“Ozodlik” radiosining xabar berishicha, O'FA prezidenti sifatida ishlab kelgan Achilbay Ramatov o'z ixtiyoriga ko'ra iste'foga chiqishga qaror qilgani bois, uning o'rniga Abdusalom Azizov saylangan.
Bu haqda xabar qilgan O'zA axborot agentligiga ko'ra, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining 15 iyul' kuni bo'lib o'tgan navbatdagi hisobot-saylov konferentsiyasida Ravshan Ermatov O'FAning birinchi vitse-prezidenti, Muhiddin Jo'raev O'FA vitse-prezidenti lavozimlariga saylangan.
O'FAning yangi prezidenti Abdusalom Azizov ayni paytda Davlat xavfsizlik xizmati rahbari hamdir.
O'XH axborot bo'limi