O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Deputat Mirziyoevni uyg'urlar borasida Xitoyga yon bermaslikka chaqirdi

Deputat Mirziyoevni uyg'urlar borasida Xitoyga yon bermaslikka chaqirdi
17 Temmuz 2019 - 21:50 'da yuklandi va 800 marta o'qildi.

Bi-Bi-Si radiosining xabar berishicha, O'zbekistonlik deputat Prezident Shavkat Mirziyoevdan Xitoydagi uyg'urlarga ma'naviy dastak berishni so'ragan.

Xalq deputatlari Bo'stonliq tuman Kengashi deputati Qobul Do'sov Feysbuk sahifasida e'lon qilgan murojaatida “Bizning rizqimizni Xitoy emas, Alloh beradi” deb yozgan.

U Xitoyning “zulm iskanjasidagi musulmon uyg'urlar o'zbeklarning bir parchasi” ekanini eslatgan.

Do'sov Prezident Mirziyoevni “jim turgan musulmon davlatlari ichida tashabbusni qo'lga olishga” chaqirgan.

Avvalroq Reyter agentligi musulmon davlatlari Xitoyning uyg'urlar borasidagi siyosatini qo'llab-quvvatlagani haqida xabar qilgandi.

O'tgan hafta BMT Inson Huquqlari Kengashidagi 22 davlat elchilari Xitoyning Shinjondagi uyg'ur ozchiligiga nisbatan siyosatini qoralagan.

Ularning orasida bironta ham musulmon davlati yo'qligi e'tiborni tortgan.

Qobul Do'sov bundan avval Feysbukda o'zining xotin-qizlar mavzusidagi ziddiyatli chiqishi ortidan tanqidga tutilgandi.

Uning “Qachonki siyosatda ayollar bilan bolalar hukm yurgizadigan payt kelsa, biling, mamlakat tez orada parokanda bo'ladi” degan posti Tanzila Norboevaning Senat raisligiga saylanishi manzarasida Feysbukda munozaralarga sabab bo'lgan.

Deputatning o'zi postning Norboevga aloqasi yo'qligi, u bir iqtibos ekanini aytgan.

U mansub bo'lgan Milliy Tiklanish partiyasi “ushbu fikrlar partiyaning maqsad va g'oyalariga tamoman zid” ekanini aytib chiqqan.

Deputatning uyg'urlar borasidagi murojaati ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'lgan, ammo bironta deputat yoki rasmiy fikr bildirmagan.

O'zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari Xitoyning uyg'urlar borasidagi siyosatini dastaklab keladi.

Avvalroq bir guruh o'zbek ziyolilari Mirziyoevdan Xitoyning qamoq-lagerlaridagi o'zbeklarni himoya qilishni so'rashgan.

Qo'shni Qozog'iston bir qator qozoqlarning Xitoy jamlog'idan ozod qilinishiga erishgandi.

O'zbekiston BMT va dunyoning ko'pgina davlatlari tomonidan qoralangan Xitoy qamoq-lagerlari yuzasidan hech qanday bayonot bermagan.

Bi-bi-si Do'sov bilan bog'lanib, uyg'urlar masalasida Prezidentga murojaat qilishga tuni nima undaganini so'radi.

O'XH axborot bo'limi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube