O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Oliy sud Karimov qamog'ida eng uzoq o'tirgan siësiy mahbus Samandar Qo'qonovni oqlamadi

Oliy sud Karimov qamog'ida eng uzoq o'tirgan siësiy mahbus Samandar Qo'qonovni oqlamadi
10 Temmuz 2019 - 14:01 'da yuklandi va 1510 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, 10 iyul' kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati 24 yil qamoqda saqlangan sobiq siyosiy mahkum, O'zbekiston Oliy Kengashi sobiq deputati Samandar Qo'qonovning reabilitatsiya qilishni so'rab yozgan arizasini qanoatlantirmagan.

Oliy sudning besh kishilik kassatsiya sudlov hay'ati Samandar Qo'qonovning jinoyat ishini qayta ko'rib chiqib¸ dastlabki instantsiya sudi hukmini o'zgarishsiz qoldirish haqida ajrim chiqardi.

Bu haqda Ozodlikka 75 yashar Qo'qonovning o'zi ma'lum qildi.

10 iyul' kuni Ozodlik bilan suhbatda Samandar Qo'qonov¸ ozodlikka chiqqanidan uch yilcha o'tib¸ Oliy sud hay'ati chiqargan ajrim¸ O'zbekistonda sud tizimi mustaqilligi haqidagi umidlarni puchga chiqarganini aytarkan, bunday dedi:

– Karimov davridagi tuzum o'zgarishsiz qolipti. Meni oqlash o'rniga bular (eski hukmni kuchda qoldirib)¸ norozi bo'lsang nazorat tartibida ëz¸ deyapti. Hozirgacha nazorat tartibida¸ kassatsiya tartibida olti marta ëzganman¸ bu ettinchisi edi o'zi. Men hech qachon jinoyatchi bo'lmaganman¸ menga ochilgan jinoyat ishi Karimov davridagi to'qimalardan tuzilgan. Shu gaplarni Oliy sud hay'atiga aytdim. Hammasi eshitdi¸ lekin hukmni kuchda qoldirib¸ ëqmasa nazorat tartibida ëz¸ dedi. Bularning nima o'yin o'ynaëtganini tushunmayapman.

10 iyul' kungi ajrimda¸ “Qo'qonovga ochilgan jinoyat ishidagi epizodlarning barchasi o'z isbotini topgani, daliliy ashyolar va guvohlar bilan etarlicha asoslangani uchun qondirilmadi”¸ deyilgan.

Mahkamada qatnashgan Ezgulik inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovga ko'ra¸ sud majlisidan so'ng unga raislik qilgan hakam, “jinoyat ishidagi 20 tomlik materiallarning barchasi to'la qonuniy me'yorlar asosida o'rganib chiqilgani va ularning birortasini rad qilib bo'lmasligi”ni aytgan.

Samandar Qo'qonovning himoyachisi Nuriddin Sandiboev Oliy sud hay'ati oldida qilgan chiqishida:

Oliy sud Samandar Qo'qonovni uning o'zi uchun emas, balki mamlakatda borayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda umid uyg'otish, Mirziyoev siyosatiga ishontirish uchun ham oqlashi kerak”, degan.

– Qo'qonovni ushlashda¸ qamoqqa olishda va tergov jaraënida buzilgan huquqlarining o'zi¸ uning oilasiga o'tkazilgan tazyiqlar o'sha paytda hukmdor bo'lgan Islom Karimovning topshirig'i bilan bajarilganini hamma biladi. Lekin¸ nazarimda¸ sud tizimida o'sha Islom Karimov davrida ishlagan odamlar hozirgacha faoliyat ko'rsatayapti¸ haligacha o'sha rasm-rusumlar¸ o'sha yuqoriga qarab harakat qilishlar¸ sud tizimi mustaqil ekanini his qilmaslik davom etayapti. Uning misoli bugungi hukmdir¸ deydi Qo'qonov mahkamasida jamoat himoyasichi sifatida qatnashgan shoir Hamroqul Asqar.

Ozodlik bilan suhbatda Samandar Qo'qonov¸ haqiqat qaror topishi uchun kurashni davom ettirishi¸ qonunchilikda ko'zda tutilgan tartibda¸ yana reabilitatsiya urinishini davom ettirishini aytadi.

– Men oqlanishga umid qilgandim. Aksincha, menga 1994 yilning 23 avgustidagi hukmni qayta o'qib eshittirishdi. O'zimni mutlaqo aybsiz hisoblayman va kurashni davom ettiraman. Haëtda men na davlatga¸ na biror shaxsga ziën etkizmaganman¸ dedi Samandar Qo'qonov.

Samandar Qo'qonov kim?

O'zbekiston Oliy kengashi deputati¸ Chinoz neftni qayta ishlash korxonasi sobiq boshlig'i Samandar Qo'qonov 1993 yilning 2 iyul' kuni davlatga qarashli katta miqdordagi mol-mulkni talon-tarojlik qilganlik aybi bilan hibsga olingan.

MXX erto'lasida bir yarim yil saqlanganidan so'ng¸ 20 yillik qamoqqa hukm etilgan va bu bir yarim yil qamoq muddatidan chegirilmagan.

Asli Jizzax viloyatining Forish tumanidan bo'lgan Samandar Qo'qonov 1989 yili Shavkat Mirziëev bilan bir chaqiriqda O'zbekiston Oliy Kengashi deputatligiga saylangan.

​Uni yaqindan tanigan maslakdoshlari 80-yillar oxirida siësiy maydonda faol ko'zga tashlangan tadbirkor va deputatning shaxsan Islom Karimov topshirig'i bilan qamoqqa olingani va shaxsan Karimov topshirig'i bilan qamoqda shuncha vaqt saqlanganini ta'kidlaydilar.

Qo'qonovning Karimov g'azabiga uchraganini izohlagan o'zbekistonlik tahlilchilar¸ buni Qo'qonovning 80-yillar oxirida demokratik muxolifatga qo'shilgani¸ xususan¸ Erk demokratik partiyasiga moliyaviy ërdam bergani bilan bog'laydilar.

Karimov davrida eng uzoq – qariyb 24 yil qamoqda o'tirgan Samandar Qo'qonov 2016 yil 24 noyabr' kuni – vaqtincha prezident Shavkat Mirziëev prezidentlikka saylanishidan 10 kun avval¸ kutilmaganda ozodlikka chiqarilgan edi.

Sud tomonidan berilgan so'nggi qamoq jazosi oktyabr' oyida tugaganiga qaramay¸ tutqunlikda saqlab turilgan Qo'qonovning ozod etilishi¸ prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziëevga ham mamlakat ichkarisi¸ ham tashqarisida olqishlar bildirilishiga sabab bo'lgan edi.

EI va AQSh rasmiylari¸ xalqaro huquq tashkilotlari Karimovning siësiy muxolifatga qarshi shavqatsiz siësati qurboni deb ko'rilgan Qo'qonovning ozod etilishini¸ O'zbekistonda yangi siësiy davr boshlanganidan mujda sifatida qabul qilgan edi.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 3 Yorum )

  • xakikat ;

    Uzbekistonda xakikat yuk,bulmasayam kerak,koroche Uzbekistondan surish kerak

    10/07/2019 17:26
  • Muxojir ;

    Eeeeex attang… Muximi sog bulishsin.

    10/07/2019 14:48
  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Samandar akadan “Amerika ovozi” muxbiri Navbahor Imomova interv'yu olaturib: “Karimov bilan Solihning farqini nimada ko'rasiz?” deb so'radi.
    Shunda Samandar aka: “Solih Karimovga o'xshab o'yinchi (yolg'onchi va tuturiqsiz) emas”, deb javob bergandi.
    Samandar akaning shu bahosini Solih aka o'zining kecha BBSga bergan interv'yusida ham namayon qilgan.

    10/07/2019 14:19
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube