O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Qadimiy tariximizni o'ziniki qilib olishga urinayotgan falsifikatorlarga

Qadimiy tariximizni o'ziniki qilib olishga urinayotgan falsifikatorlarga
22 Temmuz 2019 - 10:08 'da yuklandi va 609 marta o'qildi.

BIZNING QADIMIY TARIXIMIZNI O'ZINIKI QILIB OLIShGA URINAYoTGAN BA'ZI FALSIFIKATORLARGA TIL UChIDA TURGAN SO'ZLARIMIZ

Keyingi paytlarda “Toshkent qozoqlarniki”, “Samarqand, Buxoro tarixdan Tojikiston erlari bo'lgan” degan qarashlar kuchayib ketdi va sabr-toqat qilishimizga qaramasdan ba'zi soxta tarixchilar ura-uraga berilib ketdilar. Biz tarixchi sifatida mana shu fikrlarga o'zimizning fikr-mulohazalarimizni bildirib qo'yishlikni lozim topdik.

Ba'zi bir olimlikdan yiroq, hissiyotlarga berilgan tarixchilarning fikriga ko'ra, “Toshkent qozoqlarga qarashli va u qozoqlarniki bo'lishi kerak”. Bir o'ylab ko'raylik: Toshkentning tarixi necha ming yilliklarga borib taqaladi? Qozoq xonligining tarixi 550 yillik tarixga ega deb sanasak va ularning ko'chmanchi chorvador ekanligini inobatga olsak, ular o'troq hayot kechirmaganlar, o'zlarining yashash manzillarini o'zgartirib turganlar. Shuning uchun ham Samarqand, Buxoro kabi ko'xna o'troq madaniy markazlar ularda kamdan-kam uchrashi mumkin. Faqat tarixiy-siyosiy voqealar ularni mana shu hududlarga siljishiga sababchi bo'lgan. Qozoq xalqi asosan ko'chmanchi bo'lgani tufayli cho'l va dasht hududlarida yashab umrguzaronlik qilib kelganlar. Toshkentda qozoq tili va madaniyatiga oid qaysi asarlar yaratilibdi-ki, Toshkent qozoqlarniki bo'lsa?! Ba'zi bir soxta tarixchilar qachongacha falsifkatsiya va bir xalqni boshqalardan ustun qo'yadigan buyuk tarixchilik bilan shug'ullanadilar?!

Bu kabi soxta uydirma tarixlar aslida bugungi O'zbekistonning hududiy yaxlitligiga rahna soladi. Ular Toshkent bekligini “Tashkentskoe xanstva” deb ham falsifikatsiya qiladilar. Ahmad Yassaviy asarining tili qaysi til edi? U o'z asarini qozoq tilida yozganmidi? O'tror, Isfijob, Turkiston va boshqa shaharlar azaldan o'troq o'zbeklar makoni bo'lib, ijtimoiy-siyosiy tariximizning bir qismi hisoblanadi. Afsuski, Stalin boshliq sovetlarning milliy-hududiy chegaralanish o'tkazishi sababli mana shu ko'rguliklar boshimizga tushgan. Aslida qozoq, qirg'iz, turkman va o'zbeklarni bir-biridan ajratib bo'ladimi?

Ular qavm-qarindosh, azaliy qon-qardoshlik rishtalari bilan bog'langan elning o'rtasiga bu kabi ig'voyu fasodlar tarqatish kimlarning foydasiga ishlashi mumkin?! Bu ham xalqlar o'rtasiga nizo solishning bir usuli emasmikan?! Biz Qozog'istonni hamkor va kelajagi buyuk davlat sifatida ko'ramiz, lekin ularning ba'zi tarixchilarining bizning milliy suverintetga tegadigan gaplarini aslida tushuna olmay qolmoqdamiz.

Har ikki davlat rahbarlarimiz nimalar haqida do'stona kelishuvlar qilmoqdalar, ikki xalqlarning qon-qarindosh ekanligini har doim ta'kidlab kelayaptilar-u, boshqalar mana shu hamkorlikka soya solmoqdalar. Bizning ham “falon-falon hududlar bizniki” deb chiqishimizga tarixiy dalil va asoslarimiz juda ko'p. Biz suverenitet qoidalariga asosan, azbaroyi boshqalarni hurmat qilganimiz tufayli bu masalalarni ko'tarmayapmiz. Boshqalarni hurmat qilishni qachon O'rta Osiyo tarixchilari o'rganadalar?

Aslida Samarqand va Buxoro turkiy xalqlarning azaliy maskanidir. Xalqaro rasmiy yozuvlar va davlat boshqaruv ishlari fors tilida yuritilgani uchun fors tilini o'rgangan ikki tilli turkiy xalqlar ham tojikka chiqarib qo'yilmoqda. Hozir o'zbeklar O'rta Osiyoda necha nufuzni tashkil etadi, tojiklar-chi? Qaysi biri ko'p va uzoq tarixga ega?! Bobur ham fors tilini yaxshi bilgan, ammo u turkiy zotlardan edi, mang'itlardan bo'lgan Amir Olimxon ham fors tilida ish olib borgan. Xuddiki sovet davrida rus tilida davlat ishlari olib borilgani kabi hujjatlarga qarab kelajak avlod “bu erlarda ruslar yashagan” degan fikrlarni ilgari surishi kerakmi? Zamon taqozosiga ko'ra, xalqaro munosabatlarda yozuv-chizuv ishlari fors tilida olib borilgan bo'lsa (u aynan tojik tili bilan bir xil emas!) bu davlat forslarniki bo'lib qoladimi?! Hozir ingliz tilida olib borsak keyingi avlodlar tarixida inglizlar bu tarixga sohib chiqishlari kerakmi? Rus tilida so'zlashuvchi o'zbeklarni ham ruslar ruslar deb da'vo qilishi kerakmi?! Rus bosqiniga qadar qozoq erlarining katta qismi Qo'qon xonligiga qarashli bo'lgan.

Undan oldin Xorazmshohlar, Amir Temur, xonliklar davrida ham xuddi shunday bo'lgan. Shu sulolalarning qaysi biri tojik yoki qozoq millatiga mansub edi? Buyuk Amir Temur Evroosiyoni birlashtirgan ulug' zot edi va unga Vizantiyadek shon-shavkatga burkangan davlat ham vassal hisoblanardi. Evropani va ruslarni dushmanlar qutqusidan qutqargan edi. Agar boshqalarda shunday tarix bo'lgan taqdirda butun Evroosiyo hududlariga da'vo qilib chiqarnkanlar-da?!

Ismoil Somoniyni aytasizmi? Ularning avlodlari turkiyligini tarixiy dalillar va faktlar isbot etadi. Boshqalarning tsivilizatsiyasi tarixiga hasad qilmasdan havas qilish, haqiqatni tan olish yo'lidan borgan odam yutadi. O'rta Osiyo tarixida o'zbeklar o'ziga xos o'rin tutadi. O'zlarining madaniyati, tarixiy xizmatlari, ma'naviyati, qadriyatlari, insoniyat tsivilizatsiyasiga qo'shgan hissalari bilan butun dunyoda e'tirof etiladi. Bugun bizning tariximiz, ma'naviyatimizga hujum uyushtirilmoqda. Bu sharoitda tarixchi olimlarimiz turli tillarda asoslantirilgan maqolalar yozib internet saytlariga turli tillarda joylashtirishlari kerakka o'xshaydi. “Bu borada O'ZFA Sharqshunoslik va Tarix instituti olimlari katta ishlar olib borishlari kerak” deb hisoblaymiz.

Shohista O'ljaeva

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • xakikat ;

    shu toshkentni rostanam kazoklarga bervorish kerak,prezidentu ministrigacha bervoraylik,shu ugrilar ketsa Uzbekiston anik rivojlanib ketadi,bu Shavkat akaniyam kallasida ishkali bormi deyman prezident bulganidan buyogiga fakat buzadi,bu tentak oldin kurishni urgansin,shunakanggi axmok odam ekan kanchadan kancha odamlarni kuchada koldirdi,minglagan xalkni kargishini olib baraka toparmikan

    22/07/2019 23:42
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube