O’zbekiston Xalq Harakati

Diniy radikallarga qilingan muruvvat siyosiy qochqinlarga kelganda tugab qoldimi?

Diniy radikallarga qilingan muruvvat siyosiy qochqinlarga kelganda tugab qoldimi?
12 Temmuz 2019 - 12:00 'da yuklandi va 245 marta o'qildi.

Bi-Bi-Sining yozishicha O'zbekiston adashib ta'qiqlangan tashkilotlarga kirib qolgan 5 kishini jinoiy javobgarlikdan ozod qilibdi. Bu besh kishi chin dilgan pushaymon bo'lib kechirim so'raganmish.

Demak haqiqatan ham IShID va Al-Qoidaga o'xshagan radikal guruhlarga qo'shilgandirki kechirim so'ragan.

Bizning “rahmdil” huqumatimiz esa ularni kechirib yuboraqolibdi. Kamiga ularga ijtimoiy ko'maklashish va'da qilinibdi.

Mana shu joyda bir pauza qilsak.

Xo'p bu go'yoki “adashgan” radikallar hukumat tuzgan komissiyasiga murojaat qilib chin dildan kechirim so'rasa qolgan adashmaganlar nima qilsin?

Ya'ni hech qanaqa adashib qolmagan, bironta radikal guruhga kirmagan, faqat va faqat siyosiy qarashlari va eski hukumatni tanqid qilgani tufayli siyosiy repressiyaga uchrab mamlakatdan chiqib ketganlar nima qilsin?

Ular nima deb yalinib kechirim so'rab borishlari kerak bu komissiyaga? Qilmagan jinoyatlarim uchun juda pushaymonman desinmi? Bu qanaqa absurdlik?

Yoki diniy radikallarga qilingan muruvvat siyosiy qochqinlarga kelganda tugab qoldimi?

Aslida ularga sizning muruvvatingizning keragi ham yo'q. Chunki bu insonlar faqatgina siyosiy-liberal qarashlari sabab ta'qiblarga uchrashgan, sizdan muruvvat so'raydigan bironta ayb qilishmagan. Aksincha hukumat tuzgan komissiya bunday insonlardan repressiyalar va ta'qiblar uchun kechirim so'rab vatanga qaytishlari uchun uzr maktublari berishi kerak.

Men hozir hukumatning qilayotgan bu ishida navbatdagi populistik bir harakatni ko'ryapman. Chunki bu sobiq radikallarning iqtidorga soya soladigan kuchi yo'q. Shu sababli ham nazarimda antidemokratik o'zbek oliy boshqaruvining asosiy dushmani radkallar emas siyosiy-liberallar deyish mumkin.

Zamir Malik

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • xakikat ;

    tugrisiyam shuda xozir Uzbekistonda terroristmi,banditmi,ugrimi,poraxurmi kim bulsang bul ammo muxolifatchi bulma degan siyosat ketyapdi,kresloga kuz olaytirma siyosati desayam buladi,Muxammad Solixga kancha tuxmatlar kilishdi terroristgayam chikarishdi,Muxammad Solix shunaka ishlarni kiladigan odam bulsa nimaga 27 yildan beri kilmadi,tinchlik tinchlik deb yoshlarni zombiga aylantirib tashashgan,xuddiki butun dunyoda urish bulib yotgandek,bu axmoklar tushunmayapdi urushni katta katta derjava davlatlar sposirovat kiladi,agar Uzbekistonda biron narsa sodir bulishini ular xoxlasa Mirziyoev xam Muxammad Solix xam xech kim tuxtata olmaydi,shuning uchun yuk joydan uzlaringni uzlaring xayolingdagi olabuji bilan kurkitavermanglar,terroristlarni kechiryapsizlar bu yaxshi albatta ammo muxolifatchi ????????????

    12/07/2019 16:45
xxx video gratis porno italiano