O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Sobiq bojxona rahbari: Million-million dollarni chetga chiqarganlar hozir ham tirik

Sobiq bojxona rahbari: Million-million dollarni chetga chiqarganlar hozir ham tirik
17 Temmuz 2019 - 19:00 'da yuklandi va 663 marta o'qildi.

Mustaqil O'zbekistonning bojxona qo'mitasi ilk raisi, iste'fodagi general-mayor O'rayimjon Abdurahmonovning aytishicha, O'zbekistonning million-million dollarga baholanadigan boyliklari mamlakatdan tashqariga olib chiqib ketilishiga sababchi bo'lgan insonlar hozir ham tirik.

O'zbekiston Milliy Axborot agentligi – O'zA O'rayimjon Abdurahmonov bilan suhbatni e'lon qilgan.

“Gurung” dasturi mehmoni iste'fodagi general-mayor Abdurahmonov Vatan boyliklarini chetga olib chiqqan, o'sha paytlarda rahbarlik lavozimlarini egallagan shaxslar o'sha jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan-tortilmaganini ochiqlamagan.

“… bilasizmi, o'sha shov-shuvga sabab bo'lgan holatlar – davlatning u yoki bu lavozimlarida ishlagan shaxslarning yaqin ko'maklari vositasida sodir qilingan. Million-million dollar turadigan tovar-moddiy boyliklarni chetga chiqarib yuborish holatlari deysizmi, ularga homiylik qilishmi, shularning hammasida bizdagi ayrim rahbarlarning qo'li bor edi. O'zlari bosh-qosh bo'lib turgan. Misollarni, raqamlarni keltirishim mumkin. Lekin ularning familiyasi, ismini aytgim yo'q. Sabab – ularning ko'pi hozir ham umrguzaronlik qilmoqda. Bola-chaqalari, nevara-evaralari bor, zurriyotlari oldida ularni sharmanda qilgim yo'q”, deb aytgan O'rayimjon Abdurahmonov.

“O'shanda Respublika miqyosida men egallagan mavqe, lavozim – ular egallagan lavozimdan pastroq bo'lgan. Ayrim masalalar bo'yicha u noinsof, azaldan boylik neligini ko'rmagan “manqurt”larga kuchim etmagan…”, degan iste'fodagi general-mayor.

SSSR parchalanishi arafasida va 1990-yillar boshlarida do'konlar peshtaxtalari bo'shab qolganini ko'pchilik yaxshi xotirlaydi.

Mamlakatlar mustaqillikka erishganidan keyin o'zaro to'lovlar muammosi yuzaga chiqqan, O'zbekiston rahbariyati O'zbek paxtasini misol uchun Rossiyada etishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlariga ayirboshlash – barter operatsiyalarini ma'qullagan.

O'rayimjon Abdurahmonov O'zbekistondan barter bo'yicha tovar olib chiqilib, o'rniga hech narsa olib kelinmaganini aytgan.

“… faqat o'g'rincha paxtalar emas, undan dahshatliroq voqealar ham bor edi. Deylik, barter (ya'ni mahsulot ayirboshlash – tahr.) operatsiyalari bo'yicha. 1992 yil holati bo'yicha o'rganganimizda, O'zbekistondagi tashkilotlar 1 milliard 900 million rubl' zarar ko'rgan. Ya'ni shuncha pullik mahsulot bizdan chiqarib yuborilgan, lekin o'rniga hech narsa olib kirilmagan.

Asosan juda katta pulimiz Rossiyada qolib ketgan. Paxtaning o'rniga – aroq, sigaret kirib kelgan. Tasavvur qilayapsizmi, O'zbekistonning strategik xomashyosi o'rniga bu. Rangli metallar olib chiqilgan…”, deb aytgan janob Abdurahmonov.

U O'zbekiston oltin va kumushlari eritilib, simga aylantirilib, chetga kabel' deb rasmiylashtirilib olib chiqilgani aniqlanganini aytgan.

“UMI” degan yana bir qo'shma korxona bor edi. Uyam tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ro'yxatdan o'tgan. Uning (O'zbekistondan eksport qilayotgan) kabellari tarkibida (tonnasiga) 5 grammgacha tilla, 80 grammga qadar kumush aniqlandi. Aslida kabel' tarkibida bir gramm ham tilla bo'lmasligi, adashmasam, 25-30 gr kumush bo'lishi mumkin, xolos. Biz buni aniqlab, ekspertiza qilganimizda, o'ta ko'p miqdorda (noqonuniy) tilla va kumush chiqqan.

Aynan mana shu korxona 8 ta kontrakt bo'yicha davlatga uch-uch yarim million dollar miqdorida zarar keltirgan. Bu haliyam bizning hisob-kitoblarimizga ko'ra…”, degan iste'fodagi general-mayor O'rayimjon Abdurahmonov.

Manba: Bi-Bi-Si O'zbek

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube