O’zbekiston Xalq Harakati

Jadidlarga atab alohida muzey ochish va Turkiston muxtoriyatini umummilliy bayram sifatida nishonlash to'g'risida taklif va mulohazalar

Jadidlarga atab alohida muzey ochish va Turkiston muxtoriyatini umummilliy bayram sifatida nishonlash to'g'risida taklif va mulohazalar
12 Temmuz 2019 - 8:31 'da yuklandi va 114 marta o'qildi.

JADIDLARGA ATAB ALOHIDA MUZEY OChISh VA TURKISTON MUXTORIYaTINI UMUMMILLIY BAYRAM SIFATIDA NIShONLASh TO'G'RISIDA TAKLIF VA MULOHAZALARIMIZ

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida turk dunyosi tarixida katta tub burilishilar bo'ldi. Xususan, Ozarbayjon va Turkistonda ham milliy-ozodlik va istiqlolchilik tarixiy-falsafiy oqimi paydo bo'ldi.

Ozarbayjon nefti va ipagi, Turkiston paxtasi mustamlakachilarning asosiy maqsadini yaxshi bilgani, bu holat o'z yurtlarini faqat qullikka mahkum etilishidan boshqa narsa bermasligini bilgan, bu o'lkalarda ajnabiylardan xalos bo'lish, jilla qursa muxtoriyat davlatini barpo etish haqida qayg'uruvchi fidokor va ziyolilar avlodi maydonga chiqdi.

Jadidlarning qattiq sa'yi-harakatlari va fidokorliklari tufayli ayni parallel holatda Ozarbayjonda ham mustaqil davlat tuzildi.

2018 yili Ozarbayjon Respublikasida Ozarbayjon demokratik respublikasi tashkil topganining 100 yilligi keng nishonlandi. Bizda esa xuddi o'sha davrlarda, balki undan ham oldinroq jadid bobolarimiz Turkiston muxtoriyati davlatini tashkil etdilar.

Bu davlat demokratik yo'lni tanlagan bo'lib, rahbariyat tomonidan Turkistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri bo'lib qolishi uchun katta kelajak dasturlarini belgilab olindi va davlat muassasalari barpo etildi, diplomatik aloqalar yo'lga qo'yila boshlandi.

Ushbu davlat tarixi xali-hanuzgacha chuqur va atroflicha o'rganilmagan.

Lekin V.I.Lenin boshchiligidagi sovet hukumati Muvaqqat hukumatga muxolif sifatida o'z siyosatini yuritdilar va tashqi kuchlar yordamida hokimiyatni qo'lga oldilar.

Sovetlar albatta Turkistonning mustaqilligini tan olmas edilar, ularning maqsadi o'zboshimchalik bilan Turkiston xalqlarining asriy milliy-hududiy, diniy, iqtisodiy-ijtimoiy an'analarini buzib tashlash, xalqlarini bo'lib tashlash, porakanda qilish va yagona sovet davlatini barpo etish yo'lidan borishlari kerak edi.

Turkiston muxtoriyati o'sha davrning barcha demkoratik talablariga javob beradigan ilg'or davlati edi.

Bu davlat rahbarlari bugun biz o'z oldimizga qo'ygan maqsadlarni amalga oshirish uchun harakat qilgan va afsuski, davr ularga imkon bermadi, sovetlar ularning kulini ko'kka sovurib tashladi. Vagonlarda kelgan arman dashnoqlari qo'li va qurol kuchi bilan Lenin Qo'qon muxtoriyatini yo'q qildi, atrof-qishloqlarda xalqning qoni daryodek oqdi.

Turkiston muxtoriyati milliy tariximizning fojeali qismati va nurli tarixidir.

Jadid bobolarimiz elib-yugurib, hamma jonkuyarlarning boshini qovushtirib tuzgan namunali davlat edi.

Ular hatto Turkistonning birinchi dorilfununi-bugungi O'zbekiston Milliy universitetini ham tashkil etgan edilar.

Jadidlar mana shu yurt uchun xizmat qiladigan iqtidorli- oddiy xalq vakillarining farzandlarini boy-tadbirkorlarning qo'llab-quvvatlashi natijasida xorijga o'qish uchun yuborgan va ularga katta umid bog'lagan edilar. Ana shu yoshlar o'qishni bitirib kelib Turkiston muxtoriyatining barcha jabhalariga joylashishlari va o'z sohalarini rivojlantirishga ko'mak berishlari kerak edi.

Afsuski, jadid bobolarimizning maqsadlari amalga oshirilmadi, ular shafqatsizlarcha otib tashlandilar, surgun va badarg'a qilindilar.

Ana shu tarixiy jarayonlarni kuzatib ushbu jadid bobolarimizga atab alohida muzey ochish va Turkiston muxtoriyati sanasini umumilliy bayramlar qatoriga kiritish maqsadga muvofiq bo'ladi, deb o'ylaymiz.

Shohista O'ljaeva

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano