O’zbekiston Xalq Harakati

Tepa nadir, tuz nadir

Tepa nadir, tuz nadir
12 Temmuz 2019 - 8:57 'da yuklandi va 137 marta o'qildi.

 

 

TEPA NADIR, TUZ NADIR

Etti yashar arab otning shoninda,
Ma'lum bo'lmas, tepa nadir, tuz nadir.
Kuchga to'lgan qo'ch yigitning yoninda,
Ellik nadir, oltmish nadir, yuz nadir.

Nomard o'g'li qo'rqib qochar maydondan,
Daraxtlar yov bo'lib siqar har yondan,
Xunasaga yo'l bermagil, oldingdan,
Farqlay olmas, tuman nadir, to'z nadir.

Sipoh bo'lib minar otin bilmagan,
Orif bo'lib, izzatinda turmagan,
Suhbat ichra so'z lazatin totmagan,
Anglay olmas, majlis nadir, soz nadir.

Qarg'a yutar bozni harchand o'lganda,
Yuziga yutirmas, joni taninda,
Och qarchig'ay, olg'ir lochin o'nginda,
Ming yiqilsin, o'rdak nadir, g'oz nadir.

Maxdumquli, so'z jo'sh etar tilingdan,
Nomardlarga yo'l bermagil yurtingdan,
Bu hunarlar kelar-kelmas qo'lingdan,
Tildan kelgan bu jur'atli so'z nadir?!

MAXDUMQULI
* * *
Turkmanchadan Islom Xolboy o'zbekchalashtirdi

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano