O’zbekiston Xalq Harakati

22 ta davlat Xitoyni ommaviy hibslarni to'xtatishga chaqirdi

22 ta davlat Xitoyni ommaviy hibslarni to'xtatishga chaqirdi
11 Temmuz 2019 - 15:55 'da yuklandi va 112 marta o'qildi.

Bi-Bi-Si radiosining xabar berishicha, BMT Inson Huquqlari Kengashidagi 20dan ortiq davlat Xitoyning Shinjondagi uyg'urlarga muomalasi tanqid qilingan murojaatnomani imzolagan.

Birlashgan Millatlar ekspertlari va inson haqlari guruhlariga ko'ra, bir milliondan ortiq uyg'ur va boshqa musulmonlar mahbuslarga mo'ljallangan jamloqlarda ushlab turilibdi.

Xitoy uyg'urlarni terrorizmga qarshi kurash markazlarida qayta tarbiyalayotganini aytib keladi.

Hozirgacha misli ko'rilmagan bayonotni Britaniya, Kanada va Yaponiya doxil 22 davlat elchilari imzolashgan.

Qo'shma maktubda “yirik mahbuslarni ushlab turish markazlari, Shinjondagi uyg'urlar va boshqa musulmon ozchiliklarni nishonga olgan katta miqyosdagi kuzatuv amaliyotlari” haqida so'z boradi.

Elchilar Xitoyni BMT va mustaqil xalqaro kuzatuvchilarning Shinjonga safarlariga izn berishga chaqirishgan.

Ayni paytda qo'shma maktub BMT Inson Huquqlari Kengashidagi rasmiy bayonotyoki BMT rezolyutsiyasidan ko'ra kamroq kuchga ega.

Diplomatlarning Reyter agentligiga aytishlaricha, bunday qarorga Xitoyning iqtisodiy va siyosiy o'ch olishidan xavotirlar sabab bo'lgan.

Human Rights Watch tashkilotining Jenevadagi vakili Jon Fisherga ko'ra, bayonot Xitoyga “Shinjonda musulmonlarga nisbatan dahshatli muomalasini to'xtatish” yo'lida bosim o'tkazadi.

“Bayonot faqat Shinjon aholisi uchungina emas, balki dunyodagi BMT Inson Huquqlari Kengashi himoyasiga muhtoj barcha uchun eng qudratli davlatni ham hisobga tortish nuqtai nazaridan muhim”, deydi u.

Bi-bi-si jurnalistlari to'plagan dalillar Shinjonning faqatgina bitta shaharchasida 400 dan ortiq bolalarning ham ota, ham onalari qamoq-jamloqqa mahkum qilinganini ko'rsatgan.

Ularning ko'pchiligi namoz o'qigani yoki ro'mol o'ragani uchun yo-da Turkiyaga o'xshagan xorijiy davlatlarda aloqalarga ega bo'lgani vajidan jazolangan.

Xitoyning Britaniyadagi elchisi bolalar ota-onalaridan ajratilayotganini rad etgan.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano