O’zbekiston Xalq Harakati
buy Instagram likes web tasarm instagram takipi satn al

Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy gumanitar fanlar sohasiga qo'shgan hissasi

Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy gumanitar fanlar sohasiga qo'shgan hissasi
06 Ağustos 2019 - 7:15 'da yuklandi va 251 marta o'qildi.

ABU RAYHON BERUNIYNING IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR SOHASIGA QO'ShGAN HISSASI

O'tmish tariximizni o'rganishda bevosita tarixiy manbalarga murojaat qilinadi va manbalar orqali tarixiy voqealar tahlil qilinib, aniqlik kiritiladi. O'zbekistonning VIII asr oxiridan boshlab, XII asrgacha bo'lgan tarixi deyarli arab tilidagi yozma manbalarda yoritilgan. Manbashunoslikda arab tilida vatanimiz tarixiga oid yozma manbalarni mualliflarning kelib chiqishiga qarab, ikki guruhga ajratib o'rganiladi. Birinchisi arab tilida ijod etgan yurtimizdan chiqqan tarixchi va olimlar bo'lib, ularning asarlarida ona vatanga muhabbat alohida namoyon bo'ladi, bu ayniqsa Abu Rayhon Beruniyning “Osor ul-boqiya” asarida xalqimiz qadimgi madaniyati to'g'risidagi ma'lumotlarida alohida ko'zga tashlanadi.

Ikkinchi guruh — xorijlik olimlardan iborat bo'lib, ular yaratgan arab tilidagi asarlarida yurtimiz tarixi, madaniyati, siyosiy-ijtimoiy hayoti yoritilgan. Mazkur muarrixlar yurtimiz hududini umummusulmon olami, arab xalifaligi bir qismi sifatida yoritganlar. Arab tilida bitilgan eng muhim manbalar qatorida qomusiy bilimlar sohibi Abu Rayhon Beruniy va uning tarixiy asarlarini keltirish joiz. Beruniy tabiiy va ijtimoiy fanlar bo'yicha 150 dan ortiq asar yaratib, asosan tabiiy fanlar sohasida ulkan kashfiyotlarga va muvaffaqiyatlarga erishgan bo'lsa-da, o'zining ijtimoiy fan, ayniqsa tarix to'g'risidagi chuqur bilimlarini “Osor ul-boqiya an al-qurun al-xoliya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”), “Hindiston” yoki “Kitab tahhiq molil-Hind min manqula fi-l-aql va-l-marzuma” (“Hindlarning aqlga sig'adigan va sig'maydigan ta'limotlarining tadqiq etish”) va “Kitob ul-musammara fi axbori Xorazm” (“Xorazm haqidagi axborotlar haqida suhbatlar”) nomli asarlari bilan ijtimoiy gumanitar fan sohasiga katta hissa qo'shdi. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari 1000-yili Jurjon shahrida yozib tamomlangan. Unda qadimgi O'rta Osiyo, Yunon, Eron, Hind, nasroniy, yahudiy va boshqa xalqlarning islomiyatgacha bo'lgan tarixi, urf-odatlari, bayramlari va asosan vaqtni hisoblash taqvim-xronologiya to'g'risida mukammal ma'lumot beradi. Ushbu asarning XIV asrda yaratilgan mo''tabar qo'lyozmasiga nodir rasmlar ishlangan va bu noyob san'at obidasi Shotlandiya poytaxti Edinburg shahri Universiteti kutubxonasida 161- raqam ostida saqlanmoqda. “Osor ul-boqiya”ning ruscha va o'zbekcha tarjimalari Toshkentda 1957 va 1968 yillari chop etildi. Kitob Evropada “Xronologiya” nomi bilan mashhur. Beruniyning Xorazm tarixiga oid asari yuqorida zikr etilgan nomdan tashqari, yana “Tarixi Xorazm” va “Mashohiri Xorazm” (“Xorazmning mashhur kishilari”) nomlari bilan ham mashhur bo'lib, uning ayrim lavhalari – parchalari Abulfazl Bayhaqiyning 1056- yili yozib tamomlangan “Tarixi Bayhaq” va Yoqut Hamaviyning “Mo''jam ul-buldon” asarlarida saqlanib qolgan. Ushbu asarda O'rta Osiyoda, jumladan, Xorazmda ilk o'zbek davlatchiligining shakllanishi haqida ma'lumot berilgan.[1] Beruniy o'z zamonida keng tarqalgan rivoyat va afsonalardan (masalan, Siyovush haqidagi afsona), «Avesto» va «Shohnoma» asarlaridan foydalangan. Bizning fikrimizcha, o'sha rivoyat va afsonalarga tayangan holda Beruniy Xorazmda siyovushiylar sulolasi va uning faoliyati bilan bog'liq bo'lgan ilk davlatchilikning shakllanishi haqida o'z qarashlarini bayon qilgan. Beruniyning ta'kidlashicha, Xorazmda ilk antik davlatchilikning shakllanish jarayoni uzoq yillar davom etgan. Keyingi yillarda o'zbek davlatchiligining shakllanish sanasi to'g'risidagi Beruniy fikrlari ko'pchilik olimlar tomonidan o'rganilmoqda. Beruniyning «Avesto» va «Shohnoma» asarlarida Xorazmda shohlik tuzumining asoschisi va voliysi sifatida ilohiylashtirilgan hamda xalq og'zaki ijodida keng tarqalgan Siyovush haqidagi afsonalarga asoslangan holda bergan ma'lumotlariga ko'ra, birinchi bosqichda Turon hukmdori Afrosiyobning (Alp Er To'nga) kuyovi Siyovush, uning o'g'li Kayhusrav va ular avlodlarining Xorazmga ko'chib kelishi bilan bu erda asta – sekin yagona podsholikka birlashish jarayoni boshlangan. Ma'lumki, afsonaviy siyovushiylar Xorazmga kelgunlariga qadar bu erda, yuqorida qayd qilganimizdek, sak – massaget qabilalari ittifoqi mavjud bo'lib, uning tarkibiga bir qancha qabilalar: apasiylar, derbiklar, daxlar, os olanlar, xorasmiy qavmlari kirganlar. Bu ittifoqqa kirgan har bir qabila o'z sardoriga (podshosiga) ega bo'lgan. To'maris, Amorg, Saksafar, Amarey, Skunxa shular jumlasidandir.1

“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida keyingi davrlar tarixi, arab xalifaligi tomonidan Xorazm hududini bosib olinishi va ma'naviy madaniyatga etkazilgan zarar to'g'risida: “Qutayba xorazmiylar yozuvini, ularning rivoyatlarini bilganlarini bilgan va xorazmiylarda mavjud bo'lgan fanlarni o'rgangan kishilarni yo'q qilgan va har qanday azob qiynoqlarga duchor qilgan”. Kitobda yana bunday deyilgan, “So'ngra, Qutayba ibn Muslim al Baxiliy xorazmiylik xattotlarni yo'qotgan, din peshvolarini o'ldirgan, ularning kitoblari va o'ramalarini yoqib yuborgan. Natijada xorazmliklar deyarli savodsiz bo'lib qolishgan va ular kerak bo'lgan barcha bilimlarni faqat xotiralarida saqlashga majbur bo'lishgan”.2

Beruniyning yana bir asari “Hindlarning aqlga sig'adigan yoki sig'maydigan ta'limotlari haqiqa­tini aniqlash” (“Hindiston”) asarini yozdi. Ushbu asarni yozish uchun mashaqqat bilan bo'lsa-da, hindlarning mumtoz adabiy tili bo'lgan sanskritni chuqur o'rgandi. 1035- yili G'aznada yozilgan “Hindiston” asari alohida ilmiy ahamiyatga ega. Asar boy manbalar va shaxsiy kuzatishlar asosida yozilgan va Hindistonning geografik sharoiti, aholisi, mashg'uloti, hindlarning ijtimoiy-siyosiy tuzumi, ularning dini, urf-odatlari va rivoyatlari haqida so'z yuritilgan.

Hind olimlari, ayniqsa, Javoharlal Neru Beru­niyning ushbu kitobiga juda yuqori baho bergan. Bu asar hozirda ham qadimgi Hindiston tarixini o'rganishda muhim manbadir. Rus sharqshunos olimi V. Rozen “Hindiston” asarini Sharq va G'arbdagi qadimgi va o'rta asr kitoblari orasida tengi yo'q asar, deb baholagan. Asarning arabcha matni inglizcha tarjima bilan 1887-1888- yillarda avstriyalik sharqshunos olim E.Zaxau tomonidan nashr qilingan bo'lsa, 1963- va 1965- yillarda asarning rus va o'zbek tilidagi tarjimalari ham chop etildi.2

Beruniyning tabiiy va ijtimoiy fanlar sohasidagi ilg'or g'oyalari o'z zamondoshlariga, jumladan Ibn Sino ijodiga emas, Beruniy va Ibn Sinoga ustozlik qilgan olimlardan Abu Nasr Iroq, Abu Sahl Masihiy, Abu Ali Hasanlarga ham ulkan ta'sir ko'rsatdi.

Beruniyning “Kitob fi axborot al-mubayyizot val-karomita” (“Oq kiyimlilar va karmatlarning xabarlari haqida kitob”) asari ham tarix ilmi uchun alohida qiymatga ega. Unda o'sha zamonlarda O'rta Osiyoda keng tarqalgan ijtimoiy harakat – karmatlar harakati haqida ma'lumotlar bor.3

Abu Rayhon Beruniy butun umri va hayotini ilm-fanga sarfladi. Fanning, turli sohalari qatorida ijtimoiy gumanitar fanlar sohasini ham yuqori darajaga ko'tardi. Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlari qadimiy davri va O'rta asrlar tarixini ilmiy jihatdan ishlab ko'rsatdi. Buyuk vatandoshimiz hozirgi davr fanlarining deyarli hammasining poydevori asosini yaratgan, olimning tarixiy asarlari tarix sohasida betakror manba bo'lib qolajak.

Ur DU, t.f.n., dotsenti, Matyakubova Muborak

facebook.com

Etiketler :
Xabarga o'z izohingizni qoldiring

So'nggi xabarlar
O'xshash xabarlar
xxx video gratis porno italiano
paykasa instagram takipi hilesi instagram followers free followers ak bys ak etme bys shell indir php shell hacklink hacklink al hacklink satn al denizli escort tempobet giri altanya escort bayan ankara escort bayan maltepe escort umraniye escort eskiehir escorteskiehir escort eskiehir bayan escorteskiehir escort

rokettube