O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

“Paxta”ning eng oliy navi

“Paxta”ning eng oliy navi
23 Temmuz 2019 - 9:48 'da yuklandi va 633 marta o'qildi.

Musannif Adham

SO'Z ERKINLIGI YaXShI NARSA. ShUNChALIK YaXShIKI, UNDAN HATTO TO'LQIN EShBEKLAR HAM JO'ShIB MADDOHLIK QILISh, LAGANBARDORLIKNI QIYoMIGA ETKAZISh, PAXTANING ENG OLIY NAVLISINI QO'YISh UChUN FOYDALANA OLADI:

***

(Maqola qisqartirib berildi)

Katta karvon yo'ldan adashmas yoxud Birinchi Prezidentimizning suyangan tog'lari
(https://kun.uz/news/2019/07/22/katta-karvon-yoldan-adashmas-yoxud-birinchi-prezidentimizning-suyangan-toglari?fbclid=IwAR0fj-_F5cEfSkH7n3xNttJq3VORBISh90GK2stT07KqPxzwWbcrnP9nrBw)

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi To'lqin Eshbekning «Katta karvon yo'ldan adashmas yoxud Birinchi Prezidentimizning suyangan tog'lari» sarlavhali maqolasi UzA saytida e'lon qilindi.

Maqolada davlat va jamoat arboblari, Ismoil Jo'rabekov va Bo'ritosh Shodieva, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda bu shaxslarning faoliyatiga oid muqaddam e'lon qilingan maqolalar haqida so'z yuritiladi.

G'oyat ulkan, zalvorli karvon!

Mustaqilligimiz asoschisi deya e'tirof etilgan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bu karvonga roppa-rosa 27 yil sarbonlik qildi. Dastlabki davr – 1989-1991 yillar benihoya og'ir va xatarli damlar edi. Sobiq ittifoqda hech bir respublika rahbari o'zi bilganicha yoki xohlaganicha siyosat yurgizishi mumkin emasdi. Karvonning jilovi Moskvada edi…

Shunday og'ir va murakkab zamonda Islom Abdug'anevich juda katta jasorat va siyosiy mahorat bilan O'zbekistonni istiqlol sari boshlab keldi.

Shu o'rinda ikkita mulohaza.

Birinchisi, rahmatli Sharof Rashidovdan keyin O'zbekiston ancha yillar rahbarga yolchimay qolganini ko'rib, aziyat chekkan edik. Xudo ko'rsatmasin, o'sha tahlikali o'tish yillarida kunimiz nomunosib kimsalarga qolganida bormidi… Bunday mustaqil davlat, dorilomon hayotni tushimizda ham ko'rmasmidik…

Ikkinchisi, O'zbekistonni istiqlol sari boshlashdek g'oyat zalvorli ishni birgina shaxs bilan bog'lamasligimiz kerak. Bitta shaxs hamma muammoni yolg'iz o'zi hal etolmasligi kunday ravshan. Respublika etakchisi bo'lgan Islom Karimov atrofida, qolaversa, Qoraqalpog'istondan tortib barcha viloyatlarda yuzlab rahbar-kadrlar, mutasaddilar, deputatlar, ziyolilar, yozuvchi-shoirlar ham eng shimarib kurashganlarini yaxshi bilamiz. Faqat, mustabid tuzum davridan qolgan aqida: jamiyatdagi barcha islohotlar, bunyodkorlik va boshqa yutuqlarni birinchi shaxs nomi bilan ulug'lab gapirish «odati» qolmagandi…

Aytaylik, mamlakatimizda qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirishda Ismoil Jo'rabekovning xizmatlari qanchalik ulkanligini yaxshi bilardik. Oddiy odamlar orasida u kishi haqida «Prezidentning eng ishongan kadri» degan fikr yurardi. Biroq, bu ulug' siymoni ibrat qilib ko'rsatadigan biror ocherk yoki maqola yozilganini bilmayman.

Yana bir ulug' siymo – Bo'ritosh Shodievani ham butun xalqimiz yaxshi bilar, hurmat qilar, ko'pchilik haqli ravishda faxrlanardi. 1999-2000 yillarda men Oliy Majlis binosi birinchi qavatida joylashgan Markaziy saylov komissiyasi Matubot guruhida faoliyat ko'rsatgan davrimda ko'p deputatlar faoliyatini yaqindan o'rganib, hatto «O'zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyatning jamoatchilik bilan aloqalari va ommaviy axborot vositalari» degan mavzuda nomzodlik dissertatsiyasi ham yozib, himoya qilganman. O'sha kezlarda Oliy Majlis raisining o'rinbosari lavozimida faoliyat ko'rsatgan Bo'ritosh Shodieva haqida ham oddiy odamlar «Prezidentning eng ishongan kadri» degan fikrda edi. Afsuski, bu fidoyi opa haqida ham esda qoladigan ocherk o'qimadim…

Kezi kelganda shunday siymolar haqida «Vatan arboblari» degan turkum ocherklar yozgim keladi va albatta yozaman ham!…

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov vafotidan keyin xalqimiz yana shunday sinovlarni boshidan kechirmoqda. «Qoralash boshlansa» ustamonlar tosh otishga payt poylab turishgani sir emas… Kimnidir yomonlab, kimgadir yaxshi ko'rinaman, deydiganlardan hech qachon yaxshilik chiqmaydi.

Mard va olijanob Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o'z vaqtida Birinchi Prezidentimiz faoliyatiga bergan eng xolis siyosiy bahoni butun xalqimiz juda qoniqish bilan qabul qildi. Bu haqda yana bilishni istaganlar davlatimiz rahbarining «Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz» («O'zbekiston», 2017 yil), «Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz» (1-jild. «O'zbekiston», 2017 yil), «Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir» (2-jild. «O'zbekiston», 2018 yil) deb nomlangan kitoblaridan teran nigoh ila o'qib olishlari mumkin.

Tagsarlavhamizni «Birinchi Prezidentimizning suyangan tog'lari» deb yozgan edik. Xo'sh, o'sha tog'lar kimlar edi, degan savolga endi muxtasar javob aytsak bo'ladi. Yuqorida so'nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv bo'lgan ikki siymo nomini tilga olgan edik. Agar ro'yxatni ulardan boshlasak, bu yog'i mubolag'asiz – yigirma milliondan oshishi aniq! (Bu ro'yxatga hali ona suti og'zidan ketmagan yoshlarni sun'iy ravishda kiritmadik). Ular – 1989 yilda voyaga etib, es-hushini tanigan avloddan tortib bugungi kungacha yurt ravnaqi yo'lida halol mehnat qilib kelayotgan zamondoshlarimizdir…

Shundoq islohotlar izchil davom etayotgan bir pallada jamiyatimiz hayotini yanada murakkablashtirishga, odamlarda norozi kayfiyat uyg'otishga chiranganlar Birinchi Prezidentimizning ruhini bezovta qilishga urinmoqda…

Shukrki, yurtimizdan millat g'ururini, o'tgan ajdodlar ruhini toptaydigan nomard chiqqani yo'q! Hech qachon chiqmasa ham kerak! Faqat, yurtdan o'zlaricha bosh olib ketgan to'rt-beshta alamzada ijtimoiy tarmoqlar orqali bearmon yomonlab kelmoqda. Ularga nisbatan yurtimizda «It hurar, karvon o'tar» maqoliga monand munosabatda bo'lib kelinmoqda. Ular ming yomonlamasin, rahmatli Birinchi Prezidentimiz yomonotliq bo'lib qolmaydi! Qolaversa, inson sha'ni qonun bilan himoyalanishini ham unutmaslik kerak. Har kim o'z qilmishi, nojo'ya gap-so'zlari uchun bu dunyoi u dunyo javob berishi azaliy hikmatdir…

Jurnalistik kuzatuvim va o'zimga yarasha fikrimga ega ijodkorman. O'tgan davr mobaynida jamiyatimizda yuz bergan salbiy holatlar, korruptsiya va boshqa illatlar haqida ham yaxshi bilaman.

Yillar mobaynida paydo bo'lgan muammolarni ijobiy hal etishga dadil kirishgan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning islohotlarini butun xalqimiz sidqidildan qo'llab-quvvatlamoqda! Davlatimiz rahbarining salbiy illatlarga qarshi kurashdagi matonatiga hamma birdek tan bermoqda…

Ismoil Jo'rabekov bilan suhbat qilgan jurnalist hamkasbimiz maqolasiga «Ko'prik yoxud Prezidentning bajarilmagan topshirig'i» deya sarlavha qo'yishidan maqsadi – shov-shuvga o'chroq o'quvchilarning e'tiborini qozonish bo'lgani sezilib turibdi-ku.

Bo'ritosh Shodieva bilan suhbat qilgan hamkasbimiz ham «O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning maxfiy topshirig'i» deb sarlavha qo'yish bilan qanday maqsadni ko'zlagani ayondir.

Har ikkala suhbatda ham Birinchi Prezidentimizning Oliy bosh qo'mondon sifatidagi qirralari o'ziga xos ravishda ochib berilgan xolos. O'sha davrda uning suyangan tog'lari bo'lgan siymolar ham biror salbiy gap aytishmagan.

Ikkala suhbat ham endigina mustaqil davlat sifatida qaddini rostlayotgan O'zbekistonimizni yovuz kuchlardan asrash yo'lida yuz bergan voqealar haqida. O'sha davrdagi Oliy bosh qo'mondonimizning harbiy taktikasi xotirlangan xolos. Bu mavzu hamma uchun qiziqarli, albatta. Biroq, bu gaplardan biror fojia yasashga hojat yo'q-ku…

Ilgari bunday mazmundagi maqola yo suhbatlar xorijiy saytlarda yoritilar va go'yo ular «qahramon»ga aylanishardi. So'z erkinligi keng quloch yozayotgan so'nggi yillarda O'zA undanda dadil mavzulari bilan axborot maydonini zabt etayotgani quvonarli hol. O'zAni hamma birdek kuzatib turganini feysbukda hozirjavoblik bilan yoritilayotgan munosabatlardan ham bilsa bo'ladi. Ko'p shovvozlar O'zAni manba sifatida ko'rsatgan holda fikrnomalarini bayon etishayotir. Bu fikrlar, munosabatlar orasida xalqchil, haqqoniy mulohazalar ham kam emas. Ba'zilarini o'qib, milliy uyg'oqlik, vatanparvarlik tuyg'ularini his etayotganlarga tasanno aytging keladi. Demak, ona Vatanimiz taqdiriga befarq qaramaydigan fidoyilar ko'pligidan xursand bo'lasan. Biroq, mudom suvni loyqalatishni «kasb» qilib olgan ayrim kimsalar bilib-bilmay, o'ylamay-netmay, mavzuning mohiyatiga uncha tushunmay o'zgalarga loy chaplayotganlari juda taajjubli holdir. Umrini el-u yurt xizmatiga baxshida etib kelayotgan davlat va jamoat arbobi Bo'ritosh Shodieva sha'niga to'g'ri kelmaydigan ba'zi gaplarni o'qib, ochig'i, juda ranjidim. Zamonamiz To'marisi deya e'zozlashga munosib bo'lgan hurmatli opamizni sadoqat timsoli, degim keladi. Uning sadoqatini ona Vatani, xalqi, ko'p yillar bir safda faoliyat ko'rsatgan Birinchi Prezidentimiz va hamkasblariga bo'lgan hurmat-e'tibori misolida ham ko'rish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda rosa shov-shuv qilsak bo'ladigan yana bir qiziq mavzu chiqib qoldi. Mazkur maqolamning dastlabki variantini saytimizda yoritgan kunim yoshi saksonga yaqinlashayotgan hurmatli ustozlarimdan biri menga qo'ng'iroq qildi:

– Hammaning dilidagi gaplarni yozibsiz,– dedi avval tabriklagan bo'lib. Keyin xomush ohangda davom etdi – Afsuski, ba'zilar suvni loyqalatishga, hamma yoqni alg'ov-dalg'ov qilishga urinayotganga o'xshaydi. Uyalmay-netmay mening huzurimga kelib, nima deydi deng: «Birinchi Prezidentimizning xatolarini fosh qiladigan, qoralaydigan davr keldi. Ana, falonchi-pismadonchilar bilganlarini aytdi. Siz ham uning yonida ko'p yurgansiz. Xatolari haqida interv'yu bering yoki o'zingiz yozasizmi?». Kutilmagan bu gap menga qattiq zarbadek ta'sir qildi…

– O'sha odamning kimligini aytsangiz, o'zim bir gaplashib ko'rardim, – dedim bosiqlik bilan. – Qani maqsadlari nima ekan?..

– U bilan suhbatimiz oxiriga etmadi, – dedi suhbatdoshim endi jo'shqin bir ohangda. – O'zim bir o'rganay-chi, keyin, kerak bo'lsa boplab adabini beramiz!

Demak, masala ravshan. Yuqoridagi suhbatlarni uyushtirishlari va interv'yu berganlarni ijtimoiy tarmoqlarda yomonotliq qilishlari ham tasodifiy emas. Katta yoshdagilarning qo'li bilan Birinchi Prezidentimizga tosh otish, keyin internetda kimligini tanib bo'lmaydigan kimsalar nomidan bugungi millat etakchilarini yomonotliq qilish rejasi puxta ishlab chiqilganga o'xshaydi…

Oriyatli insonlar Vatan uchun jonini baxshida etib ketganlarning qadriga etadigan mard va jo'mard bo'ladilar. Ular hech qachon o'z manfaatlari uchun kechagi kuniga, o'z burchini bajarib ketgan Birinchi Prezidentiga tosh otishlariga aslo yo'l qo'ymaydi!…

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Jorj Vashingtondan yo Mustafo Kamol Otaturkdan qaeri kam?

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 1 Yorum )

  • Muxojir ;

    Beting kursin. Ulgandayam paxta kuyur. Ziyolikmush yana.

    25/07/2019 06:23
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube