O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Ukrainada qolib ketgan o'zbeklar taqdiriga nazar…

Ukrainada qolib ketgan o'zbeklar taqdiriga nazar…
12 Temmuz 2019 - 8:43 'da yuklandi va 382 marta o'qildi.

UKRAINADA QOLIB KETGAN O'ZBEKLAR TAQDIRIGA NAZAR…

«Trud» gazetasining 1992 yil 4 iyun' sonida «Topshiriq bo'yicha otuv yoki bol'sheviklar bu ishni qanday amalga oshirishgan?» sarlavhali katta maqola berilgan. Asosan arxiv hujjatlaridan iborat bo'lgan bu maqolada sobiq ittifoqda 1937-38 yillardagi stalincha qatag'on qanday boshlanganligi bayon etilgan. Unda partiya arxividagi po'lat sandiqda uzoq yillar saqlangan, mutlaqo maxfiy sanalgan quyidagi hujjat bilan tanishish mumkin:

Butunitifoq Kommunistik (bol'sheviklar) partiyasi Markaziy Qo'mitasi № 11 51 94 1937 yil 3 iyul'.

O'rtoq EJOVga, viloyatqo'm, o'lkaqo'm, Milliy Kompartiyalar Markaziy Komitetlari kotiblariga
Markaziy Qo'mita Siyosiy byurosi majlisining 1937 yil 2 iyuldagi 61-bayonnomasidan ko'chirma

QAROR

Sovetlarga qarshi unsurlar to'g'risida.

Viloyat, o'lka qo'mitalari, milliy Kompartiyalar Markaziy Qo'mitalari kotiblariga quyidagi telegramma yuborilsin:

«Shu narsa aniqlandiki, o'z vaqtida turli viloyatlardan shimoliy va Sibir' tumanlariga surgun qilingan, keyin surgun vaqti tugagach, o'z viloyatlariga qaytgan sobiq quloqlar va jinoyatchilarning katta qismi kolxoz va sovxozlarda, transportda va sanoatning ayrim sohalarida sovetlarga qarshi turli xil harakatlar va qo'poruvchilik ishlarining tashabbuskori bo'lmoqdalar.

VKP(b) Markaziy Qo'mitasi barcha viloyat va o'lka tashkilotlari kotiblariga, NKVDning viloyat, o'lka va respublika vakillariga vataniga qaytgan barcha quloqlarni va jinoyatchilarni ro'yxatga olishni, ularning eng dushmanlik kayfiyatida bo'lganlarini darhol hibsga olib, ishini ma'muriy tartibda uchlik (troyka)da ko'rib chiqib, otib tashlashni tavsiya etadi, qolgan kam faolroq, lekin dushman unsurlar qayta ro'yxatdan o'tkazilib, NKVD ko'rsatgan tumanlarga surgun qilinsinlar.

VKP(b) MK besh kunlik muddatda Markaziy Qo'mitaga uchliklar tarkibini, shuningdek, otilishi hamda surgun qilinishi lozim bo'lgan kishilar ro'yxatini taqdim etishni taklif qiladi.

MK kotibi STALIN».

Shundan keyin barcha viloyatlar va o'lkalarda viloyat va o'lka partiya qo'mitasi birinchi kotibi, prokuror va NKVD bo'limi boshlig'idan iborat uchliklar tuzildi. SSSR ichki ishlar vaziri Ejov maxfiy ravishda har bir respublika, yirik shaharlar va viloyatlarda odamlarni hibsga olib, otish va surgun qilish bo'yicha reja (raznaryadka) belgiladi. Masalan, shu rejaga binoan, O'zbekistondan 4750 nafar, Moskva viloyatidan 35000 nafar, Odessadan 4500 nafar, Gruziyadan 5000 nafar kishi otilishi va surgun qilinishi kerak edi. Shunday qilib, yana qama-qama boshlandi.

1937 yilning avgusti ro'za oyi edi. Xerson viloyatining Yastreba xutorida yashayotgan o'zbeklar ham ro'za tutib, shomdan so'ng xutordagi uylardan birida taroveh namozini o'qishayotgan edi. Shunda bu uyni NKVD xodimlari o'rashdi. Namoz o'qiyotganlarning hammasini tintuv qilishib, qo'llarini orqalariga bog'lashib, hibsga olishdi. Bular orasida Amirillaxon va Abdulhamid Amirsaidovar ham bor edi. Ularga: «Sizlar to'planib, dengiz orqali Turkiyaga qochib o'tib ketish rejasini tuzyapsizlar», — deb ayb qo'yishdi. Hibsga olinganlarning bir qismi otildi, aka-uka Amirsaidovlarga esa 10 yildan qamoq jazosi berildi.

O'sha kunlarda Xerson viloyatidagi o'rtaosiyoliklar yashayotgan boshqa tumanlar va xutorlarda ham odamlar hibsga olindi.

Aka-uka Amirsaidovlar qamoq jazosini «qo'ng'iroqdan-qo'ng'iroqqacha» o'tab, O'zbekistonga qaytishdi. Amirillaxon aka ancha yillar sobiq Qorasuv tumanidagi Jdanov nomidagi jamoa xo'jaligida buxgalter yordamchisi bo'lib ishladi. Abdulhamid aka esa Yangiyo'ldagi maktablardan birida muallimlik qildi. Amirillaxon aka 1974 yilda, Abdulhamid aka 1992 yilda olamdan o'tishdi.

Rahimjon aka Yoqubjon bunday deydilar:

— 1992 yil aprel' oyida bir kishidan tasodifan Abdulhamid aka qazo qilganligini eshitib qoldim. Qilayotgan ishimni yig'ishtirib, Yangiyo'lga — ustozim uyiga bordim. Dafn marosimida qatnashib, marhumni o'z qo'lim bilan lahadga qo'ydim.

Amirillaxon aka bilan Abdulhamid aka men uchun ota-onamday aziz insonlar edilar.

Alinazar Egamnazarov

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube