O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Ocharchilik

Ocharchilik
18 Temmuz 2019 - 11:51 'da yuklandi va 558 marta o'qildi.

OChARChILIK
YoHUD TURKISTON FOJEALARIDAN BIR LAVHA

BIZ HOZIR ShUNDAY PAYTGA ETIB KELDIKKI, HAR KUNI O'N MINGLAB KIShILAR KIRILIB KETMOQDA VA ShUNDAY PAYT KELIShI MUMKINKI. BUTUN BIR MILLAT YO'Q BULIB KETADI.
Turor RISQULOV

Har bir millatning o'z o'tmishiga qiziqishi behad kuchaygan hozirgi kunda tariximizning o'qilmagan sahifalarini qayta kashf etayotirmiz. Markaziy matbuot sahifalarida Volga bo'yida 20-yillar boshida va Ukraina hamda Qozog'istonda 30-yillar boshida uyushtirilgan ocharchilik fojealariga oid dahshatli ma'lumotlar ko'p marta berildi. Biroq 1917—1919 yillarda Turkistonni qamrab olgan ocharchilikning og'ir oqibatlari hakida deyarli hech narsa bilmaymiz, yaqin-yaqinlargacha bu fojea tez va muvaffaqiyatli hal etilgan, deb hisoblandi.

Aslida-chi! O'sha davrda e'lon qilingan statistika to'plamlari, arxiv manbalari, davlat arboblari qamda tarixchi olimlarning asarlarini sinchiklab o'rganib chiqib, bu fojea ko'lami jihatidan yuqorida aytilgan HUDUDlardagidan qolishmaganligining guvohi bo'lamiz. Biroq ulardan farqli o'laroq, bizda xalkaro tashkilotlar yordami ham uyushtirilmagan, oziq-ovqat bilan bir qadar ta'minlangan joylarga aholi ko'chirilmagan ham.

Ocharchilik sababi nimalarda edi! 1917 yilgi Oktyabr' to'ntarishiga qadar Turkistonga o'z g'allasi etishmas edi. O'tgan asr oxirlari — asrimiz boshlarida o'lkada bog'-rog', g'alla, poliz va boshka ekin maydonlariniig uzluksiz qiskarishi hisobiga paxta yakkahokimligi kuchayib bordi. 1915 yilda tayyorlanadigan barcha paxta xomashyosiiiig beshdan uch qismi Farg'ona viloyatiga to'g'ri kelardi. Bu erda jami sug'oriladigan maydonlarning 60—80 foizida, ayrim bo'lislarda esa 95 foizida paxta etishtirilardi. Samarqand va Ettisuv viloyatlarida zarur g'allaning bir kismi ekilardi, xolos. Turkistonning to'qimachilik sanoati markazlari va don-dun etishtiriladigan guberniyalardan uzoqligi g'alla tashib keltiri-ni kimmatlashtirar, paxta narxini esa arzon kilib yuborardi. Sobiq sovet davlatining taniqli arboblaridan bo'lgan Turor Risqulov shunday yozgan edi: «Turkistondagi ocharchilik chorizm ekspluatatorlik faoliyati qoldirgan meros va maqalliy xo'jalik yuritish shakllarining qoloqligi tufaylidir». Biroq ocharchilik faqat chorizm tufayli emas edi, bol'sheviklar siyosati ham bunga yaxshigina «qissa» qo'shgan.

Hammasini bir boshidan boshlaylik. Birinchi jaqon urushi Rusiyaning oziq-ovqat bilan ta'minlash ahvolini keskin yomonlashtirdi. 1916 yil oxirlaridan Turkistoiga g'alla yuborish kisqardi. 1917 yil aprelida butun mamlakatda ocharchilik boshlandi. Avgustda mahalliy oziq-ovqat qo'mitalari Vaqtli hukumatni «ocharchilik bilan kurashishga kuch yo'q» mazmunidagi telegrammalarga ko'mib yubordi. Buniig ustiga 1917 yil yozida Turkistonda kurg'oqchilik bo'ldi, bu hol kelgusi yili ham takrorlandi. 1917 yili hosilning atigi chorak qismi olindi. Don mahsulotlari ekish bag'oyat qisqarib ketdi (1916 yil Ko'zg'olonining davom etgani, erkaklarning mardikorlikka olinishi, dehqon xo'jaligining umumiy inkirozi bunga sabab bo'ldi. Lalmikor erlar yaroqsiz holga keldi. Masalan, 1917 yilning kuzida Samarqand uezdidagi Chashmaiob bo'lisida aholi bedadan tayyorlangan yovg'on bilan oziqlangan.

Bir necha o'n yillar chetdan g'alla olgan turkistonliklar, Rusiya bilan iqtisodiy aloqalar to'liq uzilganiga qaramay, o'z ahvolini tezda o'nglay olmadi, biroq sekin-asta paxta maydonini qisqartirib bug'doy, sholi, jo'xori, tarik etishtira boshladilar. Bu hol Turkiston aholisi umumiy farovonligini pasaytirdi, chunki, almashtirishga paxta qolmadi va oziq-ovqat masalasi ham hal bo'lmadi. Ko'pchilik deqkon, chorikor va mardikorlar, shaharliklar, harbiylar keltiriladigan g'allasiz yashay olmas edi.

Sovet hokimiyatining iqtisodiy siyosat bobidagi xatolari o'lganning ustiga tepgan bo'ldi. 1918 yil 28 fevralda Turkiston XKS raisi, bol'shevik F. Kolesovning paxtani odamlardan ochikdan-ochik musodara etish haqidagi dekreti e'lon kilindi. Joylarda mahalliy hokimiyatning o'zboshimchaligi, jabr-zulmi, shaxsiy «hisob-kitob» qilishlar avj oldi. Bundan tashqari, 5 mart kuni paxtamoy sanoati korxonalarini natsionalizatsiya kilish, ya'ni xususiy mulkni davlat mulkiga o'tkazish haqida dekret e'lon qilindi. Qiska muddatda bunday korxonalardan 274 tasi egalaridan tortib olindi. Ilgari chetdan keltirilgan eng yaxshi sifatli g'alladan 3 baravar qimmat turgan paxta endi belgilangan qat'iy narxidan ancha qadrsizlandi; g'allaning narxi osmonga chiqib ketdi. Turkiston aholisiniig taqdiri bir necha kun ichida hal bo'ldi qo'ydi.

Paxtani musodara etish hakidagi dekret «Farg'ona uzra momaqaldiroq kabi gumburladi», deb yozgandi harbiy tarixchi D. Zuev. Uning ta'kidlashicha, bosmachilik deb ataladigan harakat shu paytdan paydo bo'ldi, deqqonlar, aravakashlar, yukchilar va bu kabi yuz minglab kishilar ishsiz koldi. O'sha yillardagi turli siyosiy qarashlar egalari, sotsial-iqtisodiy bo'hronlarni ko'rgan ko'pchilik kishilar shu fikrga ko'shilishadi. Ularning ta'kidlashicha, o'sha davrdagi hukumat rahbarlari bosmachilik harakatining chuqur iqtisodiy sabablarini dastlabki paytda tushunib etmadilar.

Qurg'oqchilik fakat deqkonchilikka emas, shuningdek chorvachilikka ham kuchli zarba berdi, bundan ilgari esa chorva mollari ko'shin uchun safarbar qilingan edi. 1917—1918 yillari suronli kelgan qishda ming-minglab mol qirilib ketdi. Samarqand viloyatidagi ko'chmanchi aholi yashaydigan joylarda chorva mollari 73 foizga kamaydi. Turkrespublikada 1920 yilga kelib, 1917 yilga qaraganda chorva mollari ikki baravar kamayib ketdi, o'ziga to'q xo'jaliklardagina omon koldi. Qurukkina kilib yozilgan bu statistika hisobotlariga nazar tashlagandayok. 1917 yilgi «dunyoni titratgan inkilob» (biz uni har yili 7 noyabrda bayram kilib keldik millionlab oddiy odamlar uchun qanchalik kulfat, azob-uqubatlar keltirganini yaqqol ko'ramiz.

Turkistonda misli ko'rilmagan ocharchilik tufayli daqshatli o'lat, terlama, qing [ya'ni zangila) kasalliklari ommaviy tarkaldi. Och kishilardan iborat olomon non so'rab oziq-ovqat ko'mitasi binosini o'rab oladi. Oziq-ovqat komissarining markazga yo'llagan telegrammalarida aytilishicha, butun o'lkada ahvol juda jiddiy, Turkiston «halokat yoqasida turibdi». 1918 yil yanvarida o'lka oziq-ovqat s'ezdida viloyatlardan kelgan vakillarning aytishicha, «aholining asabi juda taranglashgan. Halitdan dahshatli ocharchilik isyonlari boshlanmoqda».

Grajdanlar urushi boshlanishi bilan ahvol bundan ham og'irlashdi. Ko'pgina tumanlardan ochlikdan o'layotgan odamlar qakida xabarlar kela boshladi. Hammadan ko'ra mahalliy millatlar ko'p jabr chekdi. G. Safarov o'zining «Kolonial'naya revolyutsiya» kitobida yozishicha, «o'zi shusiz ham kambag'al bo'lgan musulmonlarni ocharchilik bundan ham kuchlirok giribonidan oldi».

Ocharchilikdan halok bo'lganlarning aniq hisob-kitobi yo'q. Harbiy harakatlar va transport aloqalari uzilgan sharoitda aniq qisob yuritish qakida so'z bo'lishi mumkinmidi! Buni fakat statistika ma'lumotlari asosida hisob-kitob qilishimiz mumkin: Turkrespublika aholisi 1917—1920 yillar oralig'ida 1 million kishiga — beshdan bir kismiga kiskargan! Hammadan ko'p mehnatga layoqatli erkaklar kirilib ketgan. Ko'chmanchi aholi ko'proq yashaydigan Ettisuv, Sirdaryo, qisman Samarqand viloyatlarida anchagina odam ochlikdan o'ldi.

Samarqand viloyatining Jizzax uezdida 1916 yilgi qo'zg'olondan buyon og'ir ahvol hukm surardi. Ma'lumotlarga ko'ra, 1917—1918 yilgi qahraton qish payti «bu erda aholi pashsha kabi qirilib ketgan… murdalarni yig'ishtirib olishga odam yo'q edi, ularning it va chiyabo'rilardan ortgan qoldiqlari har qadamda uchrar, bu bechoralarning suyaklari 1919 yildagina tugal yig'ishtirib olindi». Atrofda ocharchilik hukmron edi. Omon qolgan ko'chmanchilar Buxoro va ko'shni viloyatlarga ketib qolishdi. Turg'un aholining ahvoli nisbatan tuzuk edi, biroq dehqonchilik bilan shug'ullaniladigan tumanlarda aholi ancha siyraklashib qoldi.

Turor Riskulov Sovetlarning VII s'ezdida butun bir millat yo'q bo'lib ketishi mumkinligi hakida gapirganda uning so'zlarida kuchli dard bor edi. Ocharchilik juda bir oliy nuqtaga etib, kishilar shu darajaga etkazilgan ediki, bu o'lka tarixida bo'lmagan odam go'shti eyish, odamxo'rlik hakidagi faktlar sud ishlarida qaid etila boshladi. Ko'z ko'rib, kuloq eshitmagan bu hodisalar hakida oziq-ovqat komissari, bol'shevik V. Lyapin «Markaziy Rusiyadagi ocharchiliklar Turkistondagi dahshatlar oldida hech narsa emas», deb yozgan edi.

Turkistondagi sovet qokimiyati och kolganlarga yordam uchun turli ko'mitalar tashkil etdi, s'ezd, kurultoy va boshqa yigilishlarda bu masalani ko'p marta ko'rib chiqib, qarorlar qabul qildi. Biroq bu harakatlar kutilgan natijani bermadi. Turli shaharlarda arzon va bepul oshxonalar ochildi. 1918 yilda Turkiston bo'yicha 3 million, 1919 yilning 5 oyi mobaynida esa 32 million tushlik ovqat tashkil etildi. Birok bu raqam bir qarashda ko'pga o'xshab ko'rinsa-da, aslida, har bir och qolgan kishiga o'rta hisobda haftasiga bir yarimta(!) tushlik to'g'ri kelar-di. Umumiy ocharchilik sharoitida bu ovqatlanish joylari-da chayqovchilik kuchayganini ham unutmaslik kerak.

1918 yilda Toshkentda hayr-ehson tashkiloti — och qolganlarga yordam berish Turkiston jamoatchilik tashkiloti tuzilib, u o'lka qishloq xo'jaligi jamiyatining raisi, taniqli olim R. Shreder tashabbusi bilan ish boshladi. Toshkent ijroko'mi qarori bilan bu tashkilot Markazii meqnat kooperativi ixtiyoriga o'tkazildi. Qo'mita arzon oshxonalar tarmog'i va «Bir piyola choy» kafesini tashkil etdi, uni bu ishda mahalliy hokimiyat ko'llab-kuvvatladi. O'z navbatida, bu ko'mita karamog'idagi kooperativ uning faoliyatiga xalaqit berib, oshxonalar kerak emas degan munosabatda bo'ldi. 1919 yil dekabrida oshxonalar mehnat kooperativi ixtiyoriga o'tkazildi.

Bu misoldan ko'rinib turibdiki, davlat organlari bu hayr-eqson tashabbusini nafaqat qo'llab-quvvatlamadi, balki to'sqinlik qilib, och qolganlarga yordamni markazlashtirishga intildi. Shu bois bu muhim ishdagi hayr-ehsonchilik faoliyati keng quloch yozmadi.

Ocharchilik bilan kurash bo'yicha markaziy komissiya qaramog'ida 1919 yil boshiga kelib 800 ming nafar (oldingi yilgidan ancha ko'p), aprel' oyida esa qariyb bir million och qolgan kishilar bor edi. Ayrim ma'lumotlarda bu raqam 1 million 200 ming kishi edi, degan misollar bor.

Ovqatlantirish joylarida och qolganlarni guruhlarga: mehnatga yaroqli, kam quvvatli va kasallarga ajratilgan. Mehnatga yaroqli kishilarni (och qolgan odamlarning yarmi) kasb-qunari bo'yicha guruhlarga bo'lish va ustaxonalar (to'qimachilik va boshkalar) tashkil etish lozim edi.

Bundan tashkari, mehnat birjasi orqali ish topganlarga kam hak to'lanar, ishsizlar undan bo'yin tovlashar-di. Masalan, ekin-tikin ishlariga yuborilgan oila topganini eb bitirar va qishga hech nima kolmasdi. Ayni paytda non evaziga xususiy ishga yollash ham keng tarqalgan bo'lib, o'zaro kelishuv bo'yicha ikkala tomon yil bo'yi ta'minlanardi.

G'alati vaziyat yuz berdi: hamma joida ishchi kuchiga katta eqtiyoj bo'lishiga qaramay och qolgan kishilar taklif etilgan shartlarga ko'nmasdi. Ularni ta'minlashga davlat mablag'i etishmadi. 1919 yil aprelida Turkiston MIQ Ocharchilik bo'yicha komissiyasiga kuzga borib och qolganlar o'z-o'zini boqishi, kiyim-kechak bilan ta'minlashi bo'yicha choralar ko'rishni taklif etdi. O'shanda, Sovetlarning VII s'ezdida ishga layokatli och kolgan kishilarni o'rta qol kishilarga etishtiriladigan ekinlarga sherik, paychi sifatida biriktirib ko'yish (xususiy ishga yollashni konunlashtirish) qakida taklif kiritildi.

Shu yilning bahoriga kelib bu komissiyaning yarim yillik faoliyatiga yakun yasash mumkin edi. Sovetlarning VII s'ezdida T. Riskulov komissiya yakinda tuzilgani va mohiyatan biror narsa kilishga ulgurmaganini kayd etdi. Agar oziq-ovqat bo'yicha komissarlik, O'lka oziq-ovqat direktoriyasi va boshka iqtisodiy organlar bevosita o'z vazifasini bajarganida ocharchilik bilan kurash bo'yicha hech qanday maxsus komissiyalar kerak bo'lmasdi. Bu organlar esa hech narsa qilmadi, bunga toqat qilib bo'lmaydi. Agar millionlab och kolgan kishilar musht o'ktalib, MIQ yoki oziq-ovqat direktoriyasiga kelganlari-da hech kimni sog' qoldirmagan bo'lardi, biroq ular uyushmagan edi. Och-nahor kolgan yo'qsillar ayniqsa mahalliy aholi jimgina jon beraverdi. Risqulov shuni ham ta'kidladiki, «halok bo'lgan bu kishilar… sovet hokimiyatini qutkarib qoldi, deyish mumkin».

MIQning 1919 yil 31 iyul' karori bilan bu komissiya Xalk xo'jaligi markaziy kengashi ixtiyoriga yordamchi organ sifatida o'tkazildi. T. Riskulov ushbu komissiya faoliyati tufayli hayoti saqlab qolinganlarning rasmiy raqamini keltirdi, ular kariyb 1 million kishini tashkil etdi.

Bu kulfatning ko'lami va och aqolining dahshatli ahvolini hukumat a'zolaridan hammasi ham tushunavermadi (ular orasida. masalan, eser K. Uspenskiydan tortib to bol'shevik, o'zini «O'rta Osiyo Lenini» deb atagan I. Tobolingacha bor edi.). Bunga ko'p jihatdan shovinistik munosabat, ya'ni o'zbek, qozoq, kirg'iz, tojik kabi mahalliy millatlarga past nazar bilan qarash sabab bo'ldi.

Sovetlarning VIII s'ezdida rus shovinistlari niqobini yirtib tashlaydigan bir misol keltirildi. Ulug' o'zbek ma'rifatparvari, Turkiston xalklarining mustaqilligi yo'lida fidokorlik va jonbozlik namunalarini ko'rsatgan Munavvar Qori o'z so'zida bunday dedi: «TurkMIQ ga savol berildiki, Perovsk uezdining ko'chmanchi aholisi Oqmo'la viloyatiga ketib kolgani hukumatga ma'lummi, deb. Bunga o'rt. Uspenskiy javob berdi: ha, hukumat biladi, ko'chmanchi aholi ko'chib ketyapti. Bizga esa shu narsa ham ma'lumki, musulmon aholisining 50 foizi ochlikdan o'ldi. Endi, o'rt. Uspenskiyning bunga nima deyishini eshitishni istardik. U har holda shunday degan bo'lardi: ha, o'lish odamlarga xos narsa, shuning uchun ham ular o'lib ketishdi…» Munavvar Qori bu o'tkir kinoyali gap bilan Turkistonning o'sha vaqtdagi rahbarlarini so'z bilan «uzib» olgan edi.

Xullas, 1917 yilda boshlangan oziq-ovqat kahatchiligi 1921 yilga kadar cho'zilib ketdi (Ocharchilik bilan kurashish bo'yicha komissiya fakat 1922 yil 10 oktyabrda tugatildi). Xo'jalik hayotining hamma sohalarida vayronagarchi-lik kuchaydi. 20-yillar boshlarida aqvol sekin-asta o'nglanib bordi, ekin-tikin maydonlari kengayib bordi.

Turkistonda sotsialistik deb atalmish mavhum jamiyat qurilishi «tajriba»laridan biri shunday fojeali tugadi. Hozirgi avlodlar mazkur halokatlar qaytalanmasligi uchun tariximizning bunday o'qilmagan sahifalaridan yaxshi xabardor bo'lishsin. Biz, tarixchilar shunga xizmat qilishimiz kerak.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Muxojir ;

    Xozir aksi bulyapti. Tuklikka shuxlik… Iloxim u kunlar kaytib kelmasin omon!!!

    18/07/2019 18:04
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube