O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Shu kunlar yaqinlashdimikin?

Shu kunlar yaqinlashdimikin?
23 Temmuz 2019 - 10:18 'da yuklandi va 955 marta o'qildi.

Garchi shu kunga qadar Prezident Shavkat Mirziyoev Islom Karimov boshqargan davr haqida ӯzining salbiy munosabatlarini ӯta ehtiyotkorona, shu bilan birga, mavhum tarzda va umumlashtirgan holda bildirgan bӯlsa-da, hech qachon Ustozining nomini ochiq tarzda tilga olib, Karimov nomi bilan bog'liq biror bir voqelikni konkret tanqid qilmagan.

Biroq shu kunlarda matbuotda, ayrim minbarlarda sobiq prezident, millat dushmani Islom Karimovning kirdikorlari, nayranglari, shafqatsizliklari, zulmlari haqida oshkora gapirila boshlandi. Menimcha, gapiruvchilar sobiq prezidentni ӯz-ӯzidan emas, Kattaning ruxsati bilan xotirlamoqda, aniqroq aytadigan bӯlsak, Katta ӯzi aytolmaydigan gaplarni kazo-kazolar orqali ayttirmoqda, ya'ni Putincha diplomatiya ishga solinmoqda. (Bu borada og'zi shaloq Vladimir Jirinovskiyning bir paytlari Ӯrta Osiyo davlatlariga tashlagan qarmog'i nazarda tutilmoqda).

Aslida Bosh vazir Abdulla Aripov ham Karimovga qaratilgan “Dangasamish, dangasa bӯlmasin desang ish bilan ta'minlab qӯy edi” degan nafratomuz sӯzlarini minbarda davlat rahbarining ruxsatisiz aytganiga ishonish qiyin.

Xuddi shunday Ismoil Jӯrabekov ham Afg'oniston bilan Ӯzbekistonni bog'lovchi kӯprik haqidagi xotiralarini Shavkat Mirziyoev bilan maslahatlashgan holda ommaga oshkor qilgan bӯlishi ehtimoldan xoli emas. Chunki mamlakatda Karimovning xotirasi abadiylashtirilgan, poytaxtda va viloyatlarda haykallar ӯrnatilgan bir paytda Ismoil Jӯrabekovning sobiq Prezident haqida amaldagi Prezident bilan maslahatlashmasdan bunday tarzda oshkora javob berishi totalitar Ӯzbekiston sharoitida aqlga sig'adigan ish emas.

Rosti, Ismoil Jӯrabekovning xotiralarini ӯqib, titrab ketdim. Boshqalar qalbida ham nafrat vujudga kelgan bӯlishi ehtimoldan xoli emas. E'tibor bering:

–Ko'prikdan o'tishim bilan yana qo'ng'iroq bo'ldi.

– Nima qilding? Portlatdingmi yo'qmi?

– Muzokaramiz…

– Men seni muzokara olib borishga emas, yurtimizga bo'ladigan xavfni bartaraf qilishga yubordim.

– O'rtoq Prezident…

– Gapimni bo'lma! Agar yarim soatdan keyin ko'prik portlamasa, bilib qo'y, qamalasan!

– Vaziyatni yumshataman…

– Mamlakat taqdiri uchun men javobgarman. Bir to'da odamlarni deb, butun xalqimning hayotini tahlikaga qo'ya olmayman. Sen buni tushunasanmi, o'zi?..

Mana sizu biz 27 yil davomida ishongan, sha'niga madhiyalar bitib kӯklarga kӯtargan davlat rahbarining shafqatsizliklari. Menimcha, bu “xamir uchidan patir” bӯlishi ham mumkin. Nahotki..?

P.S. Xӯsh, nega bu haqida yozgim kelib qoldi?

Mening qalbimda Mirziyoevga yana bir bor umid paydo bӯlgandek. Fikrimcha, Prezident ayni chog'da kimlardir “aytayotgan” Ustozining kirdikorlarini yaqin kunlar ichida ӯz og'zi bilan xalqiga ma'lum qiladi. Turg'unlik davriga xolis baho beradi. Chunki Prezident: “Eh-he, bu boshlar nelarni kӯrmadi? Bosh omon bӯlsa vaqti-soati kelsa hammasini sizlarga aytib beraman” degandilar. Shu kunlar yaqinlashdimikin?

Sizu bizning kimlargadir bergan va'dalarimiz unutilishi mumkin, ammo Prezidentning va'dalarini hech kim, hech qachon unuta olmasa kerak.

Ruzibay Azimiy

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    I.Karimov: “Bir to'da odamlarni deb, butun xalqimning hayotini tahlikaga qo'ya olmayman” – degan bo'lsa, uni halqparvar deb tushinish kerak emasmi?

    23/07/2019 14:44
  • Muxojir ;

    Tezrok aytsalaruuu, eshitishni istardik…

    23/07/2019 12:37
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube