisbatan “zo'ravonlik bilan hibsda saqlanishi to'xtatilmas ekan”¸ muzlatilgan pullarni qaytarish borasida O'zbekiston hukumati bilan hech qanday hamkorlik bo'lmasligi haqida baënot berdi.

Gulnora Karimova Toshkent viloyatidagi Zangiota ayollar qamoqxonasida jazo muddatini o'tamoqda.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube