O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Feysbukdagi toifalar

Feysbukdagi toifalar
21 Temmuz 2019 - 10:00 'da yuklandi va 732 marta o'qildi.

2013 yildan beri fb da javlon urar ekanman. Olti yil bo'libdi. Shu vaqt davomida ko'p narsalarni guvohi bo'ldim. Ko'p insonlar bilan tanishdim. Ko'p insonlarni asl yuzini ko'rdim. Odamlarni tanitishni xohlar edim, ammo Faiziddin aka bu ishni maromiga etkazib ado etdilar.

Ko'plab postlar yozdim. Fikrimni bildirdim. Nimani to'g'ri deb bilsam – shuni yozdim. Kuni kecha Sirojiddin Muhammad bir post yozdi “odamlarni xafa qilib qo'ymay deb bezor bo'ldim. U desam unisi, bu desam bunisi xafa bo'lyapti, endi jim turaman”, dedi. Kulib qo'ydim. Odamlarni rozi qilib bo'lmaydi. Har qanday holatda ham odamlar ayb topadi. Shu uchun birovlarni ko'ngliga qarab emas, haq deb bilgan narsani yozaverish kerak. Bir ikki marta yozsangiz, ancha engil tortasiz. Odamlar fikri bilan yashash ham bir qullik. Doimo fikringizni tsenzura qilib yashashga majbur bo'lasiz.

Fbdagi mashhur bloggerlarni tiniq fikrlashi va mavzuni etkazib bera olishi osmondan paydo bo'lmagan. Ko'p yillik o'qishlari natijasida hosil bo'lgan fikrlar guldastasidan biz bahramand bo'lamiz.

Bir kuni Mirrahmat aka “men yozuvchi emasman. Siz ham yozuvchi emassiz. Sizni ham, meni ham dard yozuvchi qilib yubordi”, dedilar. Haq gapni aytdilar. O'tgan yillar davomida “talant”lar ko'z o'ngimizda “tug'ildi”.

O'zim uchun Azamat Andreev va Jamshid Muslimov kabi gigant bloggerlarni kashf etdim. Ikkisi ham Fb ahli uchun ne'mat bo'ldi.

Sanasa adog'i yo'q ko'plab yaxshi insonlar fikrlaridan rohat olaman. Ustoz Sayfulloh Nosir, Nurulloh Muhammad Roufhonlarni ta'riflashga tilim ojiz.

O'zgacha uslubdagi Bobir aka ham o'z yo'nalishlarida fbda tengsiz.

Fb toifalarga bo'lingan. O'tgan vaqt davomida kim nimaga qodir, kim nimani yaxshi ko'radi, kimga nima ma'qul keladi bilib olasiz.

Post yozsam, nechta like olaman, kimlar like bosadi-yu, kimlar bosmaydi yod bo'lib ketdi.

Har bir yozilgan postni o'z egalari bor.

Pozitiv postni muxlisi ko'p. Shunga yarasha like ham ko'p.

Faqat maqtasangiz like bosadigan toifalar bor.

Faqat tanqid qilsangiz like bosadigan toifalar bor.

Ibratli voqeani ishqibozi ko'p.

Tanqid qilsangiz jim turib o'qib, ichida ma'qullab, like bosgani qo'rqadiganlar bor.

Umuman like bosmaydiganlar bor.

Yoqsa ham yoqmasa ham farqi yo'q. Nomingiz uchun like bosadiganlar bor.

O'qimasdan like bosadiganlar bor.

Hazil post ostida jam bo'ladigan toifalar bor. Hamisha bahor. Bedanaga farqi yo'q. Qaerga borsa pitpildiq.

Xotin, degan so'z ishlatilishi bilan ishtonbog'i echilib, darrov etib keladigan toifalar bor.

Shaxslarni dushman tutgan toifalar bor. Ular yomon ko'rgan shaxsni nomini tilga olishingiz shart emas. Bittasi, desangiz “falonchi”, haqida ekan deb etib keladigan toifalar bor.

O'zidan avliyoulloh yasab olganlar bor. Like bosishni o'ziga ep ko'rmaydi. Tanishlariga ehson tariqasida bosadi. Ammo like olishdan rohatlanib yuraveradi.

Nomingizga e'tibor bermaydigan haqiqiy xolis toifalar bor. Yozgan narsangizni zalvoriga qarab like bosadi. Fikr bildiradi.

Fikrimga qarshi bo'lgan oppozitsioner toifalar bor. Hurmat doirasida fikr bildiradi. Oyna tutadi. Fikrlashib maza qilasiz.

Yozgan postingiz ostida izoh qoldirmay, shaxsiyda fikrini bildiradiganlar bor.

Borligini, yo'qligini bilmaysiz. Arvohga o'xshab kuzatib yuradiganlar bor.

O'zicha do'st bo'lib olib, qarshi tarafga skrinlarni etkazib turadigan quloq toifalar bor.

Qo'liga pop kornni olib, qarshi tarafni skrinlarini sizga jo'natib, ikki tarafni urushtirishdan rohatlanadigan toifalar bor.

Falon narsa haqida yozing, piston narsa haqida yozmang, deb aql o'rgatib, o'zi “qalesla, yaxwimisla, solla yaxwimi?”, deb yuradigan toifalar bor.

Toifalar ko'p. O'lmasak ko'raveramiz ekan. Ayollar haqida gapirmadim. Ular umuman boshqa sayyora.

Sayyid Islom

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube