O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Turkiston jadidlari: Germaniyadan qaytgach otilgan yosh shifokor Xayrinisa Majidova

Turkiston jadidlari: Germaniyadan qaytgach otilgan yosh shifokor Xayrinisa Majidova
11 Temmuz 2019 - 11:14 'da yuklandi va 166 marta o'qildi.

TURKISTON JADIDLARI: GERMANIYaDAN QAYTGACh OTILGAN YoSh ShIFOKOR XAYRINISA MAJIDOVA

Tebralmaskan, nega bular tirildi?
Ucholmaskan, nechun qanot berildi?
Fitrat

1922 yilning kuzida Germaniyaga tahsil olish uchun Turkiston Respublikasi “Ko'mak” jamiyati tomonidan yo'llangan 16 nafar talaba orasida Xayrinisa Majidxonova alohida ajralib turar edi.

Xayrinisa Majidxonova 1905 yil 25 dekabrda Toshkent shahrida oqsoqol Majidxon Jalilov xonadonida dunyoga kelgan.

Bu ma'rifatparvar inson Markaziy Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg kabi qator shaharlariga safar qilib, jadid g'oyalari bilan tanishgandi.

U oila a'zolarining, xususan qizlarining ham evropacha ta'lim olishiga to'sqinlik qilmadi, aksincha yordam berdi.

Xayrinisa dastlab Miroboddagi yangi maktabda tahsil olib, rus va nemis tillarini o'rgandi. Undagi dunyoqarashining shakllanishida Turkiston jadid matbuotining, shuningdek, bu vaqtda birinchi o'zbek xotin-qizlar bilim yurtida o'qiyotgan opasi Oyposhshaxonning ham ta'siri katta bo'ldi.

1922 yili “Turkiston” gazetasida chop etilgan Xayrinisa Majidxonovaning maqolasida endigina 17 yoshni qarshilagan qizning Vatan istiqboli haqidagi orzu-istaklari o'rin oldi.

Maqoladani o'qir ekansiz, eng avvalo, o'tgan asrning boshida yashagan bir o'zbek qizining tarixiy tafakkuri naqadar kengligi, Vatan taqdiri oldida o'zini qanchalik daxldor sezishi ko'pchilikni hayratga solishi tabiiy.

Oradan qariyb yuz yil o'tganiga qaramay, maqolada ilgari surilgan fikrlarning ba'zilari hamon dolzarb ekani e'tiborimizni tortadi, aksar orzularining amalga oshganidan taajjubga tushamiz.

“Turkistonning dunyo savdo maydonida tutqon vaziyati XVII asrdan beri tuban darajada qolib keldi. Bu asr umuman musulmon mamlakatlarining tanazzul davri bo'lib, tanazzulning ham ko'p sababi karvon yo'llarining ahamiyati ketib, g'arblilar tarafidan dengiz yo'llarining yuksaltirilishi edi. XIX asrda ham Turkiston G'arbiy Ovrupodan uzoq bo'lg'onlig'i uchun, taraqqiyot tomonidan boshqa musulmon mamlakatlaridan ham tuban darajada turdi. XX asrning boshida ham qo'shnimiz bo'lgan Eron xalqi siyosiy fikrlar bilan sug'orilib, o'z elida sanoat turg'izish va chetlarning ta'siridan qutulish yo'lida qon to'kkani muddatda bizning Turkiston tinch uxlamoqda edi… Faqat Russiyadan temir yo'l kelib, savdo maydoni kengaydi… Bundan ochiq anglashiladirki bizning moziyimizni porloq qilg'on – elimizdan o'tgan karvon yo'li bo'lsa, istiqbolimizni porloq qilg'uchi, elimizni jahon savdo maydonig'a tutoshdirg'uvchi ulug' temir yo'ldir. Ular bizning savdomizni kengaytur, bizga boyliq va obodliq berur va o'zimizga katta sanoat turg'azishga imkon ochar”, – deb yozgandi o'smir Xayrinisa.

Yosh Xayrinisa maqolasidan uning o'z vatani kelajagi uchun qanday kuyungani seziladi.

“Turkiston iqlimining qizg'inlig'i va erining munbit (hosildor)ligi uni doim qiymatlik hosilot beruvchi ziroat mamlakati ravishida qoldirg'usidir. Ikkinchi tomondan Turkiston tog'larining ma'danga boylig'i bunda tog' sanoatining yuksalishiga sabab bo'lg'usidir. Bu ikki asos – hayotni ta'min qilish yo'llarining yuksalishi natijasida (paxta zavodlari, ipak fabriklari, ma'dan zavodlari, shekilli) katta sanoatning boshqa xillari ham yuksalgusidirlar. Turkistonning tabiiy boyliqlarini ishlata olg'ali, katta sanoatni turg'izgali va natijada yangi temir yo'llar o'tkazgali kuchi etsun hozirgi xo'jalikdan ortib qolib to'plang'on boyliqning bo'lishi kerak. Hozirgi ziroatning mahsulotini ortdirish uchun birdan-bir chora bo'lsa ziroatda har xil yangi ishlab chiqorish usullari, yangi qurollar va mashinalarni qo'llanishidir. Hozir bu qurollarni Ovrupolilardan oltun barobariga olishga to'g'ri kelganidek, kelgusida ham har xil sanoat qurollarini Ovrupolilardan sotib olishg'a majbur bo'lamiz. Mashina qancha qimmat bo'lsa ham uni qo'llashimiz kerak. Chunki, ul bizning boylig'imizni ortdira oladir. Buni G'arb davlatlarining hayotida mashinaning tutqon o'rni isbot qiladir”, – deydi u.

Shuningdek, maqolada Turkiston jamiyatining ma'naviy qiyofasiga ham to'xtalib: “… bizning bu dardimizning ham buyuk qurollari matbuot, maktab va teatrdir. Bizda bularning har qaysisi bor. Lokin, ular o'zlarining tarixiy vazifalarini eriga etkaza oladirg'on darajada emasdirlar. Bizning yangi maktablarimizdan shul vaqtg'acha xalq hurkib keldi. Matbuotdan uzoq turdi. Teatrni anglamadi. Chunki, bularning har qaysisi o'zining asosiy vazifasining haykal mujassami bo'la olmadi. Xalqning ruhiga ehtiyot bilan yaqinlashib, unga ta'sir ijro qila olmadi. Har bir xalqning uyg'onish davrida g'oyat muhim o'rin tutadirg'on bu uch buyuk qurolni o'z vazifalarining ruhi bilan sug'orish bizning navbatdagi ishimizdir… Bizning tadrijiy taraqqiyotimiz shul yo'llar bilan borsa kerak. Aks holda, biz o'z moziyimizdan uzulib xalqning g'urbatda qolishiga sabab bo'lurmiz”, – deb xulosalaydi.

Germaniyaga yo'l

1922 yilning so'ngida Germaniyada tahsil olishga yuborilayotgan talabalar qatorida o'zbek qizlari toshkentlik Xayriniso Majidxonova, Saida Sherahmadboeva va xorazmlik Maryam Sultonmurodovalar bor edi.

Qizlar uchun oddiy maktabga qatnashning o'zi jiddiy qarshilikka uchrab turgan bir vaqtda ularning tahsil uchun uzoq xorijga yo'l olishi ziyolilar tomonidan ulkan jasorat sifatida baholandi.

Hatto, yosh shoir Botu Xayrinisoning Germaniyaga ketayotgani munosabati bilan maxsus she'r bitdi.

Qoro turmush changalidan qutilib,
Erk chechagi taqa olg'on kuchli qiz,
Eski odat sanamlarin parchalab
Erk-Tangriga sajda qilg'on ruhli qiz,
Yo'ling to'g'ri, ortga boqma, ketaver!
Ilgarilash ashulasin aytaver!…

Xayriniso Majidxonova 1923-24 yillarda Berlinda “Xorijliklar uchun nemis tilini o'rganish” maktabida o'qib, o'rta ma'lumot to'g'risida shahodatnoma oldi. 1924-26 yillarda Darmshtadtdagi (Darmstadt) o'qituvchilar seminariyasida nemis tili va adabiyoti yo'nalishida o'qidi.

1926-28-yillarda amaliyotni Berlin shahridagi o'quv muassasalarida o'tab, o'rta maxsus ma'lumot olgani to'g'risidagi diplomni qo'lga kiritdi.

U Berlinda pedagogik amaliyot bilan bir paytda mashhur doktor Fekkel'manning tibbiyot xodimlarini tayyorlovchi xususiy maktabida ham tahsil oldi.

Xayriniso Majidxonova 1928 yili O'zbekistonga qaytib, Toshkentdagi Kasaba uyushmalari Markaziy Qo'mitasi xodimlari jumhuriyat boshlang'ich va umumta'lim o'qituvchilarining dam olish uyida shifokor bo'lib ishlay boshladi.

1935 yili Toshkent tibbiyot institutini bitirgan Xayriniso o'qituvchilar dam olish uyida vrach-terapevt hamda Fayzulla Xo'jaev nomidagi O'zbek poyabzal tresti ambulatoriyasida shifokor-vrach bo'lib ishladi.

Oldiga qo'ygan buyuk maqsadlar yo'lidan borayotgan Xayriniso Majidxonova navqiron 32 yoshida totalitar tuzumning qonli qatag'oni girdobiga tortildi.

U hali oila qurib ulgurmagandi.

“Katta qirg'in”

1937 yil. Millat gullarini mahv etishga kirishgan Stalincha qatag'on qilichi qonsiragan kunlar.

O'sha yilning 13 sentyabrida “1922-28 yillarda Germaniyada o'qigan va 1928 yil SSSR hududiga josus sifatida qaytgan” degan soxta ayblov bilan Xayrinisa Majidxonova ham qamoqqa olindi.

Shu kuni berilgan order asosida u yashayotgan otasiga tegishli Katta Mirobod ko'chasi 43 uy, 1-xonadonda tintuv o'tkazildi.

Natijada uning umri davomida to'plagan kitoblari, tarjimalari, xatlari, suratlari, xatto uning qo'l soati, shaxsiy oynasi, uyning kaliti, tintuv paytida topilgan 30 so'm pul ham xatlanib dalolatnoma asosida olib ketildi.

Tergov jarayonida asosiy e'tibor 1927 yilning yozgi ta'tili vaqtida dugonasi Mariyam Sultonmurodova bilan birga Parij sayohati va u erda Mustafo Cho'qay, hamda Buxorodan Germaniyaga tahsil olish uchun yuborilgan Ahmad Naimlar bilan bo'lgan tasodifiy uchrashuvi tafsilotiga qaratildi.

Xayriniso tuhmatlardan iborat ayblovlarning barchasini rad etdi, qiynovlarga chidadi.

Biroq, bu uning O'zSSR Jinoyat Kodeksining 57-I (Vatanga hiyonat, harbiy va davlat sirlarini sotish, shpionaj), 62 (aksilsovet targ'ibot), 67 (aksilinqilobiy tashkilotga a'zolik) moddalari bilan aybdor deb topilishiga to'sqinlik qila olmadi.

1938 yilning 9 oktyabrida o'tkazilgan mash'um “Uchlik” sudi qo'yilgan ayblarning hech biri isbotlanmaganiga qaramay, unga o'lim jazosini belgiladi.

Hukm o'sha kunning o'zidayoq ijro etildi.

“Oqlandi”

Stalinizmning soxta ayblovlari fosh etilishi bilan uning opa-singillari ham Xayrinisoning ishi va uning so'nggi taqdiri bilan qiziqidilar.

Biroq, mas'ul idoraning Xayrinisa Majidxonova 1942 yil jazoni ijro etish davrida vafot etgan degan xabaridan so'ng oila a'zolari qayta bu masalani ko'tarmadilar.

Boisi, ular sovet jazo organlarining qo'lidan nima ishlar kelishini yaxshi bilar, 1937-38 yillarda 75 yoshli qariya Majid oqsoqolni qizining aksilinqilobiy faoliyatini yashirganlikda ayblab ne kuylarga solganini hali hanuz unuta olishmagan edi.

Xayrinisa Majidxonova ko'p yillardan so'ng, 1999 yil 7 oktyabr' kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan oqlandi.

Bahrom Irzaev
Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi katta ilmiy xodimi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube