O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

DXXning xarajatlarini chet el offshoridagi kompaniyalari to'lab berishi mumkinligini tasavvuringizga sig'dira olasizmi?

DXXning xarajatlarini chet el offshoridagi kompaniyalari to'lab berishi mumkinligini tasavvuringizga sig'dira olasizmi?
06 Ağustos 2019 - 6:00 'da yuklandi va 921 marta o'qildi.

Davlat Xavfsizlik Xizmati (DXX)ning ichki extiyojlariga sarflanayotgan ayirim xarajatlarni, chet el offshoridagi kompaniyalari to'lab berishi mumkinligini tasavvuringizga sig'dira olasizmi? Sig'dirish juda murakkab – biroq, bu amalga oshgan faktdir!

O'zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi rahbarlarining diqqatiga:

Bir muncha vaqt muqaddam The Herald gazetasi tomonidan o'tkazilgan jurnalistik surishtiruvidan aën bo'lishicha, ko'plab uddaburon shaxslar, manzili Buyuk Britaniyaning, Edinburg shahri, Montgomeri ko'chasidagi eski xovlida joylashgan 78-uyda (78 Montgomery Street, Edinburgh, United Kingdom), faqat qog'ozdagina «nufuzli» ko'ringan ingliz shirkatlarini ochib, bu shirkatlardan, o'zlarining jinoiy maqsadlarini amalga oshiriluvi yo'lida foydalanib kelganlar.

Yuqorida ko'rsatilgan manzilda, boshqalar qatori, «ELECTRON EUROPE L.P.» shirkati ham ro'yhatga olingan bo'lib, bu shirkatning asl egasi – O'zbekiston Respublikasi fuqarosi Buriev Aslambek Burxanovichdir.

Avvalida ta'kidlanganidek, Buriev A.B., o'zining «ELECTRON EUROPE L.P.» shirkati orqali, oz emas-ko'p emas Davlat Xavfsizlik Xizmati (DXX)ning ichki extiyojlariga sarflangan ayirim xarajatlar pulini to'lab bergan!

Mazkur fakt, o'tgan oyda, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan Buriev A.B.ga nisbatan qo'zg'atilgan jinoyat ishini tergov qilish jarayonida oshkor bo'lib, yangi ochilgan xolat sirasiga kirdi va inkor qilib bo'lmaydigan xujjatli dalillar orqali to'laligicha o'z tasdig'ini topdi.

Shu o'rinda qisqacha ma'lumot – men, xorijiy investor bo'lmish Moxamed Ali Prem Nazir,Singapur davlatidagi «PROFIL TRADING PTE LTD» kompaniyasiga rahbarlik qilaman. Bizning yozgan arizamizga asosan, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan Buriev A.B.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168 moddasi, 4-qismi, «a» bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, ushbu, № 24/18-2218 sonli jinoyat ishi bo'yicha tergov xarakatlarini amalga oshirishlik Bosh prokuraturaning O'ta og'ir jinoyatlarni tergov qilish Boshqarmasiga topshirilgan.

Asosiy mavzuga qayta turib shuni ta'kidlaymanki, xozirda, prokuratura, «sahovatpesh» Buriev A.B.ning offshordagi pullarini oldi-berdisi dabdurustdan yuzaga kelmay, balki oldindan puxta rejalashtirilgan korruptsion sxemaga tayanib amalga oshirilganligini to'liq anglab tursada, ushbu o'ta jiddiy masalani payqamaslikka xarakat qilib, o'zining bor e'tiborini, unga qo'yilayotgan asosiy ayblovga (juda ko'p miqdordagi firibgarlik) qaratmoqda.

Bundan tashqari prokuratura, davlat imidjini toptaydigan ushbu noxush xolatni – ya'ni, O'zbekistondagi Maxsus Xizmat Idoralaridan birining ichki extiyojlarini, chet el offshoridagi «ELECTRON EUROPE L.P.» ingliz shirkati tomonidan moliyalashtirilganlik fakti haqidagi ma'lumotlarni «tepadagilarga» va ommaviy axborot vositalariga chiqib ketmasligining choralarini ko'rib, ularni astoyidil yashirishga urinmoqda.

Buriev A.B.ning yukoridagi kirdikorlari yagona emasdir. Angliyada (Suite 1, 4 Queen Street, Scotland, Edinburgh, United Kingdom manzilida joylashgan), Buriev A.B.ga tegishli boshqa bir shirkat – «EUROMEDICAL BUSINESS TRADE COMPANY L.P.» shirkati ham faoliyat yuritadi. Chet el offshoridagi ushbu shirkat orqali, Buriev A.B. yana bir davlat muassasasi – O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligining ichki extiyojlarini xam surunkali tarzda moliyalashtirib kelgan. Buriev A.B.ga nisbatan qo'zg'atilgan jinoyat ishini tergov qilish jarayonida bu fakt xam, avvalgisi kabi o'z tasdig'ini to'laligicha topgan. Biroq, prokuratura, mazkur xolatga xuquqiy baho bermasdan, ushbu faktni isbotlovchi xujjatli dalillarni jinoyat ishiga qo'shib qo'yish bilan kifoyalangan xolos.

Yuqorida aytib ketilgan uchta davlat idorasi tomonidan, ushbu o'ta jiddiy faktlar bo'yicha zudlik bilan qonunda belgilangan tekshiruvlar o'tkazilmay, sukut saqlash xolati, bu narsa, u erda o'tirgan ayirim kimsalarning qaysinisigadir «kerak bo'lib qolganiga» ishora etadi. Shu bois, mutasaddilar ko'rishni istamayotgan ushbu masalani, ijtimoyi tarmoqlar orqali, halq muxokamasiga olib chiqishga qaror qildik.

Ommaviy axborot vositalari diqqatiga – agar Siz, yuqorida barcha bayon etilganlarga, jurnalistik surishtiruvi yoki sohangizga doir boshqa yo'l bilan munosabat bildirishni istasangiz, «PROFIL TRADING PTE LTD» kompaniyasi Siz bilan bog'lanib, muloqot qilishga tayyorligini bildiradi.

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube