O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur
18 Temmuz 2019 - 11:47 'da yuklandi va 604 marta o'qildi.

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR

Z.M.Bobur (1483-1530 yy) Temuriy hukmdorlarining O'rta Osiyodagi so'nggi vakili Andijon shahrida tug'ilgan. Otasi Umar Shayx vafot etgach, u 12 yoshida Farg'ona viloyati hokimi bo'lgan, jasur va dovyurakligi uchun “Bobur” (sher) laqabini olgan yosh hokim tez orada O'rta Osiyoning poytaxti bo'lgan samarqand shahrini egallash hamda o'lkada markazlashgan kuchli davlat tuzish maqsadida bir necha yil davom etgan goh muvaffaqiyatli, goh muvaffaqiyatsiz, goh g'olibona janglardan keyin, 1500 yil Samarqandga bostirib kelgan Shayboniyxon bilanbo'lgan jangda engiladi. Bir qiyom lashkarlari bilan 1504 yil Afg'oniston mamlakatiga kirib boradi. Qisqa vaqt davomida Afg'onistondagi qabilalarni o'ziga bo'ysundirib, 1508 yil poytaxti Qobul bo'lgan mustaqil davlat tuzadi. 1510 yil Eron shohi Ismoil Safaviy bilan birga shayboniylarga qarshi yurish qilib, Samarqandni egallaydi. Ammo 1512 yil shayboniylar bilan bo'lgan jangda Bobur armiyasi engiladi va Qobulga kelib, bu erda 1526 yilgacha podsholik qiladi. Bobur yirik davlat tuzish maqsadida 1522 yil Qandahorni egallaydi va bu erdan Hindistonga bir necha marta hujum qilib, nihoyat 1526 yil Hindiston podshosi Ibrohim Ludiyni engadi va Bobur Hindistonning tarixida “Boburiylar imperiyasi” deb nom olgan davlatga asos soldi va Agra shahrini poytaxtga aylantirdi. Shu shaharda Bobur vafot etgan. Uning jasadi Qobul shahridagi “Bog'i Bobur”ga qo'yilgan.

Shunday qilib, taqdir taqazosi bilan Bobur O'rta Osiyo, Afg'oniston, Hindistonning juda ko'p joylarida bo'lgan. Uning fan va madaniyatga bo'lgan qiziqishi bu hududlarning tarixiy geografiyasi va boshqa sohalariga oid ko'p ma'lumotlar to'plab, asarlar yozib qoldirgan.

Boburning eng yirik asari “Boburnoma” deb ataladi. “Boburnoma” O'zbekiston, O'rta Osiyo, Afg'oniston, Hindiston mamlakatlarining tabiiy-geografik joylanishi, o'simliklari, hayvonot dunyosi haqidagi biogeografik asardir. Unda Bobur har bir joyning xarakterli xususiyatlari, o'simliklari va u erda tarqalgan hayvonot dunyosining o'ziga xos xususiyatlari haqida aniq va mukammal ma'lumotlarni bayon qiladi.

Farg'ona viloyati beshinchi iqlimdadir.

Ma'muraning kanarasida ya'ni Movarounnahrning chekkasida voqe bo'libtur. Sharqi Qoshg'ar, g'arbi Samarqand, janubi Badahshonning sarhadi tog'lar, shimolida “Olmaliq va Olmatu kabi shaharlar bor. Ammo ular mo'g'ullar bilan o'zbeklar urushida buzulubtur, aslo ma'mura qolmabdur. Muxtasar (kichik) viloyattur, oshlik va mevasi faravon. Girdo-girdo tog' voqe bo'libtur. Sayxun daryosi kim sharq va shimoliy tarafidan kelib, bu viloyatning ichi birla o'tib, g'arbi sari oqar. Xo'jandning shimol o'tib yana shimolga moyil qilib, Turkiston sari borur. Turkistondin keyli quyiroqda bu daryo tamomqumg'a singor, hech daryog'a qotilmas.

Andijon Farg'ona viloyatining poytaxtidur. Eli turkdur. Shahar va bozorasida turki bilmas kishi yo'qtur.

Xullas, “Boburnoma”da Farg'ona viloyatining geografiyasi – O'rta Osiyoda tutgan o'rni kattaligi, aholisi, rel'efi ya'ni atrofi tog'lar bilan o'ralganligi, o'simlik va hayvonlari shu qadar mukammal bayon qilinganki, hatto undan hozirgi geografiyaga oid ma'lumotlar sifatida foydalanish mumkin.

“Boburnoma”dagi geografik tasvir, undan oldingi ko'plab manbalardagiga nisbatan ancha to'g'ri, mukammal va asosli ekanligi bilan diqqatga sazovordir. Bunga sabab asar muallifi geografik ob'ekt va hodisalarni o'zi ko'rib, tasvirlagan.

“Boburnoma”dagi geografik tasvirlar haqida juda ko'p mulohaza yuritib, ko'pgina diqqatga sazovor misollarni yana keltirish mumkin.

Toshkent – oshliqlari mo'l. Qirg'ovullari ko'p va xo'b mo'ldir. Andijon – ilvasini mo'l. O'shning gullari turli xil ko'katlari mo'l. Bu erda arg'uvon o'sadi. Marg'ilonda kiyik barcha erda uchraydi. Xo'jandning iloni ko'p, yovvoyi parrandalari, kiyik, ohusi mo'l. Ovga yaraydigan qushlardan qirg'ovul ko'p uchraydi. Bezgak ko'p, ayniqsa, aholi kuzda ko'p og'riydi, joylari botqoq va nam.

Samarqandda sovuq qattiq. Buxoroda ilvasini mo'l. Qarshini bahori yumshoq.

Afg'oniston – Qobul atrofida qishda qor mo'l tushadi, janubda qor mutlaqo bo'lmaydi. Afg'oniston o'rmonlarida yung qanot, tovushqon; tog'larida esa kaklik mo'l. Kakliklar qorda ko'p uchmay, qorga uchmay berkinadi. Bu erda lola mo'l.

Hisor, Samarqand, Buxoro va Mo'g'ulistonda archali bo'lib, molga emish bo'ladigan o'tlardan eng maqbuli butadir. O'rmonzorlarida archa, zaytun, chinorlari ko'p bo'ladi.

Hayvonlarning ko'pchiligi Hindiston hayvonlariga o'xshashdir. Ulardan tovus, to'ti va maymunlarni ko'rsatish mumkin. Afg'oniston g'arbida kiyiklar mo'l va turli xildir. Agar Hindiqush tog'lari tuman bilan qoplansa, ko'chuvchi qushlar tog'dan oshib o'tolmay qoladi. Bunday qushlardan qarqara, turna juda ko'p tutiladi. Muallif tanob yasash va u bilan qush tutish usulini batafsil yozadi.

So'ngra Hindiston o'simliklari ustida to'xtalib, u endemiklar deb ko'rsatadi. Bulardan yovvoyi beda, sebarg'a va xushbo'y o'tlar bor.

Hindiston hayvonoti ham endemikdir. Bu erda tog'ayli baliqlar mo'l bo'lib, bari, etli va mazalidir. U bir qancha tur baliq va suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlar batafsil izohlangan.

Qushlardan tovusni izohlaydi: u turna yangliq har ikkala jinsi boshida toji bo'lib, unda 20-30 parlar mavjuddir, uzunligi 4-5 sm dan oshadi. Modasi chiroydi va uzun dumli bo'lib, 1,5 m gacha etadi. Bo'yni ko'k, ko'rkam, tanasi xushbichim. U qirg'ovul singari ucha olmaydi. Tovuslar Hindistonning o'rta va janubiy qismida ko'p, go'shti mazali.

Eng ko'p uchraydigan qushlar to'tilar bo'lib, ba'zilari gapga o'rgatiladi, ko'pchiligi tut pishganda barcha erda uchraydi. Bu yirik to'ti. Undan kichikroq to'tilar ham ko'p, ularni ham gapga o'rgatsa bo'ladi, besh-olti mingli gala bo'lib yashaydi, changgali to'ti deb ataladi.

Xullas, “Boburnoma”da Farg'ona viloyatining geografiyasi – O'rta Osiyoda tutgan o'rni, kattaligi, rel'efi, ya'ni atrofi tog'lar bilan o'ralganligi foydali qazilmalari (masalan, feruza konlari) iqlimi, suvlari, shaharlari va ular orasidagi masofalar, xo'jaligining xarakterli jihatlari, aholisi, mashhur kishilari, o'simlik va hayvonoti shu qadar batafsil tasvirlanganki, hatto undan geografiyaga oid xrestomatiya material sifatida foydalanish mumkin.

Samarqandning yaylov va ekinzorlaridan so'ng tarixiy va hasham binolari, so'lim bog'lari (Bog'i Shamo, Bog'i Bihisht va h.k.). Movaraunnarhrning boshqa shahar va viloyatlari (Buxoro, Kesh – Shahrisabz, Qarshi, G'uzor va h.k.) tasvirlangan.

Bobur o'zida katta taassurot qoldirgan Hindiston, Afg'oniston erlarini, o'simlik va hayvonlari haqida batafsil hamda zavq-shavq bilan tavsiflaydi. “Boburnoma”dagi geografik tasvirning o'ziga xosligi va mohiyati haqida quyidagi mulohazalar bilan cheklanamiz.

“Boburnoma”dagi geografik tasvir, avvalo undan oldingi ko'plab manbalardagiga nisbatan ancha to'liq, to'g'ri, mukammal ekanligi bilan diqqatga sazovor. Buning sababi shuki, asar muallifi geografik ob'ekti va hodisalarni ko'pincha o'zi ko'rib-bilib, qisman ishonchli manbalar asosida tasvirlagan va fikr yuritgan.

“Boburnoma” uslubiy jihatdan ham ma'lum afzalliklarga ega. Birinchidan, barcha viloyat va shaharlar tasviri muayyan bir rejada, aniq bir tartibda (geografik o'rni, rel'efi, shaharlari va h.k.) berilgan. Ikkinchidan, tabiat tasviri bilan xo'jalik aholi va shaharlari bir-biri bilan shu qadar uzviy bog'liq holda tasvirlanganki, ular orasida uzilish deyarli sezilmaydi. Uchinchidan, “Boburnoma” umuman, tarixiy-geografik, o'lkashunoslik, keng ma'noda esa mamlakatshunoslik asari sifatida talqin qilinishi mumkin. Bunga asos shuki, muallif bergan xilma-xil ma'lumotlar ko'lami jihatidan juda keng bo'lishiga qaramay, har bir shahar, viloyat hamda mamlakatning o'ziga xos tarixiy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va tabiiy geografik jihatlari bir butun holda yaqqol bo'rtib turadi. To'rtinchidan, “Boburnoma”da shahar va viloyatlarning tabiiy tasviri qiyosiy-geografik usulida berilgan. Masalan, Samarqand tabiati, iqlimi Qobul (Hindiston)ga taqqoslansa, Qobulning tabiati, iqlimi Samarqandga qiyoslanadi. Bu jihatdan olim qiyosiy-geografik, usulni juda yaxshi qo'llagan. Masalan, Bobur samarqand iqlimi haqida “Qishi mahkam sovuqdir, Qori agarchi Qobul qoricha tushmas, Yozlari yaxshi havosi bor, agarchi qobulcha yo'qtur”, – desa, Qobul iqlimi to'g'risida: “Qobul havosidek havoliq er olamida ma'lum emaskim bo'lg'ay. Yozlarda kechalari po'stinsiz yotib bo'lmas, qishlar agarchi qori aksar ulug' tushar vale mufrit sovug'i yo'qtur. Samarqand va Tabriz ham hushhavoliqqa mashhurdir, vale murit sovuqlari bordur” deb yozadi.

Binobarin, olim geografik taqqoslash usulidan juda ustalik bilan foydalana olgan.

Boburning nihoyatda ziyrak geograf, kuzatuvchan tabiatshunos ekanligini yana bir misolda yaqqol ko'rinadi. U Hindiston bilan Afg'oniston tabiatini o'zaro taqqoslar ekan, ular o'rtasidagi juda katta farqni yaqqol ko'rsatadi. Ayni vaqtda: ko'plab qushlarning Hindistonda ham, Afg'onistonda ham tarqalganligiga e'tibor beradi. Bu qushlar geografiyasiga xos ajoyib xususiyat shuki, ular hayvonot olamining eng harakatchan qismi bo'lib, mavsumdan – mavsumga yashash joyini o'zgartiradi. Ularning mana shu xususiyati ham Bobur nazaridan chetda qolmagan. “Boburnoma” o'zbek geografik atamsi va toponimikasi (hatto shaharlar mikrotoponimiyasi) jihatidan katta ilmiy xazinadir. Bu jihatdan “Boburnoma”ni M.Qoshg'ariyning “Devonu lug'otit turk” asariga taqqoslash mumkin xolos.

Nihoyat “Boburnoma”ning tabiiy geografik ahamiyati haqida yana shuni aytish kerakki, asarda tabiat go'zalliklari ehtiros bilan bitilgan satrlar o'quvchida katta estetik zavq uyg'otadi. Tabiatni o'rganish, sezish va ardoqlashga da'vat etadi. Boburning o'zi esa o'lkamizni tasvirlar ekan, uning har bir joyini yaxshi deb maqtaydi, tabiatiga maftun bo'ladi, xorijda uni doimo qumsagan.

“Boburnoma”ning asosiy xususiyatlaridan yana biri o'lkamiz tabiiy resurslarini o'rganishga oid materiallarini keng tadqiq etishidir. Boburning aytishicha, har o'lkaning nufuzi u erning tabiiy boyliklari bilan o'lchanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, “Boburnoma”ning iqtisodiy mohiyati ham kattadir.

Farg'ona vodiysining qazilma boyliklari haqida fikr yuritar ekan. Bobur bu erda feruza, temir, mis va boshqa ma'danlar olishni ko'rsatgan. Bu borada Bobur shunday deydi: “Umar shox Mirzoning zamonlarida qizil bila oq majliq tash ushbu tog'da paydo bo'ldi: Pichoq dastasi va tahban qilurlar, xeyla yaxshi toshdir”. Shu bilan birga Rishton yaqinidagi “Sanggi oyna”, “Temurbek tarixi”dagi ulkan tosh va lak-lak gumbaz g'aroyibotlarini izohlaydi.

Bobur Hindistonning qazilma boyliklari haqida gapirib, bu erda “oltun, tog'larida esa mis bo'ladur”.

Hindistonni olganda, deb yozgan edi Bobur “bir mashhur olmos tushdi. Bu olmos tamoman olamning ikki yarim kunlik xarjiga teng yoki sakkiz misqoldir” “Qizig'i shundaki, mazkur tarixiy olmos er yuzida hozir ham mavjud bo'lib, uning nomi Ko'hinur (ko'hi-tog'; nor-nur, tog' nuri)dir. U hozir Angliya qirolligi qimmatbaho toshlar kollektsiyasida saqlanmoqda. U ikki marta qirralanganligidan 106 karatga (222) teng bo'lib, hanuz o'z jozibadorligi bilan butun insoniyatni o'ziga jalb qilib kelmoqda. U Hindiston bilan Angliya o'rtasidagi siyosatga ham aloqadordir.

Bobur o'z asarida bir qancha tabiiy hodisalarni ham tasvirlagan bo'lib, shulardan biri zilziladir. U 1505 yil muharram oyida yuz bergan zilzila natijasida tog'dan xarsangtoshlar qo'porilganligini, ular o'rnidan suv chiqqanini, imoratlar vayron bo'lganligini va erning ba'zi joylari odam beligacha chuqurligida yorilganini yozadi. Bunday zilzila tabiatda tez-tez uchrab turadigan hodisa deb tushuntiriladi.

“Boburnoma” o'z mohiyati bilan o'lkamiz tarixi, geografiyasi, tabiati, etnografiyasi va madaniyat borasidagi beqiyos manbadir.

Bobur “Boburnoma” asari bilan jahon madaniyati ilm-fanini rivojlantirishga ulkan hissa qo'shdi. Bobur va Boburiylar o'zlarining 350 yildan ortiq hukmronlik davrida O'rta Osiyo, Afg'oniston va Hindiston mamlakatlarini yirik bir davlat ostiga birlashtirishga harakat qildilar, bu esa mazkur xalqlar tarixini rivojlantirishga qo'yilgan muhim olamshumul hissadir.

Bobur Hindiston, O'rta Osiyo, Afg'oniston xalqlari, ularning etnik kelib chiqishi, xususiyatlar, urf-odatlari, tarqalishi, tili, fani va arxitekturasi haqida to'la-to'kis ma'lumotlar to'plagan. Muallif Hindiston, Afg'onistonning diqqatga sazovor joylarini, tabiat manzaralarini mahorat bilan yoritadi va ularni ona-yurti – Andijon, Farg'ona bilan taqqoslaydi.

Ilm-fan va san'at tarixida Bobur va “Boburnoma”ning ahaimyati beqiyosdir, shu sababli ham asrlar o'tishiga qaramay, Bobur qoldirgan meros har tomonlama chuqur tadqiq etilmoqda. Javoharlal Neruning fikricha, Bobur uyg'onish davrining tipik hukmdorlaridan biri, mashhur shaxs, adabiyot, san'atini o'ta qadrlagan, qo'rqmas, tadbirkor, adolatparvar odam edi.

Mashhur sharqshunos Vamberining ta'kidlashicha, Boburning “Boburnoma” asari Yuliy Tsezarning “Komentariya”lari singarijahon adabiyotida katta o'rin egallaydi.

“Boburnoma” arab, fors, hind, ingliz, nemis, frantsuz, golland, turk va rus tillariga tarjima qilingan. Uning ko'pchilik nusxalari Parij, Sankt-Peterburg, Kal'kutta, Agra, London, Amsterdam, Istanbul, moskva kutubxonalarida nodir asarlar qatorida saqlanmoqda.

Bu asar ayrim mamlakatlarning sayyoh va olimlari uchun muhim ahamiyati bor. Ehtimol rus xalqlarining O'rta Osiyo tabiatini o'rganishida ham muhim rol o'ynagan bo'lsa ajab emas.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube