O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Loy jangi” qanday bo'lgan edi?

“Loy jangi” qanday bo'lgan edi?
19 Temmuz 2019 - 10:37 'da yuklandi va 735 marta o'qildi.

 “LOY JANGI” QANDAY BO'LGAN EDI?

Urushlar insoniyat tarixining bir qismi ekan, har zamonda ham harbiy kuch va qudrat davlatning tinchligi va barqarorligida muhim rol' o'ynashda davom etaveradi. U o'z davrining vakili sifatida zamona zo'rniki ekanligini yaxshi bilgan. Zero, hamma davrlarda ham harbiy qudrat siyosiy mavqeni egallab kelgani ayni haqiqatdir. Amir Temur kuchlilarning so'zi o'tkir bo'lgan o'sha zamonlarda ham davlat xavfsizligi va barqarorligi saqlash  uchun harbiy va mudofaa sohasiga katta e'tibor qaratgan. Amir Temur tushunchasiga ko'ra, xalqning boy bo'lishi xazinaning doimo to'lishiga sabab bo'ladi, xazinaning boyligi askarlarning ta'minotiga va doimiy jangovar holatni saqlanishiga ta'sir ko'rsatadi, bu esa davlat sarhadlari va tinchlik-xotirjamlikning saqlanishidagi muhim asoslardandir. Shunday ekan, u mudofaa masalalarini iqtisodni kuchaytirish va xalq daromadini oshirish yo'li bilan hal qilish yo'lidan boradi.

Biz uning faoliyatini kuzatar ekanmiz, dushmanlarni yo'q qilishga zimdan bel bog'lagani va mana shu maqsadiga etishi uchun aql va tadbirlar bilan bosqichma-bosqich vatan ozodligi uchun kurashganini anglab etamiz.

Amir Temurning siyosat sahniga kelishi arafasida mo'g'ullarning zulmi va yurishlari kuchayib ketgandi. Bunga sabab, mo'g'ullarning ichida tarqoqlikning kuchayishi va Mo'g'uliston xoniga bo'ysunmay qo'yishi bo'lsa, ikkinchi tarafdan Movarounnahr ham o'sha paytda mayda hokimliklarga bo'linib ketgan, mamlakat o'zaro gurushlar girdobida qolgan edi. Mo'g'ullar va ularning joylardagi mahalliy boshliqlari o'rtasida ham ko'plab janglar bo'lib o'tgani tarixdan ma'lum.

1364-1365 yillarda mo'g'ullarning O'rta Osiyoga yurishi haqida mish-mishlar kuchayib ketadi. Amir Temur o'z mamlakatini bosqinchilardan tozalash va ularning yurishlirani da'f qilish maqschadida bu haqda o'z qayinog'asi Amir Husaynga xabar beradi.

Bu xabarni eshitgan Amir Husayn mo'g'ullarga qarshi lashkar to'plab, Sammarqandga keladi. Amir Temur ham bu paytda mo'g'ullarga qarshi lashkar to'plab qo'ygandi. Amir Husayn buyrug'iga ko'ra, Po'latbug'o, Zindahashm, Malik Bahodir va boshqa amirlar Amir Temur qo'shini bilan Aqar mavzeida  birlashadi. Bir necha kun otlarga dam berib, Sirdaryodan o'tishadi va dushman lashkari qarshisiga lashkargoh qurib ular bilan jangga hozirlik ko'radilar.

Mana shu erga Amir Husayn ham o'zining katta lashkari bilan etib keladi.

Mo'g'ul lashkari Ilyosxo'janing ko'rguliklari uchun intiqom olishga qasd qilgan bo'lib, bu erda katta urush qilishga bel bog'lagandi.

Amir Husayn vaziyatlarga ko'ra ish ko'rish qobiliyatiga ega bo'lmagan kaltabin va hissiyotlarga beriluvchan hokim edi. U barcha amirlariga nisbatan g'azabnok bo'lib, eng og'ir damlarida jonini xavga qo'yib, jonlarini fido qilishga shay bo'lgan amir-qo'mondonlarining xizmatlarini unutib yuborgandi.  Shu ichki nizolar kuchli bo'lgan davrda Movarounnahr vatanparvar lashkariga mo'g'ullarning ish ko'rgan qo'mondonlari bilan jang qilishiga to'g'ri kelgan. Bu ham ularning boshida kuchli qo'mondonning yo'qligi, hali Amir Temurga bunday imkonning berilmagani sababidan edi. Ana shunday uquvsiz lider Amir Husayn boshchiligidagi qaltis vaziyatda Amir Temurning mo'g'ullarga qarshi jang qilishga to'g'ri kelgandi.  Loy janggi 1365 yil may oyida bo'lib o'tgani barchaga ma'lum.

Ramazon oyining birinchi kuni Bodom suvi bo'yida har ikki tomon jangga hozirlanib va jangovar safga tizilib, muqobil holatni egallashadi.

Amir Husayn Barong'or g'ulida turdi va qanbulida Tilanchi Arlot joy oldi. Hirovulda O'ljoytu va Bahromni qo'ydi. Amir Husayn Po'lodbug'o, Farhod va  Malik Bahodirni qulga nomzod qildi.

tashkil etishgan.

Javong'or – Amir Temur turdi. U o'z qanbuliga Amir Soribug'oni nomzod qildi. Amir Joku, amir Hoji Sayfuddin, amir Muayyad va Amir Abboslarni hirovul tarzida javong'on chekkasiga jo'natdi.  Shunday qilib, jangovar saflar olti g'ulda mustahkamlandi.

Jang kuni to'satdan shamol ko'tarilib, osmonni qora bulutlar qoplagan va misli ko'rilmagan darajada sel quyishni boshlagan. Amir Temur qo'shini jangga kirishgan. Oz fursatda askarlarning kamon cho'zmasi va o'qlarning pati ivib qolgan. Qo'shin butunlay shalabbo bo'lgan. Markab (ot, tuya, miniladigan hayvon)larning yurishga holi qolmagan, ular tizzasigacha loyga botib qolgandi.

Muniddin Natanziy “Aksiga olib bu er shunaqa ediki, andak yog'ingarchilikdan keyin quturgan fil ham undan o'tolmasdi” deb o'sha kuni yoqqan kuchli yomg'irni “Nuh to'foni”ga o'xshatgan.

Mo'g'ul askarlari kapanak (namat chopon) va yomg'irpo'sh kiyib panada jang boshlanishini kutib o'tirgan. Sel avjiga chiqqanda nogohon ular birvakayiga yomg'irpo'sh va kapanaklarini echib tashlab Movarounnahr lashkariga qarshi jangga kirgan.

Amir Husayn son jihatdan mo'g'ul lashkaridan ustun edi. Bu jangda g'alaba qilishga imkon etarli edi.

Amir Temur birinchi hamlada dushmanning o'ng qanotini mag'lub etib, Barong'or o'zagi Shankum no'yon lashkarini oldiga solib quvdi. Mo'g'ullar javong'ori qo'mondoni Dalanjiqa Shiram va Hojim qo'mondon amir Husayn qanbulini joyidan qo'zg'atishdi.

Sher Bahrom amir Husayn g'ulida bir soatga yaqin mardona jang ko'rsatdi. Ammo Shamsiddin mo'g'ul o'zini mahkam tutib, hali jangga kirishmagan edi. Jangda Amir Temur o'n etti jangovar qo'shun bilan Amir Sayfuddin mo'g'ul ustiga tashlanib, bir hamla bilan uni joyidan surib chiqardi. Amir Husayn Amir Temurning shiddatini ko'rib, o'zining qochib ketgan askarlarini to'plashga kirishdi. Mo'g'ullarning qo'mondoni Hojim barong'orning aksar qismini tor-mor etib, mag'lublarningn orqasidan quvdi va qaytib kelgach, Tobon Bahodir va Malik bahodirni amir Husayn oldiga yuborib, ular vositasida ushbu fikrlarni unga etkazdi: “Agar ma'qul bo'lsa hayallamasdan ittifoqlikda hamla qilmoq lozim, tokim dushman batamom da'f qilingay”.

Amir Husayn Amir Temurning fikriga quloq solmadi va qahrlanib bor g'azabini ularga sochdi  va “Mening tadbirkorligim va sardorligim Amir Temurnikidan kammidiki, uning nasihatiga ko'ra ish qilsam! Hoh g'olib, hoh mag'lub bo'lsangiz ham sizning barchangizni bitta qo'ymay o'ldirurman”, deb bahodirlarni urib kaltakladi. U bunga qasam ichdi.  Har ikkala bahodir noumid bo'lib Amir Temur oldiga qaytib, uning otining jilovidan olib, dushmanga qarshi hamla qilishga qo'ymadilar.  Qattiq iltimos va yolvorishlar bilan Amir Temurni jang maydonidan qaytarishdi.

O'sha kuni ikki lashkar janggohni butunlay tark etgach, tunni ba'zilar ot ustida o'tkazishdi, ba'zilar esa qattiq loygarchilik tufayli, qaerga etib bora olgan bo'lsa o'sha erda qoldi.

Amir Husayn Amir Temurni chaqirib kelish uchun uniing oldiga bir necha marta odam yuborsa ham Amir Temur uning oldiga kelmadi. Uning  g'ururi, izzat-nafsi toptalgandi. U Husayn odamlariga : “Qo'shin etakchilari va xos bahodirlar jonbozlik ko'rsatib, qilichbozlikka jiddu-jahd qilmoqdalar. Sen esa buning evaziga hech bir asossiz ranjitmoqdasan. Iltifot bilan ko'ngillarini olish o'rniga, har biriga ming ozor etkazmoqdasanki, bugun sening ushbu qilig'ing tufayli shunchalik obod bir mamlakat begona dushmanga em bo'lish arafasidadir. Xayrixohlar so'ziga esa sen quloq solmaysan”.

Amir Temur bu vaziyatda obod mamlakatning mo'g'ullarga em bo'lish xavfi paydo bo'lganidan qattiq tashvishlangan va mana shu vatan farzandi sifatida el-ulusni muhofaza qilish shartligini yaxshi tushungan.

Ikkinchi kun tongda yana qarama-qarshi kuchlar safga tizilishdi. Endi Movarounnahr askarlari ishtiyoqsizlik bilan jangga kirgandilar. Bugun ham mo'g'ullar qo'mondoni amir Shams o'z joyida mustahkam turdi va muvaffqaiyatlarga erishib, zarba egan lashkarning barqarorligini saqlab turdi. Uzoq mudofaadan keyin Movarounnahr lashkarlari jangni boy berdilar.

Movarounnahr lashkarlari bu jangdan keyin janggohni tark etishdi. Ularning bir qismi Samarqandga, bir qismi Balxga ketdi.

Jangdan keyin Amir Husayn “Ortiq bardosh berishga majol qolmadi. Xotin-bola chaqalarni Jayhun suvidan nariga o'tkazmoq lozim. Tokim, boyakbor bu mamlakatni tark etaylik va o'z jonimizni qutqarish chorasini ko'raylik”deb aytgan.

Amir Temurga bu mag'lubiyat qattiq ta'sir qildi va bir xato tufayli engilish tomon burilgan bu jangni bir umr esida saqlab qoldi. U doimo har bir vazifani o'z vaqtida shiddat bilan bajarish lozimligi haqidagi qat'iy fikrlarga o'sha paytlarda kelgan bo'lsa ajab emas. Amir Husaynning qochish haqidagi fikriga Amir Temur quyidagicha javob bergan: “Nomussiz hayotning qadri yo'qdir va pushaymon bilan zoe ketgan umrni qaytarib bo'lmaydi. Agar ruxsat bersang men Samarqandda qolaman va lashkarlarni to'plab, yana bir bor mo'g'ul bilan jangu jadal qilaman”.

Amir Temur albatta mo'g'ullar bilan jang qilish va ularni Movarounnahr tuprog'idan batamom siqib chiqarishni o'z oldiga qo'ygan va bu maqsadlariga erishish uchun u katta tayyorgarlikni boshlab yuborgandi.

Shohista O'ljaeva,
tarix fanlari doktori

Manba: tho-askar.uz

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube