O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Sharmandalik

Sharmandalik
15 Temmuz 2019 - 11:25 'da yuklandi va 1325 marta o'qildi.

Sh A R M A N D A L I K

Kuni kecha 22 davlat BMTning inson huquqlari Kengashiga murojaat yo'llab, Xitoy hukumatining Shinjon avtonom o'lkasi (Uyg'uriston)da musulmonlarga nisbatan olib borayotgan qatag'on siyosati va amallariga nisbatan norozilik bildirishdi. Bu qatag'onlar dahshatli tus olib ketayotgan bir paytda, birvarakayiga 22 davlat norozilik e'lon qilishi odamga dalda berar ekan. Ajab emas, norozilik bildiradiganlar soni ko'paysa, degan umid paydo bo'ldi menda. Ayni paytda, qaysi davlatlar imzo qo'yishdi ekan, degan savol bezovta qilaverdi. Bir kun o'tib, FB sahifasida o'sha 22 imzoning nusxasi berildi. Qisqagina izohda “hammasi g'arb davlatlari” deb yozib qo'yilgan. Yuragim “shig'g'” etdi, izohga ishonmay, imzolar ostidagi yozuvlarni o'qib chiqdim. Haqiqatda ham, hammasi g'ayridin davlatlar. Jafokashlarimizdan uchta Boltiqbo'yi davlati bor, o'shalarga ham tasanno! Bironta Islom davlati yoki aholisining aksari musulmon bo'lgan Respublika yo'q!

ShARMANDALIK! ShARMANDALIK! ShARMANDALIK!

Quroni karim bizning tilda nozil bo'lgan, biz payg'ambar Muhammad mustafo (s.a.v.)ning avlodimiz, vorislarimiz, deya g'ururlanadigan “Islom ustunlari”, butun dunyo tavof etadigan Ka'batulloh “ega”lari qayoqda qoldi? Har yili diniy marosimlar o'tkazib, o'z badaniga sim zanjirlar bilan urib, qon chiqargan holda, Allohni zikr qiladigan musulmonlar va ularning “Islom davlat”lari nega pusib qoldi? To'da-to'da bo'lib, hushidan ketib qolguncha zikr tushadigan musulmonu mo'minlar qay go'rga g'oyib bo'lishdi? O'zimizning ulamolar va amaldorlardan gina yo'q. Ular shundog'am, Xitoy hukumatining ishlarini boshqacha shaklda va kichikroq ko'lamda takrorlab kelayaptilar.

Ey, imon keltirganlar! Shunchalik qo'rqoqmisizlar yoki nafs bandasi bo'lib qoldinglarmi? Yoki, Uyg'uristondagi musulmonlardan alamingiz bormidi-ki, “Badtar bo'l!” deb, indamayotgan bo'lsangiz? Butun dunyo musulmonlari, Tataristondagi kichik guruhlarni hisobga olmaganda, yoppasiga og'ziga talqon solib o'tirgan bo'lsa-ya!

Og'zida talqoni yo'q, sadosi chiqib turibdi. Hitoy hukumati rahbari yoki vakolatli amaldori blan uchrashganda: “Uyg'urlar masalasi Xitoyning ichki ishlari”- deya, Allohning amridan yuz o'girayaptilar, o'z dindoshlariga nisbatan ochiqdan-ochiq sotqinlik qilayaptilar va bu bilan Xitoy hukumatining “ishtahasi”ni ochib yuborayaptilar. Allohning amrlariga bo'ysunib, Xitoy hukumatiga nisbatan siyosiy va iqtisodiy bosimlar o'tkazilsa nima bo'lardi? Xitoy bilan savdo-sotiq vaqtinchalik to'xtaydi, xolos. (Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda keng ommaga ma'lum bo'lmagan masalalar mavjud bo'lishi mumkin, lekin, baribir, genotsidga qarshi kurash muhimroq). Xomashyo sotayotgan davlat kamroq talafot ko'radi, chunki qazib olinayotgan boylikni o'z xalqiga sotib, kamroq bo'lsa ham, daromad olaverardi. Lekin Xitoy hukumatining, boshqa mamlakatlardan keladigan xomashyoga asoslanib ishlaydigan korxonalari to'xtab qolsa, Xitoy iqtisodi xonavayron bo'lishi mumkin. Shu sababdan “partnyor” davlatlarning noroziligini e'tiborga olishga majbur bo'lar, keyin, musulmonlarni tinch qo'yar edi.

Xitoydagi musulmonlarning ahvoliga befarqlik blan qarash Allohning amrlariga zid ishdir. “Hujurot” surasining 10-oyatida: “Albatta, mo'minlar (dinda) o'zaro birodardirlar”- deyilgan (Bu o'rinda va keyinda ham, tarjimalar shayx Abdulaziz Mansurdan).

“Tavba” surasining 38, 39-oyatlarini eslaylik: “38. Ey, imon keltirganlar! Sizga ne bo'ldi-ki, Alloh yo'lida (yovga qarshi) qo'zg'alingiz, deyilsa, erga og'irligingizni solasiz (chiqmay o'tirasiz)?! Oxiratdan (kechib) dunyo hayotiga rozi bo'lasizmi? Oxiratga nisbatan dunyo hayotining matohi (lazzati juda) ozdir!

39. Agar qo'zg'almasangiz, (Alloh) sizlarni alamli azob bilan azoblab, o'rningizga sizdan boshqa qavmni keltirur. Sizlar (esa) Unga biror narsada zarar etkaza olmaysiz. Alloh har narsaga qodirdir.

Alloh, o'rningizga boshqa qavmni keltirib qo'yishga qodirmiz, deyapti. Kimlar ekan, “boshqa qavm”? Buni, hozir, o'qigan ham, o'qimagan ham, imonli ham, imonsiz ham ko'rib, bilib turibdi! Shunga qaramay, mamlakatning kattasidan tortib kichigigacha, har birimiz o'z nafsimizdan kelib chiqib, o'ylayapmiz, amal qilayapmiz, “xalq manfaati”, “jamiyat manfaati” degan tushunchalarni umuman unutib yubordik. Vaholanki, sho'rolar davrida bu tushunchalarning matematik ifodasini topish bo'yicha ilmiy izlanishlar bajarilar edi.

Islom davlatlari, aholisining aksari musulmon bo'lgan davlatlar Xitoydagi musulmon birodarlariga yordam qo'lini uzatmayotgani Allohni g'azablantirishi aniq, chunki o'zini mo'min hisoblagan bandalar Allohning buyurganlarini bajarmayaptilar.

“Tavba”surasining 41-oyati: “Engil va og'ir holatda (ham yovga qarshi) qo'zg'alingiz va Alloh yo'lida mollaringiz va jonlaringiz bilan jihod qilingiz! Agar bilsangiz, ana shu (ish)ingiz sizlar uchun yaxshidir”. Jihod deganda, faqat urush – muhorabani tushunish to'g'ri bo'lmaydi, siyosiy va iqtisodiy bosim o'tkazish ham jihodga kiradi. Bunday tadbirlar moddiy talafotlarni keltirib chiqarishini Alloh oldindan aytib, ogohlantirib qo'yyapti. Bular – Xitoy hukumatiga bosimlar o'tkazilsa, kelib chiqadigan moddiy zararlardir.

“Muhammad” surasining 7-oyati: “Ey, imon keltirganlar! Agar sizlar Allohga yordam bersangiz (dinning rivoji uchun harakat qilsangiz), U ham sizlarga yordam berur va qadamlaringizni sobit (barqaror) qilur.

“Saf” surasidan ikkita oyat: “10. Ey, imon keltirganlar! Sizlarni alamli azobdan qutqaradigan bir “tijorat”ga dalolat qilayinmi? 11. (O'sha “tijorat” shuki) Alloh va uning payg'ambariga imon keltirursiz va Alloh yo'lida mollaringiz va jonlaringiz bilan jihod qilursiz. Mana shu, agar bilsangiz, o'zlaringiz uchuvn yaxshi (ish)dir.”

Xitoy hukumatiga nisbatan norozilik murojaatnomasi bitilgandan ikki kun o'tib, ya'ni bugun, 13 iyulda, Rossiya boshchiligida 40 ga yaqin davlat BMTning o'sha Kengashiga Xitoyning qatag'on siyosati va amaliyotini qo'llab-quvvatlaydigan murojaat yo'llashdi. Bu g'alamislik Putindan chiqqan bo'lsa kerak-ki, ro'yxatda birinchi o'rin egallagan. Butun dunyo jarlik yoqasiga kelib qoldi, shekilli? Dunyo ikkiga (betaraflarni hisobga olsak, uchtaga) bo'lindi. Shinjon avtonom o'lkasi bahonasida, Xitoy boshchiligida, Putinning rahnamoligida, Islomga nisbatan hayot-mamot jangi boshlanadi, shekilli? Alloh bu muammoni shundayligicha tashlab qo'ymaydi! G'azabini xudosizlardan ko'ra, ko'proq, o'zini musulmon, mo'min hisoblaydiganlarga qaratadi, menimcha. Bu taxminim noto'g'ri bo'lib chiqishini O'zidan so'rab qolaman.

Qudrat Do'stmuhammad, 2019 y., 13 iyul

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube