O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Alixonto'ra Sog'uniy

Alixonto'ra Sog'uniy
19 Temmuz 2019 - 10:50 'da yuklandi va 693 marta o'qildi.

“Moziyg'a qarab ish kurmog'liq xayrliqdir”

ALIXONTO'RA SOG'UNIY

Alixonto'ra Sog'uniy jamoat va din arbobi,adib, ilk o'zbek marshali va shuningdek, saraton, bepushtlikni davolagan qo'li engil tabib sifatida tanilgan.

Sovet O'zbekistonida ilk bor payg'ambar Muhammad alayhissalom tarixini yozgan adibdir.

Xayoti:

Xalq orasida Alixonto'ra Sog'uniy nomi bilan tanilgan allomaning asl ismi – Alixonto'ra Shokirxo'ja o'g'lidir. Sog'uniy u kishining ona vatani Balasog'un shahriga bulgan xurmat va e'xtiromi sifatida olgan taxallusidir. U kishi 1885 yilning mart oyida Turkiston o'lkasini Balasog'un shahrida ( xozirgi Qirg'izistonning To'qmoq shahri) o'zbek xonadonida tug'ilgan.

“Uning otasi Shokirxon To'ra asli andijonlik bo'lib, uning nasl-nasabi oliynasab diniy arboblarga borib taqalar edi. Otasi Shokirxon to'ra bolaligidan zehnli va iqtidorli bo'lgan Alixonto'rani akasi Olimxon bilan birga diniy ta'lim-tarbiyasini takomillashtirish maqsadida Makkaga o'qishga olib boradi. O'sha joyda yosh Alixonto'ra ilohiyot ilmlari – tafsir, hadis, fiqh hamda mantiqni, arab va fors tillarini chuqur o'rganadi”.

Manbalarda keltirilishicha, Sog'uniy 1905-1915 yillar oralig'ida Makka va keyinchalik Jidda shahrida tahsil olgan hamda nafaqat islom ilmi, balki Sharq tabobatini ham chuqur o'rgangan.

Keyin esa O'zbekistonga qaytib, ilm olishni Buxoroda davom ettirgan. Uning Buxoro madrasasida islom ilmidan dars bergani, mahalliy masjidda imom-xatiblik qilgani va shu davr oralig'ida asta-sekin siyosat bilan ham qiziqa boshlagani aytiladi.

Uning o'sha davrlarda O'rta Osiyoga egalik qilgan Chor hukumatining mahalliy aholi ustidan ortib borayotgan zulmiga munosabati keskin qarshi bo'lgan.

Madinada o'qib qaytgach, o'sha davr ilm-faniga chanqoq, ijtimoiy voqelikni tushunib etgan fazl-karamli yigit qalbida ona-Vatani mazlum Turkistonga, arosatda yashab kelayotgan jafokash xalqiga xizmat qilish hissi tug'yon urgan. Chor ma'muriyatining erli aholini mardikorlikka olish siyosatiga qarshi chiqqanligi uchun podsho mahfiy politsiyasi ta'qibida bo'ldi. 1916 yil qo'zg'oloni shafqatsizlarcha bostirilgach, siyosiy muhojir o'laroq Qashqar (Xitoy)ga ketdi, keyin Sharqiy Turkiston (G'ulja shahri)ga bordi”.

Ammo yana ayrim manbalarda uning Xitoyga ketishidan oldin o'zbek milliy-ozodlik bosmachilik harakatiga hayrihoh bo'lgani uchun sobiq sovet hukumati tazyiqiga ham uchragani, to'rt martta qamalgani va Sibir lageriga jo'natilishi oldidan etap qilinayotgan paytida qochib, Uyg'uristonga o'tib ketgani aytiladi.

Tabiiyki, “Turkiston qayg'usi” u kishini Xitoyda ham tark etmagan.

“Omma orasida hurriyat g'oyalarini targ'ib qilganligi sababli 1937 yili Xitoy ma'murlari tomonidan hibsga olinib, umrbod qamoq jazosiga hukm etildi. 1941 yili adliyaviy taftish natijasida ozod qilindi. 1944 yil 12 noyabrda Sharqiy Turkiston jumhuriyati e'lon qilinib, Alixonto'ra Muvaqqat inqilobiy hukumat raisligiga saylandi. Milliy qo'shin tashabbuskori bo'ldi va unga qo'mondon etib tayinlandi.
1944 yil 7–10 noyabrda G'ulja qurolli qo'zg'aloni g'alaba qozonadi. O'zbekistonga nisbatan bir necha barobar katta keladigan hududda uyg'ur, qozoq, o'zbek, qirg'iz, tatar va do'ngan xalqlarini mustahkam ishonch va diniy birodarlik asosida birlashtirgan Sharqiy Turkiston jumhuriyati barpo etiladi. Chankayshi va gomindanchilarning 100 ming kishilik armiyasi ketma-ket bo'lgan shiddatli janglarda tor-mor etiladi.

Xalq va armiya oldidagi xizmatlari uchun Alixonto'ra Sog'uniyga marshal unvoni beriladi.

Sovet Ittifoqining shunday biqinida vujudga kelgan, ko'pgina mamlakatlar tan olishi muqarrar bo'lib qolgan Sharqiy Turkiston atalmish musulmon davlati qonxo'r Stalinni dahshatga solgan edi. Shu sababdan Stalinning fosiqlarcha tuzgan rejasi va bol'shevistik ruhda amalga oshirilgan siyosiy nayrang oqibatida Alixonto'ra 1946 yil 28 iyunda G'ulja shahridan o'g'rincha Toshkentga keltiriladi. Xalqning: «Jumhur rais qaerda?» degan savollariga sovet elchixonasi yolg'on javoblar beradi.

O'shanda o'n minglab jonfido vatanparvarlaru necha million ozod Sharqiy Turkiston xalqi mung'ayib qolavergan. Alixonto'ra Sog'uniy dastlab oilasi bilan O'zbekiston respublikasi Markazqo'm bog'ida yashagan. Marshalga ko'z-quloq bo'lib turish «xalqlar otasi» tomonidan shaxsan Usmon Yusupovga topshirilgan ekan. Sovet xuqumati Sog'uniy allomaga davlat miqiyosidagi pensiya tayinlagan.Biroq, bu taqvodor alloma bu pensiyani olishdan bosh tortgan. Chunki, Sovet Ittifoqi Komunistik partiyasi tuzumi g'oyalari alloma Alixonto'ra Sog'uniy xazratlari uchun xarom edi.

Ijodi:

Sog'uniyni ko'proq ikkita kitobi — “Tarixi Muhammadiy” hamda “Turkiston qayg'usi” kitobi orqali yaxshi taniydilar.

Alixonto'ra Sog'uniy Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, Madinai munavvaradagi dorulfununlardan birida tahsil olgan. U qiroat, tafsir, hadis, fiqh, nahv, balog'at, mantiq, tabobat, tarix, siyrat, jo'g'rofiya, nazmu nasr va boshqa fanlar bo'yicha ham etuk mutaxassis bo'lib etishgan.

«Tarixi Muhammadiy» (1959 yili yozib tugatilgan);

«Turkiston qayg'usi» (1966-1973 yillar orasida Toshkentda yozilgan);

«Devoni Sog'uniy» (she'riy to'plam);

«Shifo ul-ilal» («Xastaliklar davosi») va boshqalar.

Tarjimalari:

«Navodir ul-va»;

«Musiqa risolasi» (Darvesh Ali Changiy);

«Buxoro va Movarounnahr tarixi» (Herman Vamberi);

«Temur Tuzuklari» (forsiydan tarjma) va boshqalar.

Alixonto'ra Sog'uniy xazratlari 1976 yil 18 fevralda Toshkent shahrida vafot etdi. Shayx Zayniddin bobo qabristoniga dafn etilgan. Janozasini O'rta Osiyo va Qozog'iston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Ziyovuddinxon Eshon Boboxon o'qiganlar.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube