O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Alisher Navoiy, g'isht, ohak va keramika

Alisher Navoiy, g'isht, ohak va keramika
22 Temmuz 2019 - 19:22 'da yuklandi va 861 marta o'qildi.

(Bugun yosh Navoiyshunos olim Akrom Malikning ozodlikdan mahrum etilganiga roppa-posa 3 yil to'ldi. . . . 2016 yilning 22 iyul kuni Akrom Malikov uydirma ayblovlar bilan qo'lga olingan edi. . . )

Dastlab navoiyshunoslikka doir tadqiqotlari bilan tanilgan, qamalgach, Abdulloh Nusrat taxallusi bilan siyosiy maqolalar ham yozgani yuzaga chiqqan Akrom Malik bugun 6 yillik qamoq jazosini Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan 48-(avvalgi 69) manzil-muassasada o'tab kelmoqda.

Akrom Malik “Xamsa”ni Alisher Navoiy fenomenining muhim manbasi sifatida o'rganishni boshlagan edi. U o'zbek adabiyotshunosligiga qadimgi yunon va XX asr boshlaridagi G'arb olimlarining qarashlarini tadqiq qilib, fenomen va fenomenologik metod atamasini olib kirayotgan edi.

O'zbek ilm-fanida hali-hanuz o'rganilmagan fenomenologiya yo'nalishining aniq, konseptual jihatlarini Suqrot, Arastu, Aflotun kabi qadimgi yunon mutafakkirlari va Edmund Husserl, Gadamer, Diltey, Erix From kabi XX asr Ovrupo olimlarining nazariyalarini musulmon Sharqining buyuk sufiy shoirlari Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning falsafasi bilan ham qiyosiy, ham tahliliy o'rganish misolida ochib bermoqchi edi.

Akrom Malik bu boradagi tezislarini yozib yurgani, ko'rgan manbalarini ustozlari O'zbekistonning eng yirik navoiyshunoslari D. Yusupova, R. Zohidov, O. Davlatov, U. Jöraqulov hamda Sh. Sirojiddinovlar bilan o'rtoqlashgani bizga ma'lum.

U Alisher Navoiy falsafasini bugungi dunyodagi real ahamiyati haqida bosh qotirar, shoir g'oyalari zamonaviy odamlar ongi va hissiyotiga qanday ta'sir etishini analizdan o'tkazishga qiziqardi. Bu boradagi izlanishlarini AQShning Prinston universitetida bo'lib o'tadigan xalqaro ilmiy konferensiyada keng jamoatchilikka etkazish niyatida edi.

Ammo Akrom Malikning haqiqatparvarligi va mustabid rejimlarda oqlanmaydigan taraqqiyparvar siyosiy qarashlari 2016-yil 22-iyul kuni uning qamalib ketishiga olib keldi.

Alisher Navoiyning muhibi Navoiy shahridagi 4-(avvalgi 29) qamoqda qiynoqqa solindi, g'isht va ohak zavodlarida majburan ishlatildi. Akrom Malik jazoning uchdan bir qismini o'tagach, kodekslarda belgilangan insonparvarlik dalolatnomasi qo'llanishi asosida manzil-muassasaga ko'chirildi.

Bu erda ilmiy faoliyatda to'xtamadi va “Alisher Navoiyning Iloh, olam va odam haqidagi falsafasi” nomli tadqiqotini ziyouz.com saytida e'lon qildirdi.

O'z yurtdoshi taqdiriga befarq bo'lmagan o'zbekistonliklarning besh yuz nafardan ko'prog'i uning ozod etilishini so'rab 2019-yil 4-fevral kuni petitsiya orqali Respublika prezidenti Shavkat Mirziyoevga murojaat qilishdi. Petitsiyaga hukumat javob bermadi. 2019 yilning 8 may kuni Akrom Malikning advokatlari Oliy sudga shikoyat arizasi topshirdilar. Unda Akrom Malikning nohaq qamalgani isbotlanib, uni oqlash zarurligi so'ralgandi.

Shu asnoda yosh navoiyshunosning prezident Shavkat Mirziyoevga ochiq xati internet saytlarida e'lon qilindi. Oradan ikki oy ötib, ya'ni 2019 yilning iyul oyi boshlarida Oliy sud hay'ati shikoyat arizasini rad qildi va Akrom Malikning prezidentga yo'llagan ochiq xati ham ochiq qoldi.

Advokatlar esa o'tgan hafta Oliy sud raisi o'rinbosariga va Respublik Bosh prokuroriga Akrom Malik ishini qayta ko'rishlarini so'rab ariza kiritdilar.

Ayni paytda Akrom Malik o'zi saqlanayotgan manzil-muassasa ma'muriyatining shartnomasi asosida Toshkent shahridagi keramika zavodida menejer sifatida ishlayapti. Ma'lumotlarga ko'ra, mazkur zavodni modernizatsiya qilayotgan xorijiy keramika mutaxassislari ishchi mahkumlar orasidan Akrom Malik bilan ishlash istagini bildirganlar. Akrom Malik bu taklifni qabul qilgan va keramika sohasidagi yangiliklarni amaliyotga joriy qilishga bel bog'lagan. Zavod rahbariyati Akrom Malikning ishchanligi, io'chilarni boshqarishdagi bag'rikengligini, mas'uliyatini va qisqa fursatda yuzaga chiqayotgan yaxshi natijalarni e'tirof etmoqdalar.

Alisher Navoiy keng siyosiy va jamoatchilik ishlari bilan bir qatorda juda ko'p qurilishlarni amalga oshirgan, me'morchilik bilan shug'ullangan va bu hol uning ijodiga aslo xalal bermagan. Ozodlikda yurgan paytlarida keramika sohasidan mutlaqo bexabar bo'lgan, she'riyat muxlisi Akrom Malikning qamoq sharoitida bu masalada ish boshqaruvchi o'laroq muvaffaqiyatga erishayotgani uning buyuk ajdodlarimizga munosib bo'lishga intilishi yoki amaliy faoliyatlardagi qobiliyati bilan izohlansa, ne ajab.

Biz ko'p hollarda ko'p jiddiy mavzular kabi o'zimizdagi siyosiy mahkumlar haqida BBC, Ozodlik yoki Amerika ovozi kabi baynalmilal axborot manbalaridan ma'lumot olamiz.

Ammo yurtimizda faoliyat olib borayotgan ba'zi saytlar ham Akrom Malikning taqdiriga befarq emas. Xususan, sof. uz sayti u haqdagi yangiliklarni 2017 yildan buyon e'lon qilib keladi. Shuningdek, 2019 yilning may oyida human.uz saytida jurnalist Muslim Mirzajonov Akrom Malik bilan video intervyu otkazish taklifini bergan. Akrom Malik bu taklifni qabul qilgan, ammo ruxsat Respublika Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasidan berilishini aytgan. Human.uz saytining Respublika Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga Akrom Malik bilan video suhbat o'tkazish masalasida ruxsat so'rab qilgan murojaati qondirilmagan ko'rinadi, bu borada biror amaliy ish bo'lgani yo'q. Va biz hamon Akrom Malik va boshqa siyosiy mahkumlar haqida xorij saytlaridan bilib olyapmiz.

Qamalganiga rosa uch yil to'lgan Akrom Malikka tez orada ozodlik tilab, maqolaga nuqta qo'yamiz.

Malohat EShONQULOVA

***

AKROM MALIK IJODIDAN:

Og'zida suv tutgan qaldirg'och

Ibrohim alayhissalom Namrudni yakka Allohga sig'inishga va tavba qilishga chaqirdilar. Namrud o'zini xudo deb o'ylab yurgani uchun Ibrohimni, alayhissalom, olovga otishga buyurdi. Shirk ahli Ibrohimni, alayhissalom, yondirish uchun o'tin yig'a boshladi. Erda bir chumoli ham mayda cho'pakni ko'tarib o'tin g'aramiga yurdi. Samoda bir qaldirg'och og'zida tomchi suv tutib yoqilajak alangani o'chirgani qanot qoqdi.

Aytadilarki, chumolining bir cho'pagi olovni kuchlantirolmaydi, qaldirg'och keltirgan tomchi suv o'tni o'chira olmaydi. Ammo chumoli shirk, yolg'on va zulm tarafida, qaldirg'och tavhid, haq va hurriyat tarafida.

Zotan, har Namrudni ogoh etuvchi bir Ibrohim hamma zamonda bo'ladi, Ibrohimlarga najot berguvchi Alloh esa hikmat sohibidir. Ibrohimni o'tga tashlanishini ham, uni qutqarishni ham hikmat ila iroda qilgan Udir.

***

Yo Robbim, najot ber, yordam ber O'zing,
Rahm ayla, dunyoning zindoni dahshat.
Dahshatki, Iymonning savdosi unda,
Dahshatki, har kuni qorong'u hasrat.

Bizni zulmatlardan nurlarga chiqar,
Shaytonlar ustidan g'olib et, Alloh!
Haqni haq deb, haq so'z tomonda
Jonni bermoq tolib et, Alloh.

Akrom Malik

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Muxojir ;

    Iloxim yuzi eruk bb sog salomat chiksin.

    23/07/2019 12:17
  • Muxojir Novqatlik ;

    Sen kabi zavodda men xam ishlab juda qiynalgan edim.Ammo meni qamashganlar Alloxni dushmanlari edi.Meni qiynalganim Alloxni dinini oliy qilishlik uchun bo'lgan edi alxamdulillax !!!

    23/07/2019 05:12
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube