O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Amir Temur va g'arbiy Xorazm

Amir Temur va g'arbiy Xorazm
04 Ağustos 2019 - 12:38 'da yuklandi va 324 marta o'qildi.

AMIR TEMUR VA G'ARBIY XORAZM

Bugungi kunda fuqarolar o'rtasida Amir Temurning g'arbiy Xorazmga besabab yurish qilgani va uni zabt etgani haqida fikrlar yuradi. Aslida Amir Temurning g'arbiy Xorazm bilan olib borgan siyosati davlat xavfsizligi bilan bog'liq masalalardan biri bo'lgan. U davr urushlar davri edi, qaysi davlat zaif bo'lsa kuchli davlat uni bosib olardi va asoratga solardi. O'sha paytda Sohibqiron Amir Temurning mo'g'ul zulmiga zarba berishi unga yangicha muammolarni tug'dirgan. G'arbiy Xorazm, Oltin O'rda, Mo'g'uliston, Eron, Misr, Suriya va Iroq kabi o'z davrining kuchli davlatlari hukmdorlari Amir Temur davlatiga raqib sifatida qarab, uni har qanday yo'l bilan siyosat sahnasidan chetlatishga harakat qila boshlagandilar.

Bunday sharoitda Amir Temur uchun o'z maqsadlarini amalga oshirishga erishish mushkul masala bo'lib, bu davlatlarning har qaysisi bilan alohida siyosat yo'nalishlarini belgilash talab etilar edi.

G'arbiy Xorazm Amir Temur davlatining yaqin qo'shnisi bo'lib, kelajakda u bilan siyosiy va iqtisodiy manfaatlar to'qnashuvi ehtimoli mavjud edi.

Amir Temur 1370 yilda o'tkazilgan qurultoydan keyin Chig'atoy ulusi hududlarini tiklashni maqsad qilib qo'yadi va bu yo'lda o'z e'tiborini g'arbiy Xorazmga qaratadi. Uning eng muhim maqsadlaridan biri o'z davlatining shimoliy chegaralarining xavfsizligini ta'min etmoqchi va bu masalani Xorazm So'fiylari bilan hal qilmoqchi edi. Amir Temur birinchi marta Xorazmga yurish qilganda u erning hukmdori Husayn So'fiy edi. Dastlabki yurishdayoq Husayn So'fiy sulh tilab omon so'ragandi, ammo Amir Temurga hasadi bo'lgan amir Kayxusrav Xuttaloniy Husayn So'fiy huzuriga bir kishini yuborib, undan yarashmaslikni, tashqariga chiqsa o'zi ham unga kelib qo'shilishi xabarini etkazadi. Unga ishonib jang olib borishga qaror qilgan Husayn So'fiy jangda engiladi. Amir Temur Kayxusrav Xuttaloniyning bu ishidan voqif bo'ladi va uni Amir Husayn askarlari qo'liga topshiradi. Kayxusrav Xuttaloniy ular tomonidan o'ldiriladi. Amir Temur Xuttalonni Sher Bahromning o'g'li Muhammad Mirakka Xuttalon hokimligini beradi.

Natijada Husayn So'fiy urushda engiladi, pushaymon bo'lib vafot etadi. Uning o'rniga o'tirgan ukasi Yusuf So'fiy o'z elchilari orqali ayttirib Amir Temur bilan sulh tuzadi. Amir Temur elchilarga So'fiylarning qizi go'zal Sevinbekani o'g'li Jahongir Mirzo uchun so'ratadi. U keyinchalik Amir Temur saroyida Xonzoda Begim nomi bilan mashhur bo'ladi. Elchilar bu taklifni aytganlarida Yusuf So'fiy unga rozi bo'ladi va sep-sarpolari tayyor bo'lsa to'y boshlashni aytadi. Amir Temur ikkinchi marta Xorazmga yurish qilish arafasida ham Kayxusrav Xuttaloniyning o'g'li Muhammad, Xizr Yasovuriyning o'g'li Ishoq va Amir Temur ishongan amiri Mahmudshoh Buxoriy uchalasi til biriktirib Xorazm hukmdori Yusuf So'fiy oldiga borib, Amir Temurning so'ziga kirmaslikka tashviq etganlar. Yusuf So'fiy ularning gapiga kirib muxolifatchilik qilgan va Amir Temurning erlariga yurish qilib Kat va uning atroflarini vayron qilgandi. Amir Temur Xorazmga ikkinchi marta yurishni boshlaydi va uning ostonasiga etib boradi. Yusuf So'fiy o'z ishidin pushaymon bo'lib, omonlik tiladi va Sevinbekani yuborishini aytadi. Bu gapdan keyin Amir Temur Samarqandga qaytib to'yga tayyorgarlikni boshlaydi. Amir Temur 1374 yilning mart oyida Sevinbeka (ona tomondan O'zbekxonning avlodi-Sh.O'.)ni olib kelishga Yodgor Barlos, Dovudbek va O'ljoytubekni podshohona sovg'alar bilan Xorazmga yuboradi. Xorazmda va Samarqandda shohona to'ylar beriladi va ikki xonadon quda-andachilik iplari bilan abadiy bog'lanadi.

Shunday bo'lsa ham Xorazm So'fiylari va Amir Temur o'rtasida nizolar davom etib, Sohbiqiron bu erga besh marta yurish qilishgacha etib borgan.

Keyingi nizolar davomida paytlarda ham So'fiylar Amir Temurga dushmanlik munosabatida bo'lib, u bilan hatto muzokaralar olib borishni istamas, qulay fursat kelganida Temur davlatiga tez-tez bosqinlar uyushtirib turar edi. Voqealar jarayonida Amir Temurga dushmanlar soni kundan-kunga o'sib, uning geografik hududlari kengayib borganini ko'rish mumkin.

Yusuf So'fiyning 1372-1373 yillardagi talonchilik yurishi tufayli Amir Temur G'arbiy Xorazmga ikkinchi marta yurish qiladi. So'fiylarning ko'p iltijo va sovg'a-salomlaridan so'ng Amir Temur ularni kechiradi.

Xorazm So'fiylari bir necha bor muxolifatchilik qilgan bo'lsalar ham, Amir Temur ular bilan diplomatik yo'l bilan bu aloqalarni yaxshilashga intiladi. Biroq So'fiylar Sohibqironning O'rusxonga qarshi yurishga ketganidan va Movarounnahrda yo'qligidan foydalanib, uning erlariga bosqin yasadi. Nizomiddin Shomiyning keltirishicha, Sohibqiron Jalovatiyni elchilikka Yusuf So'fiy qoshiga yubordi va «Qarindosh bo'lg'ondin muxolifat qilmoq yana ne jihattin turur?» deb so'radi. Ammo bunga javoban Yusuf So'fiy elchini tutub berkitti. Sohibqiron uning bu beandisha harakatidan jahli chiqib yaxshilikcha xat yozadi. Xatda «Podsholardin ravo ermaskim elchini band qilg'ay, aning uchunkim, alarda gunoh bo'lmas. Agar sening so'zung bo'lsa sening bila turur, elchi bila ne ishing? Borg'on elchini yibargil va mundoq qilmag'ilkim, pushaymon bo'lg'ung turur», – deya ogohlantirgan.

Ammo bu safar ham Yusuf So'fiy elchini bandga soldi. Bu albatta uning tomonidan sodir etilgan qo'pol xato edi. Shu tariqa So'fiylar va Amir Temur davlati o'rtasida nizolar chuqurlashib boradi. Nizomiddin Shomiy bu haqda quyidagi satrlarni yozib qoldirgan: «Sohibqiron lutf va hayrixoxlik yuzasidan yana bir maktub yo'lladi, unda: «Elchiga o'lim va bandilik yo'qdur. Elchining gardanidagi vazifa buyruqni aniq etkazishdan boshqa narsa emasdir. Mening elchimni qaytarib yubor»,- deb yozdi.

Maktubdagi ogohlantirishlarga qaramasdan So'fiylar ishni paysalga solayotgan edi. Shu tariqa Amir Temurning Xorazmga yurish qilishiga asosli sabablar kuchayib boradi.

Halqaro maydonda Amir Temurga qarshi kuchlarning birlashuvida Xorazm tashkilotchilik rolini o'ynayotgan bo'lib, bu holat Amir Temur davlatiga katta xavf tug'dirar edi.

Yusuf So'fiy Sohibqironga qarshi Oq O'rda bilan ham maxfiy aloqalar olib borar, Amir Temur esa bu ishlardan boxabar edi. Shuningdek, Oq O'rda hukmdori O'rusxon bilan Mo'g'uliston hokimi Qamariddinlarning hamfikrliklari ham Amir Temurning e'tiborida bo'ladi.

Yusuf So'fiy bilan nizolar keskinlashayotganda «Termiz tarafdan Amir Sohibqiron huzuriga yangi pishgan qovun keltirdilar. U «Yusuf So'fiy garchi o'rinsiz men bilan muholifat qilgan bo'lsa hamki, ammo oramizda qarindoshlik bor bo'lgani uchun birinchi qovunni usiz eyishga loyiq emasdur» deb qovunni bir oltin taboqqa qo'yib, Yusuf So'fiyga yubordi. Yusuf So'fiy buning evaziga ta'zim va hurmat maqomida turib uzr so'rashi va necha hissa qilib tuhfa va sovg'alar yuborishi lozim edi. U esa o'sha “qovunlarni suvga tashlashni buyurdi va oltin taboqni darvozabonlarga baxshiyda qildi».

Shu tufayli Amir Temur 1375 yilda Xorazmga uchinchi marta yurish boshlaydi va ichki murakkab jarayonlar tufayli bu yurish vaqtli to'xtatiladi. Amir Temurning To'xtamishga yordam berish maqsadida Oq O'rdaga yurishi vaqtida So'fiylar yana Buxoroga yurish boshlaydilar. Bundan xabar topgan Amir Temur 1379 yilda Xorazmga navbatdagi yurishni boshlaydi. Yusuf So'fiy oraga ko'p nufuzli odamlarni solib, yana ming bor kechirim so'rab, uning huzuriga elchi yuboradi. Amir Temur bu safar ham Yusuf So'fiyni afv etdi. Shu bilan butun Xorazm ustidan Temur hukmronligi tan olindi. Bitimga muvofiq, Yusuf So'fiy G'arbiy Xorazm ustidagi huquqlaridan mahrum bo'ldi.

Yusuf So'fiy 1380 yilda o'ldirilgandan keyin Amir Temur bu sulolani Xorazm taxtida qoldirgan. Sulaymon So'fiy Amir Temurga qarshi kayfiyatda bo'lgan va To'xtamishxon hokimiyatini tan olib uning nomi bilan tangalar zarb etgan.

So'fiylar Amir Temurning kundan-kunga kuchayib borayotganini anglasalar-da, 1386-1388 yillarda Eronga qarshi olib borgan uch yillik urushi paytida uning Movarounnahrda yo'qligidan foydalanib, yana Amir Temur davlati erlariga bosqinchilik yurishlarini uyushtiradi.

Bu davrda halqaro maydonda vaziyat murakkab tus oladi. 1387 yili Amir Temurning Movarounnahrda yo'qligidan foydalanib To'xtamish ham Temur davlati hududiga bostirib kiradi. Bir tomondan Mo'g'uliston amiri Anqa To'ra Farg'onaga hujum qiladi, Xuttalonda esa Sulton Mahmud Temurga qarshi isyon ko'taradi. Aslida bularning hammasi o'zaro maxfiy kelishilgan holatda Movarounnahrga davomli bosqinlarni uyushtirayotgan edi.

U 1387 yilda Oltin O'rda xoni To'xtamishxon va Mo'g'uliston xoni Qamariddinlarning birlashgan qo'shinlari bilan Movarounnahrga uyushtirilgan yurishida ishtirok etgan.

Uzoq yillar davomida raqibiga katta imkoniyatlar yaratgan Amir Temur 1388 yilda g'azablanib Xorazmga beshinchi marta yurish qiladi va uni mag'lub etadi.

Amir Temurning Chig'atoy ulusi erlariga egalik qilishga talabgor ekanligini inobatga olsak, uning G'arbiy Xorazm bilan yuzma-yuz kelishi aniq masala bo'lib, So'fiylarning Amir Temurning kuch va imkoniyatlarini to'g'ri baholay olmaganligi ularning siyosiy sahnadan barvaqt tushib ketishiga sabab bo'lgan. Xorazmda sodir etilgan g'orat So'fiylar sulolasi vakillarining kaltabin siyosati natijasi edi.

Shohista O'ljaeva

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube