O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Qonuniy” qaroqchilik

“Qonuniy” qaroqchilik
19 Temmuz 2019 - 10:42 'da yuklandi va 735 marta o'qildi.

“QONUNIY” QAROQChILIK

2019 yil 1 avgustdan kuchga kirishi mo'ljallanayotgan yo'l harakati qoidabuzarligi uchun taklif qilingan jarimalar miqdorini “Qonuniy” qaroqchilik” deb atashdan boshqa nom topolmadim.

Hurmatli qonun chiqaruvchi xonimlar va janoblar!

Sizlar qaysi sayyorada yashayapsizlar? Yoki qaysi sayyoradan kelib qolgansizlar? Nimaga, qanday mantiqqa asoslanib bunday – otning kallasidek jarima miqdorlarini belgilayapsiz?
Jarima miqdori nimadan kelib chiqishi kerak o'zi?.. Aholi olayotgan oylik-maoshlar miqdoridanmi? Unday bo'lsa, nega maoshlar chivindek kichigu jarimalar fildek katta? Qani mutanosiblik?..

Sizlarning maqsadlaringiz nima o'zi? Yurtimizda norozilik kayfiyatini keltirib chiqarishmi? Odamlar qalbiga mavjud hukumatga nisbatan ishonchsizlik urug'ini sepishmi?.. Bu yaxshi ish emas! Men, shu yurtning bir ziyoli vatandoshi, yozuvchisi sifatida, o'lkamda doim tinchlik, osoyishtalik hukm surishini istayman! Demak, siz ovoz berayotgan bu va bu kabi oqibati yaxshi o'ylayman olinayotgan qarorlar mening, vatandoshning istaklariga ziddir!

Siz jarimalar miqdorini belgilayotganingizda dunyoning ilg'or mamlakatlaridagi standartlardan kelib chiqayotgan bo'lsangiz, marhamat qilib, xalqqa o'sha standartlar bo'yicha maosh to'lab qo'ying! Ana undan keyin ko'ring o'z xalqingizning tantiligini: siz o'rnatib bergan jarimalaringizni miq etmay to'laydi. Men bunga ishonaman!

Yana, dunyo standartlari bo'yicha yo'llarni qachon qurasiz?! Mashinalar to'xtaydigan joylarni-chi?! Qaysi tashkilotga borma, o'sha tashkilot atrofida mashina bilan kamida ikki karra aylanib chiqasan. Chunki to'xtagani, mashinani qo'ygani joy topolmaysan. Sen esa aylanaverasan, chunki bu vaqt mobaynida kimdir mashinasini haydab ketaru o'sha erga suqilib olarmikanman, deb umid qilasan. Bu nima degani? Haydovchining xato qilishga va DAN xodimi tomonidan jarima undirishga atayin sabab yaratish deganimi? Uyat degan narsa bormi? Har nima bo'l, insofing bilan bo'l, dermidi xalqimiz? Qaysi asrda, qaysi zamonda yashayapmiz o'zi? Nega zamonaviy bir dunyoda varvarlik qonunlarini qabul qilmoqdasiz?..

Muhtaram xonimlar va janoblar!

Siz ham shu yurtning farzandi bo'lib, o'z vataningizga xizmat qilmoqchi bo'lsangiz, esingizni yig'ing! Hayotga, real vaziyatga, xalqingizning ma'naviy, iqtisodiy ahvoliga mos, munosib qarorlar oling! Toki, mamlakatda tinchlik bo'lsin, hukumat o'z vatandoshidan, vatandosh esa o'z hukumatidan rozi yashasin! Bizga shu kerak, sizga-chi, siz nima istaysiz?!..

Inson dunyoga bir marta keladi. U “baxtli kelajak”ni bir umr kutib yasholmaydi. Shundog'am 27 yil kutdi. Kuta-kuta o'lib ketganlar qancha! Siz nega uning kelajagini ortga surmoqdasiz? Kim sizga bunday huquqni berdi!?.. Sira kelmayotgan “erta”ni hadeb va'da qilavermay, xalqingiz kutayotgan to'kin hayotni siz unga bugun bering! Eshityapsizmi, bugun! Zero, ertaga bunday imkon sizda bo'lmasligi mumkin. Binobarin, yaxshiliklar, ezguliklar qilish imkonidan bugun foydalanib qoling!

Ulug'bek Hamdam

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube