O’zbekiston Xalq Harakati

Oliy sud Samandar Qo'qonov ishi bo'yicha izoh berdi: 20 yillik qamoq jazosi “qonuniy” bo'lgan!

Oliy sud Samandar Qo'qonov ishi bo'yicha izoh berdi: 20 yillik qamoq jazosi “qonuniy” bo'lgan!
11 Temmuz 2019 - 15:57 'da yuklandi va 121 marta o'qildi.

“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, Oliy sud jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati kassatsiya instantsiyasining 10 iyul' kungi ochiq sud majlisida Islom Karimov davrida qamoqda eng uzoq o'tirgan sobiq siësiy mahkum 75 yashar Samandar Qo'qonov ishi ko'rib chiqilgan.

Besh kishilik hay'at Qo'qonovga Karimov davri Oliy sudi tomonidan chiqarilgan hukmni “qonuniy” deb topdi va Qo'qonovning o'ziga qo'yilgan ayblardan oqlash so'rovini qondirmadi.

Shavkat Mirziëev Karimov davridagi sudlar faoliyatini keskin tanqid qilib¸ ularni adolatli qilish haqida va'da berib kelaëtgan bir davrda chiqarilgan bu ajrim Qo'qonov va jamoatchilik e'tiroziga sabab bo'ldi.

Oliy sudning 11 iyul' kuni e'lon qilingan rasmiy baënotida ëzilishicha: “ Sudlov hay'ati shikoyatda keltirilgan barcha vajlarni muhokama qilib, ishni har tomonlama o'rganib, qonuniy baho” bergan.

Sud ajrimga ko'ra, S.Qo'qonovning ayblovidan bir necha moddalar chiqarildi, boshqa moddalar bilan tayinlangan jazolar o'zgarishsiz qoldirildi, qolgan moddalar O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga (1994 yil tahrirdagi) muvofiq qayta kvalifikatsiya qilindi. S.Qo'qonovga tayinlangan 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi o'zgarishsiz qoldirildi. S. Qo'qonov jazoni to'liq o'tagani inobatga olindi. Unga sud hukmidan norozi bo'lgan taqdirda shikoyat qilish huquqi tushuntirildi”¸ deyiladi.

10 iyul' kuni Ozodlik bilan suhbatda Samandar Qo'qonov¸ Karimov davrida “uydirma va to'qimalar asosida yasalgan” jinoyat ishning bugungi Oliy sud tomonidan qonuniy deb topilgani mamlakatdagi tuzum¸ xususan sud tizimining o'zgarmagani ifodasi ekanini ta'kidladi.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Qarang, Karimovchi ablahlar soxta ishni ham “Toporom ne rubish” qilib, rostga o'xshatib yuborishibdi.
    Shunga taalluqli bo'lgani uchun quyidagi hodisani aytib beray:
    Lenin ko'rsatmasi bilan Frunze otryadida kelgan Mingul otaning o'g'li Allavergan 1980 yillarda 12 yilga qamaldi. Ularning Samandar akaga o'xshab boshini urmagan joyi qolmadi, lekin foydasi bo'lmadi.
    Va nihoyat, men bu otani Sh.Rashidovning oldiga olib kirganman. Shunda Rashidov Oliy sud raisiga qo'ng'iroq qilib: “Sudlar noto'g'ri qaror chiqarishgan. Leninni ko'rgan odamning farzandi jinoyatchi bo'lishi mantiqqa sig'maydi. Ishni qaytadan ko'ringlar”, – dedi. Bir haftaga ham etmasdan 12 yil “Strogiy rejim”ga qamalgan odam uyida bo'ldi.
    Qissadan hissa shuki, Mirziyoev Oliy sudga “Ishni qaytadan ko'ringlar”, desa bo'ldi, Samandar aka oqlanadi.

    11/07/2019 19:59
xxx video gratis porno italiano