O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Haqnazarovning haqiqatlari

Haqnazarovning haqiqatlari
22 Temmuz 2019 - 15:40 'da yuklandi va 632 marta o'qildi.

20 iyul' kuni O'zbekiston Xalq artisti Zohid Haqnazarov 82 yoshida olamdan o'tdi. 21 iyul' kuni Toshkentda dafn qilindi. Men Zohid Haqnazarovni millat taraqqiëti uchun kurashgan oydin fikrli jadid sifatida tanigandim.

Ilk marta Zohid Haqnazarovni 1977 yili Urganchdagi teatr sahnasida ko'rgan edim. Simfonik orkestr kontsertiga biz o'quvchi bolalarni jamoa tarzida majburan olib kelishgan edi. Boshidanoq biz bolalar simfonik kontsertga qarshi muxolif ruxda edik. Ammo kontsert boshlanishidan oldin Zohid aka yarim soat va'z qilib¸ orkestr nimaligi va uning tarixiy kelib chiqishi haqida biz bolalarga hijjalab tushuntirdi.

Chaykovskiyning beshinchi simfoniyasi va Antonio Vival'dining “Yil fasllari” musiqiy kompozitsiyasini o'shanda ilk bor jonli ijroda eshitgan edim.

Dirijër supasida turgan Haqnazarov 100 ga yaqin cholg'uchini qo'lidagi taëqcha bilan sehrgar kabi boshqarardi.

O'ta sokin boshlangan musiqa saslari Zohid akaning bir ishorasi bilan po'rtanali hayqiriqqa aylanardi. Barabanlar ovozi saksofonlar nolasiga esh bo'lib ruhimni ag'dar -to'ntar qilgandi.

Aynan shu kontsert bois klassik musiqaga mehr uyg'ongan edi qalbimda.

Kontsertning ertasiga shahardagi kinoteatrda Stanislav Govoruxin suratga olgan Robinzon Kruzo fil'mini ko'rdim.

Fil'm davomida yangragan Antonio Vival'di musiqasi nazarimda Zohid Haqnazarov taëqchasi bilan boshqarilaëtganday edi…

Oradan 10 yilcha vaqt o'tdi. Bu orada men Toshkentdagi konservatoriya binosida va Sverdlov kontsert zalida Haqnazarov dirijërlik qilgan kontsertlarda Antonio Vival'di musiqasiini qayta-qayta eshitdim.

Nazarimda bu musiqa kimsasiz orol tutqunligia tushgan bechora matros Kruzoning erkinlik uchun kurashi dostoniga mengzardi.

O'zbeklardan etishib chiqqan ilk dirijërlardan biri bo'lgan Zohid Haqnazarov ijodi klassik musiqa dunësi bilan chambarchas bog'liq.

Shu bilan birga Zohid Haqnazarov bir ziëli sifatida millat taqdiridagi burilish nuqtalarida o'z dunëqarashini dadil bildirib keldi.

Haqnazarov 1988 yilda ilk qadamlarini qo'ya boshlagan o'zbek muxolifatchilarining oldingi safida edi.

1988 yili Toshkentning Pushkin ko'chasi 1- uyida joylashgan Ëzuvchilar uyushmasida Zohid Haqnazarovni siësiy faol sifatida tanidim.

Shoir Muhammad Solih¸ rassom Bahodir Jalol kabi ziëlilar qatorida xalq artisti Zohid Haqnazarov ham O'zbekiston mustaqilligi uchun kurash jabhasiga kirgan edi.

Zohid Haqnazarov O'zbekistonda “Birlik” Xalq harakati asoschilaridan biri va hamraisi bo'lgan.

Muxolifat etakchilari mamlakatni tark etganida Zohid Haqnazarov O'zbekistonda qolib, demokratik boshqaruvning diktaturadan afzal ekanligini jamiyatga uqtirishda davom etdi.

Karimovga maktub ëzgan dirijër

U 2003 yili O'zbekistonda og'ir iqtisodiy va siyosiy vaziyat yuzaga kelganini aytib marhum prezident Islom Karimovga ochiq xat yozgan edi.

Zohid Haqnazarov xalqdan tortib olingan demokratiyani qaytarish, so'z va matbuot erkinligini joriy qilish, siyosiy partiya va harakatlarning O'zbekistonda faoliyat yuritishiga, hukumatni tanqid qilishga ruxsat berishni talab qilgan.

O'zining ochiq maktubida Zohid Haqnazarov Karimovdan o'zgacha fikrlovchi insonlarga bosimni to'xtatish, qo'shni mamlakatlar bilan chegaralarni ochishni ham talab qilgandi.

“Haqnazarov”ni himoya qilgan Haqnazarov

Zohid Haqnazarov “Usmon Haqnqazarov” taxallusi ostida maqola ëzgan jurnalist Bobomurod Abdullaevning qamoqqa olinishiga norozilik bildirgan va Prezident Mirziyoevdan jurnalistni ozod qilishni so'rab murojaat etgan edi.

“… 26 yil mobaynida jallod Islom Karimov buyrug'i bilan qotilliklarni boshidan kechirgan o'zbek xalqini, o'zbeklarni himoya qilayotgan mard yigitimizga ming rahmat deyishimiz va bugunning o'zidayoq unga haykal qo'yishimiz kerak. Qachongacha bir-birimizning boshimizni eb, boshqa xalqlar oldida sharmanda bo'lib yuramiz? Uyat!

Men O'zbekiston prezidenti Sh. M.Mirziyoev Konstitutsiyamiz garanti sifatida so'z erkinligini saqlab, yigitimiz Abdullaev-Haqnazarovni ozodlikka chiqishiga o'zlarini insoniy hissalarini qo'shishini istardim…”,deya murojaat qilgan edi Zohid Haqnazarov.

Zohid Haqnazorov jamiyatdagi muammolar haqida tanqidiy fikrlarini Ozodlik radiosi orqali ochiq va dadil bildirib kelgan edi. Shu bilan birga Haqnazarov klassik musiqa bilan bog'liq faoliyatini ham samarali davom ettirdi.

Haqnazarov Malayziya poytaxti Kuala Lumpurdagi simfonik orkestrni tashkil qilgan musiqachi sifatida tarixga kirdi.

Zohid Haqnazarov 2012 yilda dirijërlik san'ati haqida kitob ëzgani ortidan u bilan suhbatlashgan edim.

“Mamlakat bir kishi jilovida bo'lmasin”

O'zbeklar totalitarizm zanjirlaridan qutulmog'i uchun mamlakat ichkarisida faol muxolifat lozim¸ degan Haqnazarov “Orkestrni bir odam boshqaradi¸ davlatni esa birgina odam boshqara olmaydi” degan fikrni bildirgandi.

2012 yili aytilgan bu fikr bugun dolzarbday ko'rinadi.

Haqnazarov bilan 2012 yildagi suhbatni quyida tinglash mumkin:

Xalq artisti va xalq dardkashi

O'zbek Sovet ektsiklopediyasida ëzilishicha¸ Zohid Haqnazarov 1937 yil 12 noyabrda Toshkentda tug'ilgan.

1963 yili Moskva Konservatoriyasini dirijyorlik mutaxassisligi bo'yicha tugatgan.

1979 yilgacha O'zbek Davlat filarmoniyasi simfonik orkestriga rahbarlik qilgan.

1978 yilda O'zbekiston xalq artisti¸ 1982 yilda esa professor unvonlarini olgan. 1984 yilgacha Toshkent Davlat konservatoriyasiga rahbarlik qilgan.1969 yili KPSSga a'zo bo'lgan. 1988 yilda KPSSni tark qilib O'zbekiston Birlik xalq harakatiga a'zo bo'lib kirgan.

Haqnazarov 1982 yili Rimda o'tkazilgan xalqaro dirijyorlar konkursida diplom bilan taqdirlangan ilk o'zbek san'atkoridir.

Zohid Haqnazarovning yaqinlariga ta'ziya izhor etaman.

Shuhrat Bobojon

Manba: “Ozodlik” radiosi

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube