O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Ehtimollar labirintida

Ehtimollar labirintida
14 Temmuz 2019 - 19:14 'da yuklandi va 1387 marta o'qildi.

EHTIMOLLAR LABIRINTIDA

Bismillahir Rohmanir Rohiym.O'ziga farzand tutmagan, mulkida sherigi bo'lmagan, xorlikdan panohlovchi valiyga muhtojligi bo'lmagan Alloh Taologa yuzining ulug'ligi-yu saltanatining buyukligi qadar hamd bo'lsin!

Afsus, eng yomon xavotirlarim tasdiqlandi. Saidabdulaziz Yusupovga qiynoq qo'llanib bo'lsayam, o'ta o'xshamagan ayblov va umuman yopishmagan moddalar bo'lsayam, bo'yniga qo'yishmoqchi.

Shunchalik shoshilayaptilar-ki, shunchalik pala-partish qo'pol ishlashayapti-ki, ochiq ko'rinib turgan oshkora qotillikka qo'l urishga ham, haqiqiy shoqol basharasi ochilishiga ham tayyor.

Bir yilcha avval IIB tergovchilari ayrim DXX zobitlarining bosim buyrug'i bilan uchta yigitning bo'yniga “ochilmagan” shilta “ish”larni osish uchun retsedivist gomik armani mahbusning kamerasiga qamab qo'yganini eslang. Armani mahbus yigitlardan birini 3 kun zo'rlagan. Uchinchi kuni sho'rlik chidolmay hamma soxta ayblovlarga qo'l qo'yib bergan edi. Karimberdi To'ramurod aka tergovchilarga qarab, “o'zlaring o'zbek bo'laturib, o'zbekning ketini armaniga tutib berdilaringmi”, deganda istehzoli irjayishini ta'riflab, “yirtqichlarning oshkor bo'lib qolgan so'yloq tishlarini ko'rgandek bo'ldim”, degan ma'noda yozgan edilar. (Ruslar ham “pokazal svoy istinniy zverinyy oskal”, deyishadi).

S.Yusupovning tergovchi va ayblovchilari ham o'zining haqiqiy hayvoniy qonli tishini ko'rsatishdan ham tortinmayapti. “Tanka”si kuchli ekanligini shundan ham bilsa bo'ladi. (Balki hozircha kuchlidir.)

Ismat Xushev bir narsada haq: Said-Abdulaziz O'zbekiston tepasidagi elitar guruhlar o'rtasidagi manfaatlar to'qnashuvi qurboniga aylanayapti. Undan ham yomon variant – o'sha guruhlar o'rtasidagi savdolashish va manfaatlar taqsimotidagi “razmennaya moneta” ga aylanayapti, deb qo'rqaman.

Siyosatchi shaxslar qanchalik oqko'ngil ko'rinmasin, iflos siyosat muhitida vijdonli jonkuyar insonlar gardkamga tikiladigan matoh bo'lib ishlatib ketilaveradi. (Bunaqa siyosatni bir yaxshilab botirib, tiqib-tiqib… olsang-da. Lavaga.)

Yana bir marta ta'kidan qaytaraman: qanday davlatda va siyosiy muhitda yashayotganimizni to'g'ri baholash juda muhim. Bo'lmasa, qaysidir siyosatchidan noo'rin umidvor bo'lib, qattiq aldanish mumkin. Yoki qaysidir arbobga ortiqcha ishonib, oxirida xafsala pir bo'lishi mumkin. Yoki “falon vaziyatda xukumatimiz adolat qilar axir”, deb o'ylab, jiddiy muammolarga uchrash mumkin. Xatto Alloh ko'rsatmasin, musiybatga tushib qolishi mumkin.

“Prezident nega o'zining buyruqlariga “perpendikulyar” qo'yib qo'yayotgan va sabotaj qilayotganlarga chora ko'rolmaydi, balki o'ziyam o'shalar bilan tili bir masxarabozmi”, deb hayron bo'lmang.

Prezident ham yakka odam, siyosiy kuchga ega bo'lishi uchun kimlargadir suyanishga, kimlarnidir natija ko'rsatishiga muhtoj. (O'sha kimlardir har doim ham toza odamlar bo'lavermaydi. Ayniqcha, hozir va bizda.)

Kimlarningdir nozik xizmatidan foydalanishga va buning evaziga to'lov manbalarini berishga majbur (Topingchi, kimning cho'ntagidan?. Chiroyli gaplar bilan pragmatik akaxonlarning qorni to'ymaydi.

“Oxirigacha chestniy bo'laman, xalq manfaati yo'lida lyuboy tankani teshaman”, desa, nafaqat shunchaki o'yindan chetlatib yuborishadi, balki kerak bo'lsa, halal bermaydigan, ovozi chiqmaydigan ichkariroq xonaga “apkirib” ham qo'yishadi.

Prezidentga shu kerakmi, a, ayting, kerakmi shu? (s)

Chirigan Ittifoqdan Karimovga “qizil direktor”lar va kuchaygan banditlar meros qoldi.

Na MVD, na KGB ularga bas kela olmay qolgandi. Karimov direktorlar va ba'zi “ko'cha bollari”ni yig'ib, “mustaqillik sxodkasi”ni uyushtirdi. “Respublika milliy boyliklaridan ulush olishlaringga ruxsat, lekin byudjetga ham falon ulushda pul tushirasizlar, xalq o'lib qolmasin”, degan kompromissga kelindi. (“Bu kunlar” romanida aytilganidek, “Doda” Oq Uydan fotiha olib, keyin Oq Saroyga kirdi.)

(Milliy boyliklardan “bratva”ga to'lanadigan “dolya” topingchi, kimning hisobidan? O'sha gap: yog'ochning bo'shini qurt eydi.)
Ruslar aytganidek, “vlast' pobedila mafiyu, assimilirovav eyo”. Jinoyat olamini yo'qotolmasang, ularga bosh-qosh bo'l, xullas.

(Men qiziqardimki, Karimov o'sha kelishuvdan aynimasligi qanday ta'minlanadi, o'yin qoidalari buzilmasligi qanday nazorat qilinadi, deb. Keyinroq bilsam, Karimovning tansoqchilari va xavfsizlik guruhi xodimlari faqat ma'lum okaxonlarga tegishli maxsus sport muassasalaridan saralab olinar ekan va tegishli okaxonlar tasdig'i bilan tayinlanar ekan. Sal “neto dvijeniya” qilsa, “richag” bor ekan. Ramzan Qodirovning tansoqchisi Ramzanning o'zi sovg'a qilgan oltin to'pponchadan otib o'ldirmoqchi bo'lganini eslang. Balki undan ham nozikroq, insonparvarroq richaglar bo'lgandir.)
Karimovdan esa Mirziyoevga ataylab siyosiy vazni yo'q qilingan kadrlar bilan to'lgan davlat apparati meros qoldi. “Karimov End Ko” siyosiy raqobatga bebardosh loyiha edi, shuning uchun boshqalarni o'zidan battar lapashang qilib ushlab turish evazigagina yashay olardi.

“Men… men… xohlardimki, dunyodagi hamma menga o'xshab ko'r bo'lib qolsin. Ana!…” (s)

Yana Karimovdan o'ta qudratlashgan MXX va xukumatdagi kuchlarning o'ta disbalans holati meros qoldi. (Chol o'ynab-kulib “xotijjam” o'la olishi uchun ko'rilgan “dono” choralar oqibati.)

Mirziyoev bu muhitda prezident bo'lishi uchun va MXXni maqsadli zaiflashtirib, balansni tiklab, rahbarini almashtirish uchun Putinga suyanishdan va buning evaziga O'zbekistonning bir qism manfaatlarini Rossiyaga tovon qilib to'lashdan boshqa yo'li yo'q edi. (Topingchi, kimning cho'ntagidan? Yog'ochning bo'shini…)

Lekin MXX rahbariyati ham qichishadigan joyini oldindan qashib, FSB rahbariyatini va Putin ma'muriyatini hazilakam boqib qo'ygan emas edi. (Topingchi, kimning hisobidan?)

Shuning uchun ham FSBda “tanka”si bor MXX-DXX odami Prezidentning gapiyu farmonlariga gitara qo'ya olayapti. Prezident judayam mustaqil bo'lib ketmasligi uchun Bosh Vazir unga posongi qilib qo'yilgani rost bo'lsa, Bosh Vazirni o'ziga “tanka” qilib olgan amaldor ham tepadan kelgan ishoraga qarab Prezidentni uncha-muncha sabotaj qila oladi.

Yusupov xorijdagi o'zbek muxolifati bilan aloqalarni tiklashga ozmi-ko'pmi vositachi qilingan ekan. Bu esa “Vovka”ning komandasiga yoqmaganligi aniq.

(RFning karnaychisi bo'lgan, yaqindagina megaqovun tushirgan VESTI.UZ da Muhammad Solihning O'zbekistonga qaytishidan “xavotir olib” yozilgan shilta maqola bor ekan. Aniqrog'i, maqola allaqachon o'chirilgan, Guglkeshaka topberdilar.

“Nujen li Uzbekistanu Muxammad Salix Vesti.uz” deb qidirib ko'ring, tovadagi ilonning jizillab tipirchilab to'lg'anishini ko'rgandek bo'lasiz.

Qisqasi, “Muhammad Solih”, desa rus elitasi, FSB “tanka”vachchalari va DXXdagi rusqul to'pponchalarning labiga uchuq toshadi.)

Bilishimcha, Muhammad Solih MXX-DXXdagi ayrim “tanka”si kuchli shaxslarning shilta o'yinlaridan xabardor. Abdulloh Buxoriyning killerlarini yuborgan guruh yo'l-yo'lakay Solihning uyini ham razvedka qilishga urinib ko'rishganini va qo'lga tushganini eslang.

Solih oqlanib, gaplari rasman inobatga olinadigan bo'lsa, balki Kremldan quvvat olib turgan ba'zi pogonlilar uchib ketishi mumkindir.

Shuning uchun ular Said-Abdulazizni qamash orqali “Solihni qaytarishlaringga bor kuchimiz bilan qarshimiz”, deb signal berayotganiga ishonchim komil.

(“Solih O'zbekiston sirlarini Turkiyaga sotgan, Yusupov esa unga yangi ma'lumotlar etkazib berib turgan”, deb birato'la Gebbel'schasiga ikkita quyonni urvorishmabdi-da, deb qo'ydim.)

Terrorist IAK o'lib, Muhammad Solihning rahina(zalojnik)olingan ukasi qamoqdan chiqarilgan edi. Muhammad Solih 2018 noyabrda Interpol halqaro qidiruvidan olib tashlangan edi. Yana o'tgan yili ko'plab o'zbek ziyolilari Prezidentga ommaviy murojaat qilib, Solihni oqlash va qaytarishga ruxsat berishni so'rashdi.

O'shanda uncha e'tibor bermagan edim. Rus targ'ibot mashinasi zo'r berib aljiray boshlaganiga qaraganda va FSB-DXX tandemidagi ayrim shaxslar Said-Abdulazizni xatto qurbon qilib yuborishga tayyorligiga qaraganda, gap jiddiy siyosiy yashirin manfaatlar to'qnashuvi ustida ketayotgani aniq.

Mirziyoev Solihning qaytishiga qarshi emasligi signallari bor.

Lekin Prezident Yusupovni qutqarib qolishga siyosiy jur'ati etarmikin? Yoki FSBdan “ne vmeshivaytes', Miramanovich”, degan signal kelganmikin?

Bizni sog'ib-sog'ib, ruslarga ipsiz boylanadigan ahvolga olib kelgan pogonliyu pogonsiz eskiyu yangi sotqinlarga ming la'nat.

Umrimni shu qaramlikdan qutulishga bag'ishlaganim bo'lsin.

P.S. Mavzudan tashqari bo'lsa ham, esga tushib qoldi: “Baqara” surasining oxirini o'qib yurgan odam baraka toparkan.

Azamat Andreev

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Mening avvalgi izoxim bo'tsicha birnecha tanishlar telefon qilishib, o'rislarning Solixdan qo'rqish sababini quyidagicha tushintirishdji.
    Agar Muhammad Solix O'zbekistonga qaytsa, O'zbekistondagi barcha o'ris ayollari musulmonlarga turmushga chiqib, dinini va ismi sharifinida o'zgartirishlari mumkin ekan.
    Keyin bu odat Rossiyaga ham tarqalish imkoni katta emish.
    U tanishlarimning bu gapida mantiq borday ko'ringani uchun yozdim buni.

    15/07/2019 14:52
  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Vesti.Uz ni o'qidim. “Neskol'ko sot deyateley kul'tury Uzbekistana poprosili Shavkata Mirzieeva vernut' na rodinu oppozitsionera Muxammada Salixa. I oni sil'no oshiblis'”, deb boshlanibdi.
    O'sha “qattiq yanglishganlar”ning ichida men ham borman. Rahmatli Karimovning Solixdan qo'rqishi tushinarli edi. O'rislar nimaga qo'rqadi Solihdan, hayronman.
    M.Solih baynalminalchi-ku, uning oilasi ham ko'rsatib turibdi buni.
    Men Solih bilan uchrashganman. U oddiy bir odam, hech qo'rqinchli joyi yo'q.
    Men Solihning o'rniga bo'lganimda O'zbekistonga qaytmay, hammani, ayniqsa o'rislarni qo'rqitib yurardim.

    14/07/2019 23:35
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube