O’zbekiston Xalq Harakati

Kelinchak

Kelinchak
11 Temmuz 2019 - 11:19 'da yuklandi va 106 marta o'qildi.

 

 

KELINChAK

Men beqaror eskin bir sabo,
Sen g'azalsan, she'rsan, kelinchak.
Xumor ko'zli damlarim aro
Sho'x rubobu maysan, kelinchak.

Chert, chertaver sevgi torini,
Tinglay ishqning “dilxiroj”ini.
Yulduzchalar kiygizsin bizga
Zar uqalik visol tojini.

Nafasingdan yaratib bahor,
Uzun tunlar bo'lar muattar.
Sochlaringni tortqilab bir-bir,
Oltin hayot tonglari otar.

Oyog'ingdan o'pib bo'sag'am,
So'ng eshilib oladi orom.
Men o'stirgan sadarayhonlar
Shivirlashib, beradi salom.

Sen ko'ksimda oysan, malaksan,
To omonsan, to'rt faslim obod.
Eru ko'kka ishonmasman hech,
Ko'zlarimda yasharsan abad.

Islom Xolboy
“Hijron azobi” She'rlar kitobi, 
Toshkent, “Yozuvchi nashriyoti”, 1998 yil

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano