O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Buni yozganlar bir nechta jurnalistlar, ijodkorlar edi…

Buni yozganlar bir nechta jurnalistlar, ijodkorlar edi…
19 Temmuz 2019 - 11:08 'da yuklandi va 775 marta o'qildi.

Bilasizlar, yaqinda «Matbuotdagi maddohlarga» nomli murojaat e'lon qilgandim. Juda ko'pchilikka ma'qul bo'ldi. Tarmoqda deyarli e'tiroz bo'lmadi. Chunki, hammasi bor gaplar edi.

Mendan xafa bo'lgan jurnalistlar ham bo'ldi. «O'zingiz nimani qotirib qo'yyapsiz?», «Gaplaringiz asossiz, shuning uchun ham maddohlarni nomma-nom sanab yozolmagansiz», «Jurnalist haqida jurnalist bunday yozmasligi kerak», «O'zingizdan qahramon yasamoqchimisiz?» – deyishdi… Bu gaplarga e'tibor bermadim desam, yolg'on gapirgan bo'laman. Bu gaplar unutgan kunlarimni – qon yutgan vaqtlarimizni esimga solgani uchun ham, dilim og'ridi.

«Jurnalist haqida jurnalist bunday yozmasligi kerak», – degan gapdan keyin ko'z o'ngimda hayotimdagi xunuk bir voqea jonlandi:

«Ma'rifat gulshani»ning tuprog'i sovumay turib, ma'lum joyga chaqirishdi meni. Respublika falon idorasiga men haqimda xat boribdi.

«Gazeta faoliyati to'xtatildi, lekin bu jurnalistning faoliyati to'liq tekshirilmadi. Uning diniy mazmundagi maqolalarini va mafkurasini tekshiruvdan o'tkazishingizni talab qilamiz…» – varaq oxiridagi imzolarni ko'rganimdan keyin karaxt bo'lib qolib, xatning qolgan qismini o'qiy olmay qolganman o'shanda. Buni yozganlar bir nechta jurnalistlar, ijodkorlar edi!..

Xullas, maqolalarim jamlanib, tekshiruv va xulosa uchun tegishli qo'mitaga yuborilibdi. O'shanda istalgan odamni tuhmat bilan qamab yuborsa bo'laveradigan vaqtlar edi. Xudodan adolat so'radim, ishimni O'ziga havola qildim. Lekin birortasining yuziga solmadim, ustimdan shunday-shunday yozibsanlar, senlarga nima yomonlik qilgandim, demadim.

O'sha kunlari, tahririyatdagi tushlik payti «Dasturxon ustida boshingizga ro'mol o'rab o'tiringlar», degan oddiy gaplarim ham «Tahririyatdagilarga “ro'mol o'ramasang, ishlatmayman” der ekan», – tarzida aynan ijodkor qavmi orasida duv-duv gap bo'ldi. «Juda haqiqatparast bo'lib ketishuvdi, battar bo'lishsin!» – degan gaplar bo'ldi. Eshitdim. Indamadim. Kutdim.

Ma'lum vaqtdan keyin o'sha qo'mitadan Nuriymon Abulhasan imzosi bilan xulosa xati keldi (u vaqtlarda Nuriymon Abulhasanni tanimasdim, (hozir ham sirtdan taniyman, xolos), tabiiyki, u kishi ham men haqimda bilmagan). Xulosa xatidagi «…keltirilgan ayblovlar asossiz» degan jumladan bildimki, ustimdan ig'vo xati yozganlar juda jiddiy ayblovni ham keltirishgan. Xullas, xulosa xati yuz foiz mening foydamga ishladi. Maqolalarimda mazhabimizga ham, tuzumimizga ham zid hech bir gap yoki ishora yo'qligi alohida ta'kidlangan edi xulosa xatida. To'liq ijobiy mazmundagi, odamlar uchun foydali maqolalar ekani qayd qilingan edi.

Falon idora tekshirayotgan odamlarga ijobiy mazmundagi xulosa berish o'sha vaqtda katta jasorat bo'lgani hisobga olinsa, bu adolatli xulosani berganlardan qanchalar minnatdor bo'lganimni tasavvur qilsangiz kerak. Buning ustiga, bir qancha idoralarga qilgan murojaatlarimiz mutlaqo e'tiborsiz qoldirilayotgan; o'zimizning hamkasblarimiz bizni ko'chada uchratib qolsa, ko'rmaganga olib o'tayotgan; yuzimizga eshiklar yopilayotgan bir paytda…

– Mana, taniydiganlaringizni yanayam yaxshiroq tanib oldingiz, endi shunga yarasha munosabat qilaverasiz-da, opa, – degandi o'shanda xizmat xodimlaridan biri menga achinib ketganini yashirolmay.

Chindanam, men bu ig'vo xatini yozganlarni nomma-nom taniyman. Haliyam ko'chada uchratib qolsam, salomimni kanda qilmayman. Hanuzgacha bu qilmish haqida baralla gapirmaganman. Mana endi aytyapman: «Jurnalist haqida jurnalist bunday yozmasligi kerak», degan ta'nadan keyin…

Men sizlarning ustingizdan ig'vo xati yozmadim, muhtaramlar.

Dilfuza Komil

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube