O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Muhammad Solihning aybi

Muhammad Solihning aybi
12 Temmuz 2019 - 18:10 'da yuklandi va 602 marta o'qildi.

Turkiyada ekanimda Muhammad Solih aka bilan onda-sonda bo'lsa-da ko'rishib turdik. Suhbatlar qurdik.

Guvohlik beraman: uning eng katta “ayb”i – xalqini qattiq sevadi, Vatanini qattiq sevadi! Mana shu sevgisi va mamlakatini chinakam ozod ko'rish istagi orqasidan chorak asrdan beri quvg'inda yashab kelyapti.

Bunga shaxsan Islom Karimov va u qurgan tuzum qanchalik aybdor bo'lsa, hamkasabalarining taqdiriga mutlaq loqayd qolgan va hamon bu haqida miq eta olmayotgan O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi ham shuncha, balki ko'proq aybdor deb bilaman. Uni diktator zulmidan himoya eta olmadi, himoyaga harakat ham qilmayapti!

Lekin tarix g'ildiragi to'xtamaydi. Bir kun haqiqat yuzaga chiqadi baribir. Qo'rquv va yolg'on saltanatlari qulaydi! O'rniga muhabbat va adolat saltanatlari quriladi!

Muhammad Solih (va boshqalar) ham bugun bo'lmasa ertaga Vatanga qaytadi, inshaolloh. Vatanimiz mustaqil bo'lishida uning xizmatlari tan olinadi!

Shavkat Mirziyoev boshlagan islohotlar bir kun shunday go'zal meva berishiga negadir doim ishongim kelyapti.

Nurulloh Muhammad Raufxon

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi haqida aytganlaringiz ayni haqiqat.
    Yana bir taklif:
    K.Allamjonov ancha liberal va adiblarga xayrxox odam ko'rinadi. Solih akani chaqirish borasida unga chiqib ko'rsangizlarchi.
    K.Allamjonov dissidentlarni ham qabul qilib, yordam berayaptiku.

    12/07/2019 22:28
  • Samandar ;

    yashang dola xakikatni yozibsiz 👏👏👏👏👍

    12/07/2019 19:44
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube