O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

MUHAMMAD SOLIH: YaNA BIR MARTA QAYTISh HAQIDA

MUHAMMAD SOLIH: YaNA BIR MARTA QAYTISh HAQIDA
11 Temmuz 2019 - 21:56 'da yuklandi va 504 marta o'qildi.

DXXda pistirma qurib olgan inoyatovchilarning o'zbek muxolifatiga qarshi fitnasi sharmandalik bilan bitdi.

Tashkilotning chaqimchilari orqali tarqatgan audioyozuvi ters tepdi. O'zbek jamoatchiligi bu audiofitnaga keskin manfiy munosabat bildirdi va bu manfiy energiya soyasi birinchi navbatda DXX va davlatning quvvat tizimlariga tushdi.

Audiosuhbat kamina bilan Moskvalik bir tanishim o'rtasida bo'lib o'tgandi. Bu suhbatni uch yil avval, Karimov o'lgan paytda O'zbekiston Milliy Xavfsizlik Xizmati tinglagan va yozib olgan. Suhbatda o'sha paytdagi siyosiy vaziyat tahlilidan boshqa hech narsa yo'q edi.

Men Islom Karimov rejimining dushmani edim va unga qarshi diktatorning so'nggi kunlariga qadar kurashdim.

Karimovning o'limidan keyin kelgan yangi hokimiyatga ma'lum bir ishonchsizlik ichida edim. Chunki yangi hokimiyatdagi kadrlarning hammasi Karimov davrining kishilari edi. Lekin yangi hokimiyatga mening dushmanligim yo'q edi. Bugun ham yo'q.

Men o'z xalqimni va o'z vatanimni sevaman.

Bu sevgini na yuksak lavozimga, na-da katta boylikka almashdim. Vatanga sevgim uchun vatanimdan quvildim. Xalqimga ozodlik istaganim uchun xalkimdan ayrildim.

Bugun ham agar vatan chaqirsa, ota uyiga qaytib, o'lkani Karimov xarobasidan chiqarishga harakat qilib chirpinayotgan vatanparvarlar safiga qo'shilishga tayyorman.

Muhammad Solih

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 12 Yorum )

  • Muxojir ;

    Kaytsinlar. Kutamiz.

    12/07/2019 16:23
  • dangasa ;

    bu gaplarni ukib kuzimdan yosh chikib ketdi,shunday
    vatanini xalkini sevgan inson 27 yildirki kuvginda bulsa xakikat bormi uzi bu dunyoda

    12/07/2019 08:13
  • Toshkent siti ;

    Mutabar tojiboeva odamlarni kargishiga kolmang,halkimiz sevgan va ardoklaydigan insonlarga tosh otmang,siz bu otgan toshni Muhammad Solihgamas bizga otyabsiz uzbek halkiga otyabsiz,har bir halkni sevadigan ardoklaydigan insonlari bulganidek bizni ham Muhammad Solihimiz bor.

    12/07/2019 01:46
  • Toshkent siti ;

    Muhammad Solih kaytsin ,halk kaytishini kutyapdi

    12/07/2019 01:30
  • Mdmщpщpщp ;

    xa kayting aka kutyapmiz,u davrlar utdi,mankurt karimov ilon chayonlarga em bulib yotibdi,man Mirziyoevga ishonaman opazitsiyani i Solix akani kaytaradi,chunki Mirziyoev musulmonni bolasi,karimov nasl nasabini tayini yuk odam edi,konxur karimov odamlarni kancha ezdi, odamlarni dayditib yubordi,Uzbekistonga millyardlagan valyuta junatayotgan odamlarni dangasalar dedi,xech davrda bulmagan bizni uzbek ayollari butun dunyoda foxishalik kilyapdi,oldinlari uzbekni ayoli deganda xuddiki bir yopik kurgon tushinilardi xozirchi,rasvo

    12/07/2019 01:23
  • Norimon ;

    feysbukda bittasi yozibdi sizga xat yozmaganimga
    kechiring debdi,tugrisiyamda dxx tekshiradi ovozni yozgandan kegin sms bemalol ochaoladi odamlar kurkadi,uzim xam Muxammad Solix bilan maza kilib gaplashgim keladiyu kurkaman bir narsa yozishga,snb meniyam terroristga chikarmasin
    deymanda,chunki Karimov Muxammad Solixni xatto nomini u er bu erda aytgan odamlarniyam kamagan

    12/07/2019 01:12
  • Mirmuxsin ;

    Solix akani millionlagan xal kaytishini
    kutyapdi

    12/07/2019 01:02
  • Olimjon ;

    faza bilan nol' tutashmaguncha lampichka yonmaganidek,muxolifat bilan xukumat bir biri bilan tutashib vatanda rakobat bulmaguncha Uzbekistonda xech narsa uzgarmaydi,xech kanaka konun xam ishlamaydi,chunki xamma raxbarlar bitta odamni ogzidan chikkan gapni kutadi shu gap konun,agar muxolifatsiz Uzbekiston rivojlanganda Karimov sal kam uttiz yil prezident buldi xech narsa uzgarmadi aksincha sovetlardan kolgan zavod fabrikalarniyam eb tugatishdi,buni Mirziyavni uziyam tan olib aytyapdi

    12/07/2019 01:00
  • xakikat ;

    Muxammad Solix xozirgi zamonamiz Jaloladdin Manguberdisi,Muxammad Solix vatanga kaytsin

    12/07/2019 00:51
  • ozod ;

    tugrisi bu audio yozuvni chikkaniyam yaxshi buldi chunki Mutabar opami yoki boshkasimi Muxammad Solixni rasvosini chikaramiz deb uylashuvdi,unday bulib chikmadi,karashsaki odamlar jim yurgani bilan Muxammad Solixni unitishmagan bulib chikdi,tugrisi juda xursand buldim, xalk Muxammad Solixni kutayotganini va chin kungildan bu insonni yaxshi kurishini kurdim,yana bir kizik tarafi xattoki tollar Muxammad Solixga magzava agdarishniyam eplasha olmay koldi,bunday xolatni kurib Muxammad Solixni aytgan gapi esimga tushib ketdi,uygonayotga musicha emas xalk uygonyapdi degandi ushanda adashmagan bulsam.Karimov davrida odamlar dardini ichiga yutib yurdi Muxammad Solixni nominiyam aytishga kurkishardi oborib kamashmasin deb,xalk biladi Muxammad Solixni kimligini,xalk yaxshi kuradi bu insonni,mustakillik deklaratsiyasi xakidaku aytmayam kuyaveray chunki uzi aloxida mavzu.Mirziyoevdan iltimosimiz shu xalkka uz kaxramonlarini kaytaring,Muxammad Solix uzbek xalkini kaxramoni,bu insondek xalkimizni kaxramonlari juda kup,er yuziga sochilib ketgan,uzbegimni asl farzanlarini kaytaring,ayrim raxbarlar bu insonlarga xar xil ayblar kuyib jinoyatchiga chikargani bilan xalk biladi bu insonlarni xalolligini aybsizligini

    12/07/2019 00:38
  • Shaybonid ;

    Assalamu aleykum muxtaram Ustoz,. Sizni 1989 yildan kuzatib kelaman . 1991 yili saylov payti Sizning “Islom kalbga nur kabi kirsin kilich kabi emas” degan saylov oldi makolangiz chikkan edi . Marxabo Ustoz Uzbekistonga,, endi Sizni yukotmaymiz, unda biz judayam noshukur xalk bulib kolamiz.

    11/07/2019 23:35
  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Vataniga qaytib, sizga o'xshab vatan koriga yaramoqchi, hech bo'lmasa, uni ziyorat qilmoqchi bo'lib yurganlar oz emas.
    Lekin vatanga, ochig'rog'i, O'zbekiston onasining mahriga tushganlarga, vatanparvarlar kerakmikan?

    11/07/2019 23:13
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube