O’zbekiston Xalq Harakati

Razil tashabbus

Razil tashabbus
12 Temmuz 2019 - 11:00 'da yuklandi va 318 marta o'qildi.

RAZIL TAShABBUS

“Bozorchi ayollarda na ma'naviyat, na ma'rifat bor”

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Oiladagi zo'ravonlik masalalari, turli vaziyatlar tahlili va bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar» mavzusidagi brifing tashkil etilibdi.

Unda Xotin-qizlar qo'mitasi raisligiga yaqinda qayta tayinlangan Elmira Bositxonova ham qatnashgan. Tadbirda o'zbek ayollari rahbari «bozorchi ayollar»ni tanqid qilibdi:

– Mamlakatni bilaman desang, bozor bilan mozoriga bor, degan gap bor. Haqiqiy bozorchi ayollarda na ma'naviyat, na ma'rifat bor.

Elmira xonimning aytishicha, yaqinda Samarqanddagi Siyob bozorida chet ellik mehmonlar bilan aylanib yurganda bozorchi ayollarning muomalasidan uyalib ketgan. Shu sababli Siyob bozoridagi ayollarning o'zini tutishi masalasi kun tartibida turgan muammoli masalalardan biriga aylanibdi.

Bosh vazir o'rinbosarining aytishicha, endilikda «bozorchi ayollar»ni tarbiyalash uchun bozorlarda qo'mitaning boshlang'ich tashkiloti tuziladi.

Bozorda ishlaydigan ayollar ma'rifatsiz «bozorchi ayol» nomiga munosib bo'lmasliklari uchun boshlang'ich tashkilot xonasida ular bilan ma'rifiy suhbatlar o'tkazilishi ham rejalashtirilgan:

– Bor harakatimiz bozor haqiqatan ham ma'rifat manbai bo'lishiga erishishga qaratiladi.

Bu hali hammasi emas. Elmira Bositxonova bozordagi ayollarni tarbiyalashning antiqa usulini o'ylab topibdi. Endilikda bozorlarda radiouzel orqali Zulfiyaning «Xotiram siniqlari»ga o'xshash asarlar har kuni besh-olti martadan o'qib eshittirilishi, muomala madaniyati mavzusida eshittirishlar tayyorlanishi ham ko'zda tutilayotgan ekan.

@fayzboguz

Xabarni o'qib yig'ladim… Men shunaqa ta'sirchan insonman. Yig'laganim boisi bir qarasang sobiq prezident o'zi yaratib qo'ygan iflos tuzum dastidan Vatanidan olisga ketganlarni “dangasalar” deb xaqorat qiladi, bir qarasang mirshablar ayni Ramazonda mayli o'g'ri, mayli to'g'ri bo'lsin ayolni echintiradi, yana bir boqsang sho'rlik ayolga aldab ko'zbo'yamachilik qilib uy beriladi va qaytarib olinadi endi esa bozorchi ayollarga navbat etib kelibdi.

Sakkiz yoshimdan qo'limga ketmon tutgan bo'lsam umrimning o'n besh yili to chorvachilik qilib singunimcha dehqonchilik bilan o'tdi. Mehnati og'ir, xizmati eng arzon ish shu O'zbekistonda.
Men to o'n oltiga kirgunimcha otam vafotidan so'ng onam bozorda gilos, qulupnay, kartoshka, xullas qo'yingchi nima etishtirgan bo'lsak shuni sotgan.Yashik-yashik pamildorilarini xech kim olmagach bir chetga to'kib ketgan qop-qora ayollarni, og'ir-og'ir qoplarni elkasida tashib o'ziga bir dona bo'lsin somsa olishni ravo ko'rmay qizimga maktab formasi olishim kerak degan o'ttizga kirmay qaddi bukilgan bevalarni o'sha erda ko'rganman.
Bir yili adashmasam 23 yashar paytim edi. Yarim gektar qulupnay ekdim. Xosil o'ylaganimdanda zo'r bo'ldi. Xamma qatori qulupnay tergani mardikor ayollarni yolladim. Qancha to'laganimni aytmayman ammo men boshqalarga qaraganda ko'proq to'lardim. Bu mening ko'ngilchanligimdan emas balki ularning mehnatlari shunga arzigani uchun va xosilim mo'lligi sababli edi.

O'shalarning orasida endigina 25 ga to'lgan eridan beva qolgan bir qiz xam bor edi. Xamma ishchilar alohida bir xonada yotsa u iliq kunlar xovlimizda onam bilan yotardi. Onam yaxshi ko'rardi uni. Sababi u qiz uzun kiyardi, biror marta telefonda yigitlar bilan valaqlashganini ko'rmaganman derdilar. Agar shu xam ma'naviyatsizlikka kirsa unda bilmadim.

Mumkin xayot qiynab bozordagi ayrim ayollar so'kong'ich sal qo'polfe'l bo'lib qolgandir ammo ayrimlarigina shunday xolos. Bozorchi ayollarga ma'naviyat ma'rifat ulashishdan oldin ularning qorni to'ysin avvalo!
Ularning qornini to'ydirolmas ekansizmi o'zi to'yg'izishiga qo'yib bering. Ularning erlariga xam yopishmanglar! Babbarobar ishlasada oyda bir go'sht ko'rmaydigan oilalar bor.

O'ZBEK AYoLIdan chet-elliklar oldida uyaldingizmi? Nega? Ularni shu ahvolga solgan davlat emasmi? Buni bir necha bora prezidentning o'zi tan olmadimi? Umuman olganda ayrim xonimlar xokimiyat tepasiga qanday yo'llar bilan kelganini bilmadimu bozordagi ayollar majburan ko'chaga chiqib ul-bul mahsulot sotsadp xalol pul topadilar. Sizlar fohishahonarni taftish qilinglar yaxshisi!

Bir yili bir militsioner Farhod bozori atrofida non sotayotgan xijobli ayolning sochidan sudrab yopgan nonlarini er bilan bitta qilganini ko'rganman. O'shanda ayol:”Iloyim to'rtta etim bolamning xaqqi sanlani tutsin!” “Qiyomatda qo'lim yoqenda bo'ladi” deb erdagi nonlani yig'lab tergan. Militsioner semiz edi. Qip-qizarib “og'zindan chiqib yoqenga yopishsin” deyishdan nariga o'tmagan. Borib ayolni qaytadan tepkilolmagan…O'zi xam yig'lab yuboray degan… Ikkisigayam rahmim kelgan. Birining to'rt bolasi och, biri esa buyruqni bajarmasa xaydaladi…

Xullas shundog'am aholining ko'p qismi qora mehnat bilan kun ko'rarkan Prezidentni oldida o'zining maqomini oshirish uchun RAZILONA TAShABBUS ko'rsatmasdan ayollarga boshqacha ko'mak berish kerak qayoqdagi sohta shiorlarni ko'tarib chiqquncha.
O'sha bozorchi ayollar bir kunda qancha dam olishini xokimiyatdagi ayrim xaromxo'rlar qaydan bilsin?

Yosh edim. Onam bir kun oldin tergan xosilimizni ertasiga ertalab soat 10:00 gacha sotib qaytib, yana qaytadan biz terib qo'ygan xosilimizni olib bozorga ketardi ikkinchi marta. Keyin kechkipayt kelib ertangi xosilni biz bilan birga saralardi. Ertalab yana bozorga ketardi.
Va bir oy shu takrorlanardi. Bu men o'n oltiga kirguncha davom etgan. Onamningku o'g'illari bor edi. Bozordagi xamma ayollarning o'g'li yo'qku. IShChI O'RINLARINI YaRATINGLAR MA'NAVIYaT, MA'RIFAT DEB XALQ FAROVONLIGI UChUN XECh NARSA QO'LINGIZDAN KELMASLIGINI ISBOTLAGUNChA!
E chirkin tashabbuslaringga Anvar Obidjon aytganidek Umar Xayyomning ruboiysi!

Asabim buzuq. Menga ming'irlab ayrimlar kommentimgayu, lichkamga negativ panoslarini tashlab ketmasin! Srazu bloklayman! Armanlarga kenglik so'ramayapman ey tepadagi marazlar jillaqursa o'z musulmon xalqingizga o'zbegingizga qayishinglar, ximmat qilinglar axir! It tug'maganku sizlarni! Odam tuqqanku!
Xali qarasang Usmon Nosir xali qarasang eri vafot etgach, tojik shoiri bilan maktublar yozishib flirtovat' qilgan shoirani madaniyat timsoli qilib ko'rsatmasdan!
Yuqoridagilar o'zlaringni tarbiyalanglar!

Bu qadar iflos mansabdorlar boshqa yurtda topilmasa kerak. Qachon qarama o'zinikini xo'rlaydi bular… Sho'rlik bozorchi ayol! Sen oyda yilda bir tog'ga borasanmi yo'qmi, umringda yoring bilan biror xorij davlatiga safar qilasanmi yo'qmi teatr yo kontsert tomoshasini ko'rasanmi yo'qmi bilmadim. Lekin sening xaqqingni eganlar va eyotganlar buni ortig'i bilan bajarishadi. IShONAVER…
Seni bilmadim ammo men ularni yomon ko'raman ulardan xazar qilaman…
Boshing toshdan bo'lsin ey o'zbek ayoli…

FARROSh

Nokaslar bor seni turtib o'turlar,
Bu bir mardikor deb g'iybat soturlar.
Ularni qarg'ama, shundog'am bir kun,
Ular jahannamda yig'lab yoturlar.

Nomahramga axir tutmaysan bo'sa,
Shukrki qaydadir sotmayapsan tan.
Xulqing bois la'in yiroqda bo'lsa,
Alloh sen bilandir,
Alloh sen bilan.

Garchi egningdamas libosning zo'ri,
Garchi sening emas, davralar to'ri.
To'rtta bolang birla xalol luqma eb,
Allohga shukr deb yashashing to'g'ri.

Tulkilar ortingdan poylab yurajak,
To'ng'iz vasling xaqda xayol surajak.
Arslonga sen emas, yosh tovus kerak,
Ko'ppaklar xam nuqul senga xurajak.

Yo'q aybing yoyishgach butun bir elga,
Ko'z yoshing aylanur, yomg'irga, selga.
Barcha sitamlardan qutilarmiding,
Topilsa boshingni qo'yguvchi elka.

G'arlar taklif qilsa, senga hushtorlik,
Rad aylarsan qo'rqib, qilib hushyorlik.
Yor uyidan seni quvdi qaynog'ang,
Kelin deb ota uy ayladi torlik.

Lo'ttibozlar o'zin dahoman derkan,
Sendaylar ko'p, o'zim tanhoman derkan.
Ey opajonima biz nima derdik,
Dajjol xam o'zini Xudoman derkan…

Taqdir ishlaridan bo'lib qolsang lol,
Balki olib qochur oqshomda xayol.
Rizo qilsang Xaqni xalolliging-la,
Mukofoting jannat ey beva ayol.

Tuhmatlar dastindan ko'zing to'la yosh,
Unga gul oturlar, senga esa tosh.
Lek fohisha jirkanch, ming boy bo'lsa xam,
Ming faqir bo'lsangda azizsan farrosh!

telegram.me/a_meshayan
2010-yil
Abdurahmon Meshayan

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano