O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Said Abdulaziz Yusupov ishi haqida ba'zi qo'shimcha xulosalar

Said Abdulaziz Yusupov ishi haqida ba'zi qo'shimcha xulosalar
26 Temmuz 2019 - 11:43 'da yuklandi va 1294 marta o'qildi.

SAID ABDULAZIZ YuSUPOV IShI HAQIDA BA'ZI QO'ShIMChA XULOSALAR:

1. Firibgarlik ayblovi. Yusupovga pul berib, yillar davomida ololmaganini da'vo qiluvchilar videosi chiqqandan keyin ko'pchilik fikr berishga ikkilanib qoldi. Lekin bir narsani yaxshi tushunish kerakki, Yusupovga jinoiy ish ochishdan asosiy maqsad bu da'volar emas. Farazan, da'vogarlar ayblanuvchi bilan oldi-berdi qilgani rost desak ham, va u pullarni vaqtida qaytarolmagan bo'lganida ham, unga qo'llanilayotgan protsessual qoidalarning qo'pol buzilishi, oilasiga ham tahdidlar bo'layotgani bu ishning aynan siyosiy ish ekanligiga yaqqol dalil bo'lib turibdi.

Xususan:
Advokati bilan surunkali ko'rishtirmaslik. Sog'ligi doimiy parvarishni talab qiladigan holatda ataylab sog'lig'ini yomonlashtiruvchi munosabatda bo'linayotgani belgilari. (Oyoqlari tromblar ta'siridan qorayib ketganligi, tibbiy ko'rikning yaqinlari guvohligisiz eng ichida o'tkazilgani, ko'rikda qatnashgan OAV vakillarining sirli jimligi). Eng neytral odam ham unga qiynoq qo'llanilayotgani ehtimoli kuchli ekanligini tan oladi.

2. “O'zi xavfsizlik xizmati nomidan ish olib borgan ekan, ayb o'zida, davlat organi nomini o'rtaga qo'yib, oddiy ishni siyosiy jarayonga aylantirdi”, degan fikrga javob.

Avvalo biror fuqaroning (jurnalistmi, ziyolimi, tarjimonmi, texnik xodimmi)maxsus vazifalar doirasida Davlat Xavfsizlik Xizmati bergan vaqtinchalik vakolat bilan ish olib borishi hayron qoladigan narsa emas. DXX nizomida “bu organ xavfsizlikni ta'minlashda xalq xizmati va yordamiga suyanadi” deb ta'kidlangan.

Bir necha yillar oldin ingliz tili repetitori bilan gaplashib qolganimda aytgan edi. “Ba'zan yarim tunda ham SNBdan qo'ng'iroq qilib chaqirtirishadi, katta xajmdagi chet tilidagi yozishmalar va xatlarni zudlik bilan qisqa muddatda o'zbek (yoki rus?) tiliga o'girish kerak bo'ladi. Tongotar tarjima qilib chiqqan paytimiz ham bo'lgan. Lekin mehnatimga roziman va oz bo'lsada xavfsizlik ishiga hissa qo'shganimdan faxrlanaman”, degan ma'noda. O'zimga ham bir MXX da ishlaydigan mahalladoshim suhbat orasida “masalan, sening biror texnologiya sohasidagi bilimlaringga davlat ehtiyoj sezsa, kerak bo'lsa sendan ham foydalanishadi, bu xavfsizlik tizimi sifatli ishlashi uchun zarur narsa”, degan edi. (“Ol-a, ularning kuni menga o'xshagan samouchkalarga qolsa, o'libdi endi”, degandim. Ichimda.)

Endi Yusupov chet eldagi muxolifat vakillari bilan muzokaralar olib borishga vakil qilingani ma'lum. Bunda u faqatgina DXX nomidan ish olib bora olardi, xolos. Nega? Faraz qilaylik, Yusupov muxolifat vakili bilan ma'lum kelishuvga erishdi. Endi u muxolifatchi kelishuvlar bajarilishi qanday kafolatlanishi haqida so'raydi. Yusupov nima deydi? “Mana meni chin jurnalistlik so'zim, xech kim tegmaydi”, deb kulgiga qoladimi? Yo'q. U albatta aytadiki: “Chet el muxolifati tomonidan bo'ladigan holatlar va siyosiy xavfsizlikni ta'minlashga hozir ham DXX Prezident oldida javobgar va vakolatli. Men DXX vakolati va kafolati asosida gaplashishga keldim. Men kelishuv xulosasini ularga etkazaman, ular tasdiqlasa, ana shunda kelishuv shartlari davlat nomidan kafolatlangan bo'ladi”. Boshqa hech qaysi tashkilot bunday vakolat berishga haqqiyam, duxiyam yo'q.

Bunday rasmiy vakolat berilganini Said Abdulazizning ota-onalari ham xabardor bo'lishgan. Bundan DXX raisi ham xabardor bo'lgan. Bundan Ismat Xushev ham xabardor bo'lgan. (Bu vakolat og'zaki berilgani ehtimoli katta. Sababini quyida aytaman.)
Endi shunda ham “DXX nomini sotib yurgan ekan”, deb ayblash bu xavfli narsa (asli kulgili, lekin buni xuddi katta aybini kashf qilgandek ta'kidlanishi jiddiy xavotirga soladi.)

3. Sir emaski, hozir bizda siyosiy va iqtisodiy ta'sir doiralarini taqsimlash jarayoni avjida. (Sabablari va oqibatlari alohida mavzu.) Siyosiy kuchga ega bo'lishda kattayu kichik richaglar ishga solinayapti. Xorijdagi muxolifat bilan aloqa o'rnatilishi va Muhammad Solihning qaytishi haqidagi signallar ham shu richaglardan biri. Bunaqa paytda o'rtada turgan vositachi qilich tig'i ustidagi odam hisoblanadi. Chunki, bir tomonning ta'siri kuchli kelib, ish o'xshasa, u qahramonga aylanadi. Aksi bo'lib, narigi tomon bosib ketib, reja amalga oshmay qolsa, u “buzg'unchi xoin”ga aylanadi va ko'pincha “kozyol otpuщeniya” bo'lib, boshida tayoq sinadi.

Muhim nuqta bor. Siyosiy adolat ustivor bo'lmagan hollarda, vositachilikka iloji boricha bo'ynida biror rasmiy aybi bor yoki biror aybga tortishga rostmi-yolg'onmi, asos bor odam tanlashga xarakat qilinadi. Va muzokara vakolatlari rasman emas, og'zaki beriladi. Nega? Ish o'xshamasa, tomonlar kelisholmay qolsa, kelishuvga ko'nmagan tomonga norozilik signali berish va muzokara maxfiy punktlari oshkor bo'lmasligi uchun vositachini xibsda saqlashga “fortochka” qoldirish uchun. Shuning uchun ham siyosiy adolat o'rnashmagan muhitda siyosat iflos o'yinga aylanib ketaveradi, odamlar taqdirini o'yin qilib o'ynaydi. O'rtada turib, ikki tomonni kelishtirishga vositachi bo'lib, xizmati evaziga o'ta nohaq jazolar olganlar uzoq-yaqin tarixda minglab.

Yusupov saviyali tahlilchi va jurnalist sifatida qanday tavakkal ish ichida ekanligini bilganiga shubham yo'q. Qamoqda turib, “mayli bu ichkaridagi gaplar tashqariga chiqmay qo'yaqolsin, Prezident va davlat sha'niga yomon gap tarqab yurmasin”, ma'nosida gapirgani bunga bir dalil.

4. “Uxlab ketgan” pullar masalasi. Da'vogarlar pul bergani farazan rost deb olsak ham, gapidan ma'lum bo'ladiki, Yusupov pullarni shunchaki eb-ichib yubormagan. Foyda keltiradigan ishlab chiqarishga yoki Prezident haqidagi yangi kitobini chop etish xarajatlariga tikkanini aytib, pullarni qaytarishga qo'shimcha muhlat so'ragan. Kitob rostdan ham chop etilganini hisobga olsak, va bu kitobni chop etishga zimdan qarshiliklar bo'lib, muddati kechikkanini hisobga olsak, da'vogarlar gapi rost bo'lsa, Yusupovni juda borsa, “o'ziga bog'liq bo'lmagan sabablar bilan pullarni vaqtida qaytarishga ulgurmaganlik”da ayblash mumkin, xolos. Buni nari borsa, “bankrotlik” deyilardi, aslo “firibgarlik” emas.

(Izohlarda bir odam aytdiki, uning tanishlari ham Yusupov bilan oldi-berdisi bo'lgan, ularga pulni kechikib bo'lsa-da, to'liq qaytargan.)

(Videoda chiqqan da'vogarlardan biri, “Yusupovdan pullarni qaytarishni talab qilganimda farzandim haqida gapirib, yashirin tahdid qilib gapirdi”, degani kuchli shubha uyg'otdi. Oddiy qarz oldi-berdisida bunaqa oilasi yoki farzandiga zarar etkazish ishorasini qilish uchun odam yo gapining jiddiyligini anglamaydigan g'irt dumbul-ahmoq bo'lishi kerak, yo o'taketgan sadistik-mafioz kayfiyatdagi “konchenniy” noinsof bo'lishi kerak. Uncha muncha tuban odam ham bu gapni jiddiy natijaga erishish yo'lida so'nggi chora sifatida ishlatadi. Saviyali tahlilchi, amalda jonkuyar ziyoli sifatida taniganim Said Abdulaziz oddiy gap orasida qarz qistovidan vaqtincha qutulish uchun bu gapni aytganini tasavvur qilib ko'rdim, aqlga to'g'ri kelmaydi. O'sha da'vogarning boshqa gaplarini bilmadim-ku, aynan shu gapi ayblovni kuchaytirish uchun qasddan bo'rttirgandek tushundim.)

Lekin yuqorida aytilganidek, uni hibsda saqlayotganlarga buning unchalik ahamiyati ham yo'q aslida. Yusupov birovdan bir tiyin olmagan bo'lgan taqdirda ham boshqa ayblov bilan baribir hibsga olinishi kimlargadir kerak bo'lgan. Prezidentga murojaat qilgan videosida “ikki soat qidirgan farzandimni, qaytib ko'rmasliging mumkin, deb tahdid qilishgach, soxta ayblovlarni bo'ynimga olib, qo'l qo'yishga majbur bo'lgandim”, degan edi. Demak, uni istagan payt qamoqqa olish va vazifalaridan chetlashtirish uchun “predoxranitel' – dejurniy stat'ya” yasab qo'yishgan. Va Yusupov shuncha yillar mobaynida “tig' ustida” ekanligini anglagan holda faoliyat yuritgan, ko'rsatuvlar tayyorlagan, muzokaralar qilgan, OAV lar rivoji uchun ishlagan… Og'ir.

Insofli o'yin qoidalariga ko'ra, siyosiy vositachi, “elchi” qilingan shaxsning daxlsizligini (xech bo'lmaganda sog'lig'i va hayotiga xavf bo'lmasligini) uni tayinlagan tomonlardan biri ta'minlashi kerak edi. Hozir shu elementar mardlikni ham ko'rmayapmiz.

Azamat Andreev

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

 Ushbu xabarga qoldirilgan izohlar

( 2 Yorum )

  • xakikat ;

    Yusupovni yuk kilishadi bular,agar bu inson dxxni ayrim nozik dvijenalaridan xabardor bulsa bilaveringki dxx guvox koldirmaydi

    27/07/2019 18:01
  • Axmad hoji Xorazmiy ;

    Bu maqolani o'qib, M.Solihning ko'p yillar avval aytgan: “Rejim vafo qilmagay” degani esga kelaveradi.

    26/07/2019 22:50
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube