O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Bugun boshqacha kun bo'lsin

Bugun boshqacha kun bo'lsin
05 Ağustos 2019 - 14:03 'da yuklandi va 396 marta o'qildi.

BUGUN BOShQAChA KUN BO'LSIN

Kecha Rishtonda xokimning xalqdan uzr so'rashi ortidan jaranglagan qarsaklar , “ura-uralar bitmayotgan yaraga sepilgan garmdorili tuzday jonimni oldi…

Buncha qarsakvozsiz xalqim?

Bilaman, judayam kechirimlimiz. Biroq boshimizga tushayotgan hamma balolar, zulm aynan shu yaxshi xislatlarimiz, kimlardir surbetlarcha suiste'mol qilayotgan fazilatlarimiz tufayli kelayotganiga naxot haliyam aqlimiz etmayapti?!

Yuzdan bir aybini tan olgan amaldorning tavallosini beqarsak eshitsak, ura-urani to'xtatib, jiddiy bo'lsak, xali amalga oshmagan ishlarga avvaldan iljayib rahmat aytishni bas qilsakkina shu vallomatlar ham xayiqib, aslida xoqqon emas, xalq xizmatidagi ijrochilar ekanini tan olishardi.

Aslida sizdan xafa bo'lishga xaqqim yo'g'u, ba'zan nima deyayotganingiz, nima qilayotganingizni ko'rib millat, yurt, Vatanimizning qismatidan xavotirga tushaman.

Vodiydagi to'ylarning birida naqd o'n kishidan ortiq qarindosh-urug' sunnat bo'lgan murg'ak bolaga “Falonchijon, ilohim, eng kamida prokuror, sud'ya yoki hokim bo'lgin!” deb tilak bildirishdi. Ichlarida saksonga etgan mo'ysafid ham bor edi. U to'y bolaning katta bobosi ekan. Boyaqish hammadan ko'p gapirib, xuddi bolakay sud'ya, prokuror, xokim bo'lmasa ko'zi ochiq ketadiganday vasiyat qildi. To'y tatimay, qiyofam tundlashdi. O'zim tanigan qancha prokuror, sud'ya, xokimlarning nechtasi yaxshi, har tomonlama mukammal, ibrat qilishga arziydigan odam ekan deb sanay boshladim. Ishonsangiz o'nta barmogimning yarmi kerak bo'ldi xolos. To'y tugamay tashqariga yo'naldim. Xuddi shu payt orqamdan xalloslab chiqqan o'sha mo'ysafid ko'zlarimga mo'ltirab ” Qizim, Toshkonda ishlaysiza? Iltimosim bor edi” deb qoldi.

– Anu maraz, Behizorda bitta behi daraxtini qoldirmay kestirib tashladi. Men mirishkor bog'bonman. Yaydaq qirda Rashidovning buyrug'i bilan behizor paydo qilganlardan bittasiman. Qishlaqqa kelayotganda ko'zingiz tushgandir, bir tup ham qolmadi. Kasal tekkanmish. Men: “Behi degani bir kasal bo'lib, davolasa yana kosaday xosil beraveradi ” deb qarshilik qilsam, ” Sani miyangga ham kasal tegibdi” deb xaqorat qildi. Ana, yana intensiv bog' bo'ldi. Hamma joyni olma bosib ketdi. Nima, bitta marazni deb behi emaymizmi? Nevara-chevaramiz qo'rga ko'milgan behi mazasini totmaydimi? O'shanga chora ko'rishga yordam bering, iltimos! Menda qishlog'doshlar imzolagan xat bor. Prezidentga yozgandik. O'shani Karimovni qo'liga berish kerak… Maraz yo'qolmasa xamma qaqshayveradi.

Uch daqiqa davomida uch marta “maraz” unvoniga sazovor bo'lgan maraz kim ekan deb, savol bersam, javobdan yiqilib tushay dedim.

-HOKIMda!

U bu so'zni shunchalik nafrat bilan aytdiki, alamli nigohlaridan o't sachrab, oppoq soqoli titrab ketdi.

Unga qarab, rosti kulishni ham kuyishni ham bilmay qoldim.

– Hozirgina chevarangizni tabriklab, zo'r tilak bildirdingiz. …hokim bo'lgin deb tayinladingizku! Uni qanday hokim bo'lishini xohlaysiz?

Chol mendan andak ranjib, dilidagini aytdi:

-Shunday marazlar o'tirgan ustolda o'zimizniki bo'lsa yaxshida qizim. Qonimizni ichmaydi. Qavm – qarindoshni qaqshatmaydi….

Qolgan niyatlarini eshita olmadim. Qulog'im zingillab, oyog'imning ostidagi er qalqib ketdi.

Demak, o'zinikiga tegmaydigan, tegdirmaydigan, urug'ini undirib, qarindoshini qo'llab-quvvatlaydigan amaldor bo'lsa kifoya ekanda!

Men choldan “avlodimdan adolatli hokim chiqishini xohlayman” degan javobni kutgandim, afsus… Nevara- chevarali odam shaytonni hurkitadigan niyat qilib tursaya!

Demak, aksariyat hokimlar shunchalik zo'ravonlashib ketganki, avom xalq “o'zimizdan ham bitta zo'ravon chiqsagina zo'r bo'ladi!” degan fikrni miyasiga singdirib bo'lgan. Astag'furillo, tavba deyishdan boshqa choram qolmadi.

Bolalar ruhshunosi sifatida bir gapni aytsam, xafa bo'lmaysizmi Vatandosh? Bugun chalgan qarsagingizni ko'rgan, bu olqish, ura-ura, rahmatlarga sazovor bo'lgan shaxsga eng birinchi navbatda kim havas qilishini bilasizmi? Albatta ko'zlari munchoq farzandingiz, uyi buzilgan bo'lsada bir chekkada mo'ltirab turgan nevaralaringiz! Ularning beg'ubor dunyosiga yana bir yolg'on, riyoni aralashtirib, pokiza ruhiyatiga yana bir tomchi qora dog'ni tomizib qo'ydingizku ! Endi ular uxlasa ham, uyg'onsa ham, yursa ham, tursa ham bugun xalq olqishlariga ko'milib ketgan “supermen”ga havas qilishadi…

Chet eldagi qaxvaxonalarning birida xo'randalarga xizmat qilayotgan, biroq boshqa ofitsiantlardan ancha pachoqroq, ko'zlari mungli yigitchaga ko'zim tushib turmush o'rtogimga yuzlandim:

-Shu bola O'zbekistonlik!

U menga ishonmay yigitni suhbatga tortdi. Adashmabman. Andijonlik ekan.

Ertasi kun yana bir ezilib qolgan o'spiringa duch keldim.

– Namanganlikman opa.

….Otasidan so'ng ro'zg'orning yagona tirgagi, kasalmand onasining yolg'iz umidi, turmushga chiqishi kerak bo'lgan uch singilning bittagina akasi ekan.

-Tunda hammollik ham qilaman….Uning hikoyasini eshitib, yuragim larzaga keldi.

-Ayamning dori-darmoni, singillarimning sep-sidirgasi, bitmagan uyning kami, uylanishim ham borda…

Sinchkov nigohlarim boyaqishning so'roqsimon jussasida edi:

– Oshqozoningiz og'riydi. Skoliozingiz ham bor.. Jigar va o't qopingizni do'xtirga ko'rsatvoling uka.

Uning nigohlari erga qadaldi.

– Uyimizning tomi yopilsin opa…

Qismatni qarang Vatandosh! Tug'ilgan tuprog'ida D. I. Mendeleevning davriy sistemasidagi barcha madanlari bor mamlakatning bolasi deyarli barcha madanni boshqa davlatlardan sotib oladigan yurtda xizmatkorlik, hammollik qilib yuribdi.

Ming afsuski, bunaqa yoshlar millionlarni tashkil etyapti. O'zbekiston iqtisodini madanlarimiz emas, aynan ular yuborayotgan dollarlar ushlab turgan bo'lsada o'zga yurtlarda sarson yurgan har bir yurtdoshim uchun xalqparvar emas, xalqqargar amaldorlarni ayblayman! Men o'zimni, sizni, hamma baloni boshiga chiqquncha qo'yib qo'ygan xalqni ayblayman!

Bugun yana bir ayanchli hodisaning guvohi bo'ldim.

– Eshitdingizmi, 15- idan yana hamma narsa osharkanaaa” -deb, go'ldirab ketayotgan, harakatlari g'alati, parishon, bir oyog'ida shippagi yo'q ayolga ko'zim tushib dovdirab qoldim.

U tanish. 40 yil halol mehnat qilib, hozir nafaqaga chiqqan o'qituvchimiz edi.

Unga etib olib, ismini aytib chaqirdim.

Ko'zlari bejo. So'rashganday bo'ldi. So'ng yana “o'chib” bo'shliqqa qarab gudrandi. “Eeee, plastigimda ham bir tiyin yo'q, keyingi pensiyamdan olarsan”

Atrofdagilarning ensasi qotdi. Kimdir boshini sarak-sarak qilgancha achindi.

U yana ozgina xasrat qilgach to'xtab, menga o'girildi. Ilkis oyog'iga nazar tashlab, baqirib yubordi:

– Voooy Muazzam, shippaksiz chiqibmanku, sharmanda…..

Qachonlardir bizga oliygohda dars bergan, bilimi kuchli, eng zo'r o'qituvchilardan bittasi bo'lgan ustozimni qoqsuyak elkalaridan quchoqlab yig'lab yubordim…

Balki shuning uchun sizning qarsaklaringiz asabimga tekkan, hokimlar qo'ygan tomoshalar yoqmagandir…

Gaplarim og'ir botgan bo'lsa kechiring! Lekin har bir mazlumning ayanchli taqdirida siz bugun olqishlagan va osongina kechirib qo'ya qolgan amaldorlarning ham qo'li borligini aslo unutmang!

So'ngi so'z o'rnida.

Deraza ortida yana bir umidli tong otyapti. Bugun boshqacha, kechagidan mutlaqo farqli kun bo'lsin. Haligi qarsaklaringizga guvoh bo'lib qolgan dilbandingizning qalbini poklashni xohlaysizmi?

Bolajoningiz uyg'ongach, qo'lchasiga o'zi o'qib tugatgan bittagina kitobini tutqazib yo'lga tushing.

– Yur, seni bir odam bilan tanishtiraman. U muhtoj, kasal insonlarning holidan doim xabar oladi, yordam beradi.. Tinib-tinchimaydi. Halol, mehnatkash eng muhimi ma'rifatparvar inson. Kichikroq kutubxona ochgandi. Endi xov anavi erda sendaka bolalar ko'proq kelsin deya kattaroq qilib qayta quriladi. Inshaalloh, bir kun birgalikda hasharga ham kelamiz. Qo'lingdagi kitob esa bo'lajak ziyo maskaniga sovg'a qil! O'qib bo'lding, endi boshqa bolalar ham mazza qilib o'qisin! -deb yayrab gapirib keting.

Ilohim dilbandingiz Dima Qayumdan ham yaxshiroq inson bo'lib kamolga etsin!

Muazzam Ibrohimova

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube