O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

XX asr boshlarida Turkiston

XX asr boshlarida Turkiston
22 Temmuz 2019 - 9:55 'da yuklandi va 532 marta o'qildi.

XX ASR BOShLARIDA TURKISTON

Turkiston mintaqasi XX asr boshlarida uchta siyosiy birlik: Turkiston general–gubernatorligi, Buxoro amirligi, Xiva xonligi hududlaridan iborat edi. Turkiston general-gubernatorligi yohud Turkiston o'lkasi Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan bo'lsa, Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiyaga qaram bo'lgan yarim mustaqil davlatlar edi.

Turkiston general-gubernatorligining umumiy maydoni XX asr boshlarida 1.738.918 km2 ni tashkil etgan. Aholi soni 1897 yilga birinchi Butunrossiya aholini ro'yxatga olishning to'la bo'lmagan ma'lumotlariga ko'ra, 5.280.983 kishidan iborat bo'lgan. Rossiya statistik boshqarmasining 1914 yilda to'lmagan ma'lumotlariga ko'ra bu ko'rsatkich 6.492.692 kishiga etgan.

Turkiston aholisining umumiy miqdorida o'zbeklar, qozoqlar, qirg'izlar, tojiklar, turkmanlar, qoraqolpoqlar, ko'pchilikni tashkil etganlar. Ularning miqdori 1897 yilda–4.986.324, 1914 yilda–5.941.604 kishidan iborat bo'lgan. Slavyan aholisi (ruslar, ukrainlar, beloruslar) ning soni 1897 yilda – 197.240, 1914 yilda–406.607 kishini tashkil etgan. Bundan tashqari Turkiston aholisining etnik tarkibida boshqa xalqlar ham mavjud bo'lgan.

Podsho Rossiyasi Turkistondagi xonliklar hududining katta qismini bosib olgach, tabiiy resurslarga niholda boy o'lkaga ega bo'ldi. Turkiston o'lkasi oblast (viloyat), uezd, volost (bo'lik), uchastka va oqsoqolliklarga bo'linib boshqarildi. Turkiston general – gubernatori bir vaqtning o'zida Rossiya podshosi noibi (yarim podsho), xarbiy okrug qo'shinlari qo'mondoni, bosh prokuror va bosh mirshab edi. U Buxoro amiri faoliyatini Rossiya imperiyasining Buxorodagi siyosiy agentligi (1885–1917 yy.), Xiva xonini esa Amudaryo bo'limi boshlig'i (1873–1918) orqali nazorat qilib turgan. Turkiston o'lkasi Sirdaryo, Farg'ona, Samarqand, Ettisuv (Semirech'e), Kaspiy-orti (Zakaspiy) viloyatlari hamda Amudaryo bo'limiga bo'lingan edi. Viloyatlar oq podsho tayinlagan harbiy gubernatorlar tomonidan boshqarilar edi.

Sirdaryo viloyati Toshkent, Avliyo ota, qazali, Perovsk, Chimkent; Farg'ona viloyati Marg'ilon, Andijon, qo'qon, Namangan, O'sh; Samarqand viloyati Jizzah, Kattaqo'rg'on, Xo'jand, Samarqand; Ettisuv viloyati Verniy, Jarkent, Kopal, Lepsinsk, Pshipak, Prjeval'sk; Kaspiyorti viloyati Ashxobod, Krasnovodsk, Mang'ishloq, Marv, Tajan kabi uezdlarga bo'lingan.

XX asr boshlarida Turkiston o'lkasida mustamlakachilik va ulug' millatchilikka asoslangan siyosiy–ma'muriy tizim hukm surgan. Rossiya hukumati o'zbek va boshqa tub xalqlarga siyosiy va insoniy huquqlar berishni xayoliga ham keltirmagan. Rossiya matbuoti va ilmiy asarlarida Turkiston o'lkasi ochiqdan–ochiq «Rossiya mustamlakasi» nomi bilan izohlangan. Xatto ahvol shu darajaga borib etganki «Russkiy Turkestan» («Rus Turkistoni») atamasini ishlatish odat tusiga aylandi. Shuningdek, tub xalqlar, o'zbeklar, qozoqlar deb asl nomlari bilan emas, balki «inorodets» («begona zot»), tuzemets («erli aholi») deb yuritilgan. Mustaqillikning yo'qotilishi, siyosiy xavfsizlik va adolatsizlik, butun jamiyat aholini Rossiya davlatiga qarshi kuchni muxolifatga aylantirdi. Ularning orasida tub xalqlar yuqori tabaqalarining ilg'or vakillari ham bo'lib, ozodlik g'oyalari borgan sari kuch-quvvatga to'lib bordi. Bu ilg'or keyinchalik jadidlar siyosiy faoliyatining asosini tashkil qildi.

XX asr boshlarida Buxoro amirini hududi 225 000 km2 ni tashkil etgan. Amirlik hududi bu paytda 28 ta beklik, poytaxt Buxoro atroflari esa 9 ta tuman, ular o'z navbatida 125 ta amlokdorlikka va 10 000 dan ortiq oqsoqolliklarga bo'lingan. Poytaxt atrofidagi tumanlar va Buxoro shahrini amir nomidan qushbegi–Bosh Vazir boshqargan. Bu ma'muriy bo'linish fuqaroga yaxshiroq xizmat ko'rsatish manfaatini ham unchalik qondirmas edi.

Buxoro aholisi ko'p millatli edi. Ularning miqdori taxminan 2–2,5 mln. kishi bo'lgan. Bu erda o'zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qozoqlar, qirg'izlar, qoraqolpoqlar, buxoro yahudiylari, forslar va arablar istiqomat qilar edi.

Amirlikda aholining ko'pchiligi–1,5 mln. kishini o'zbeklar tashkil etgan. Mamlakat aholisining asosiy qismini dehqonlar, chorvadorlar va shahar hunarmandlari (kosiblar)dan iborat bo'lgan.

Rossiya imperiyasining Siyosiy agenti Buxoro amiri va uning aloqadorlari ustidan maxfiy nazorat va kuzatuv olib boruvchi markaz vazifasini ado etgan. 1895 yil 1 yanvardan Buxoro amirligini Rossiya bojxona tizimiga kiritilishi ham mustamlakachilik siyosatining bir ko'rinishi bo'ldi. Imperiyaning XX asr boshlarida Buxoroda o'tkazgan pul islohoti ham ana shu maqsadga qaratilgan edi. Bojxona sohasida davlat mustaqilligining yo'qotilishi va Buxoro tangasi (milliy valyuta)ning rus rubliga bo'ysundirilishi Buxorni Rossiyaning xom ashyo makoni va arzon bozoriga aylantirishda muhim bosqich bo'ldi.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube