O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Tarixning kichik takarruri

Tarixning kichik takarruri
16 Temmuz 2019 - 16:42 'da yuklandi va 693 marta o'qildi.

TARIXNING KIChIK TAKARRURI

Sharof Rashidov o'lib, mashhur 16-Plenumda u qattiq tanqid qilinganidan keyin ko'p rahbar va ziyolilar jonlarini asrashga chora axtarib: “Bilmagan ekanmiz… Ko'zimiz ko'r bo'lgan ekan… Sehrlanib qolgan ekanmiz…” kabi tutiriqsiz “tushuntirish”larning panasiga o'tib olgan edi. Uyalmay!

Tarix yana takrorlanyapti. Islom Karimov o'limidan keyin siyosat o'zgara boshlaganini hidlab qolgan amaldorlar yana o'zlariga fatvo axtarib qolishdi:

“BILMAY YuRGAN EKANMIZ…”

Ya'ni, Siz Janobi oliylari ko'zimizni ochmaganingizda o'lgunimizgacha bilmay yuraverar ekanmiz!..

Ayniqsa, kechagina barcha narsani bilishini da'vo qilib yurgan, hatto nomashru' ishlarni mashrulashtirib berishgacha yo'l topa oladigan “huquq olimi” shunday deb tursa, boshqalari xafa bo'lishga ham arzimas ekan-da!

Ana, ahvolimiz! Kunimiz shularga qolgan!

Yigirma etti yil hech narsani bilmagan bo'lsa, AYB KIMDA:

Hech narsaga aqli etmaydigan, aqli etmasligini bilaturib hokimiyatga talpinadigan, erishib olganidan keyin esa uni hech kimga bergisi kelmay qoladigan o'zlaridami?!

Oddiy narsalarning ham farqiga bormas kadrlarni etishtirib, xalq va davlat ishlarini shunaqa bilmas kimsalarga ishonib topshirib qo'ygan tuzumdami?!

Balki hech narsani bilmaydiganlarni boshimizga ko'tarib, nomimizdan taqdirlarimizni “belgilaydigan” deputat qilib saylab qo'ygan siz bilan bizdadir ayb?!

Bundan besh yil burun yozilgan “Bu kunlar”da tarixdan saboq chiqarilmayotgani haqidagi bobida ayni shu holimiz ham tilga olingan ekan:

“Ziyolilar xatosi – hammasini ko'rib, bilib, aqli etib turganiga qaramay, xuddi hech narsa bo'lmayotganday ovsarlarcha tutyapti o'zini. Bilib bilmaslikka olyapti, talmovsirayapti. Ertaga bugungi haqiqatlar yuzaga chiqqach xalqi oldida xijolatlarga tushib qolishini xayoliga keltirmayapti…

Oddiy xalq xatosi – kechagina sovet rahbarlarining yolg'onlariga ko'r-ko'rona ishonib-ergashib qayoqqa bordi-yu, “Mustaqillik egasi” ning yolg'on-yashiqlariga ishonib-ergashib bugun qaerga boryapti? Va bu odam o'tib ketganidan keyin ertaga yana qanaqa nag'malarga o'ynay boshlaydi – hech yo'q shularni o'ylab ko'rmayapti.

Ha, bu kunlar o'tadi, prezident ham o'tadi. Boshliqlar almashadi. Zamonlar, siyosatlar o'zgaradi. Tarixga boshqacha qarashlar boshlanadi. Ustma-ust to'planib-qalashib yotgan yigirma yillik gunohlar, jinoyatlar bir-bir ochiladi. O'shanda nima bo'ladi?!
Kecha bu buzuq jamiyatning qaysi nuqtasida turgan bo'lsak, ertaga yana o'sha nuqtasida hech narsa ko'rmaganday irshayib turaveramizmi?!

…Oqil kishi bulardan saboq chiqaradi.

Bugungi maddoh ziyolilar ertaga nima qilarkin? Manglayiga shappa urib, obbo, yana adashibmiz-da, deb… hech narsa ko'rmaganday, yana yangisiga ergashib ketaveradimi?!

Yoki xuddi kechagiga o'xshab: “Sehrlanib qolgan ekanmiz…” deb qutulib qolmoqchi bo'ladimi?! Desa, shu gapiga o'zi ishonadimi?

Vijdoni qonadimi?

Ziyoli agar ziyoli bo'lsa, ertangi holini bugun o'ylasin”.

Nurulloh Muhammad Raufxon

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube