O’zbekiston Xalq Harakati

Maydon yo'liqsa

Maydon yo'liqsa
10 Temmuz 2019 - 11:23 'da yuklandi va 1337 marta o'qildi.

 

 

MAYDON YO'LIQSA

Bedov o'lsa, maydon qolar armonli,
Haq ishina ot, sol, maydon yo'liqsa,
Erlar, o'lar, hangom qolar armonli,
Vaqtingni xush, kechir, maydon yo'liqsa.

Yigit bordir, so'zin topmas, sirridir,
Yigit bordir, damidan tosh eriydir,
Yov yo'liqsa, tog'u dara sheridir,
Ko'rk oladir anga chaman yo'liqsa.

Yo'qsil, mehmon kelsa, boqar har yona,
Tilin, tishlab, “voh” der so'ng ayolina,
Zahar bo'lib kirar turmush tanina,
Yigit qarir, xotin yomon yo'liqsa.

Yuzta nomard o'tmas bir mard o'rnina,
Mard xayr keltirar elu yurtina,
Inonmang, hech zamon asli nomardga,
Urush deb qochadi, tuman yo'liqsa.

Maxdumquli, o'git bergin so'z bilan,
Eshitgan teng bo'lmas, ko'rgan ko'z bilan,
Mard chiqar mehmonga kular yuz bilan,
Nomard o'zin, gizlar, mehmon yo'liqsa.

MAXDUMQULI
* * *
Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano